O‘zbekistonda 2022-yil 1-yanvar kuni 2316 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Qayd etilishicha, Yangi yilning birinchi kunida tug‘ilgan chaqaloqlarning 1118 nafari qiz, 1198 nafari esa o‘g‘il bola bo‘lib, eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida (270 nafar) tug‘ildi.
Qolgan hududlarda bu ko‘rsatkich quyidagicha bo‘lgan:
- Farg‘ona viloyati — 239 nafar;
- Namangan viloyati — 218 nafar;
- Surxondaryo viloyati 213 nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 210 nafar;
- Andijon viloyati — 197 nafar;
- Toshkent shahri — 177 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 156 nafar;
- Toshkent viloyati — 155 nafar;
- Xorazm viloyati — 115 nafar;
- Buxoro viloyati — 113 nafar;
- Jizzax viloyati — 102 nafar;
- Navoiy viloyati — 90 nafar;
- Sirdaryo viloyati — 61 nafar.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2018-yilning 1-yanvarida 1961 nafar, 2019-yilning shu kunida 1708 nafar, 2020-yilda 1974 nafar, 2021-yilning shu sanasida esa 1644 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
Izoh (0)