Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Polkovnik Olim Saidov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar 2019-yilning noyabridan buyon IIV YHXBB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Polkovnik Baxtiyor Berdialiyev IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar 2019-yilning noyabridan buyon Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Podpolkovnik Davron Azizov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bunga qadar Azizov IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Omon O‘rinboyev IIV probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining 1-o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Mavzuga doir:
- O‘zbekiston TIV sobiq rahbari Vladimir Norov Abdulaziz Komilovga o‘rinbosar etib tayinlandi
- O‘zbekiston adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
- Narzullo Oblomurodov Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi
- Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonning Xitoydagi yangi elchisi etib tayinlandi
Izoh (0)