Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 2-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Chelsi” Londonda “Liverpul”ni qabul qildi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Sadio Mane mezbonlarning xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 26-daqiqada Muhammad Saloh “Liverpul”ning ikkinchi golini urdi.
42-daqiqada Mateo Kovachich ajoyib gol bilan hisobni qisqartirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Kristian Pulishich muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi.
Ushbu natijadan so‘ng Tomas Tuxel shogirdlari 43 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda, “Liverpul” 42 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.
APL
21-tur bahslari
2-yanvar, yakshanba
“Chelsi” – “Liverpul” 2:2
Gollar: 0:1 – 9 Mane, 0:2 – 26 Saloh, 1:2 – 42 Kovachich, 2:2 – 45 Pulishich.“Chelsi”: Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba (Jorjinyo, 70), Alonso, Kovachich, Kante, Pulishich, Maunt, Haverts (Hadson-Odoi, 79).
“Liverpul”: Kellexer, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Simikas, Milner (Keyta, 69), Henderson, Fabinyo, Saloh, Mane (Jons, 89), Dyogu Jota (Oksleyd-Chemberlen, 69).
Ogohlantirish: Mane (1), Pulishich (17), Konate (83).
Izoh (0)