• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Luish Figu “Real”ga o‘tishni xohlamagan, biroq Florentino Peres uni chuv tushirgan. Futbol tarixidagi eng “iflos” transfer haqida

    Nafis didga ega bo‘lgan madaniyatli Luish Figu kino va musiqani yaxshi farqlaydigan, besh tilda (ingliz, fransuz, ispan, italyan va portugal) so‘zlashadigan odam hisoblanadi. Biroq uni odatdagi futbol tipajiga kiritish mushkul. Bundan yigirma yil oldin u jahon yulduzi bo‘lishdan tashqari, tashqi ko‘rinishi bilan ham yaxshigina mashhurlikka erishgandi, biroq o‘zi uchun barcha narsani ravo ko‘rishga imkon beradigan mashhurlik uni gangitib qo‘ymadi: portugaliyalik uyda o‘tirishni afzal bilar, pullarni havoga sovurmas va har xil mojarolarga aralashib qolmasdi. Paparatsilar esa uni tungi klublarda emas, balki opera zallaridan topardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Axloqiy xarakteri bilan maqtanishi mumkin bo‘lgan futbolchiga homiylar va muxlislar har doim yaxshi munosabatda bo‘lgan. Bir necha yil ichida Figu “Barselona” sardori darajasiga ko‘tarildi va jamoaning eng mashhur futbolchilaridan biriga aylandi. Luishning kataloniyalik muxlislardan iborat fan-klubi “Real” prezidenti Florentino Peresning egosi kabi tezlik bilan o‘sib borardi.

    Figu jamoa omadsizlikka uchraganida ham ajoyib o‘yin ko‘rsatar, qiyin bahslarda muxlislar hech bo‘lmaganda uni kuzatardi. Portugaliyalik bu ishonchni oqlab kelgan: u 1997-yilda ikkita gol urib, Ispaniya Kubogining qo‘lga kiritilishida jamoaga katta yordam bergan. 1999/00-yilgi Chempionlar Ligasi chorak finalida “Chelsi”ga qarshi o‘yindagi 5 goldan 3 tasini o‘z nomini yozdirib qo‘ygandi. “Valensiya” bilan yarim final bahsida esa ikkita golli uzatmani amalga oshiradi — biroq bu finalga chiqish uchun yetarli bo‘lmaydi, chunki Figu maydonga tushmagan birinchi o‘yinda “Barsa” 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Figu chinakamiga Barselonaning “o‘z o‘yinchisi”ga aylangandi, “Barselona” chempionlikni qo‘lga kiritganida esa u sochlarini qizil-ko‘k rangga bo‘yardi va klub muxlislariga qarab, shunday baqirardi: “‘Qaymoqranglilar’ (“Real Madrid” nazarda tutilmoqda) yig‘loqilardir, chempionlarni qarshi oling”!

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2000-yil 23-iyulda Luish Figu hech qachon “Real Madrid”ga o‘tmasligini e’lon qiladi, ertasi kuni esa “Santyago Bernabeu”da paydo bo‘ladi. 2000-yil 24-iyulida u Kataloniyadagi eng yomon ko‘riladigan odamga aylandi.

    Figu o‘sha vaqtda dunyoning eng yaxshi futbolchisi, “Barsa”ning yuragi va haqiqiy yetakchisi edi.

    Figu ajoyib driblingga ega edi va Bekhem kabi qoyilmaqom uzatmalarni amalga oshirardi

    Umuman olganda, Figu “Barsa”ga tasodifan tushib qolgan. Portugaliyalik Italiyada o‘ynashni orzu qilardi va 1995-yilda “Parma” bilan shartnoma imzolaydi, keyin esa “Yuventus” bilan muzokaralarda tushunarsiz qog‘ozga imzo chekadi. Ushbu qog‘oz dastlabki shartnoma bo‘lib chiqadi, keyinchalik o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlardan so‘ng mahalliy federatsiya Figuga ikki yil davomida Italiya klublariga to‘p surishni taqiqlab qo‘yadi.

    Shu tariqa Luish “Sporting”dan Italiyaga klubiga emas, balki “Barselona”ga o‘tadi. O‘sha paytda u yerda fuqarolar urushi muhiti hukm surardi. Jamoa ikki yil sovrinsiz qolganidan keyin Yoxan Kroyff va Xosep Luis Nunyesning qayta qurish haqidagi qarashlari turlicha edi: murabbiy yangi o‘yinchilarni qidirsa, prezident yangi murabbiy axtarish bilan ovora edi. “Barselona” uch yil ichida uch nafar bosh murabbiyni almashtirdi va bir nechta transferlarni amalga oshirdi. Ularning oxirgisi Lui van Gal — jamoaga sakkiz nafar niderlandiyalikni olib keladi, natijada jamoa bo‘linib ketadi, muxlislar esa bundan g‘azablanadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Figu umumiy tartibsizliklar fonida ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi, mojarolardan qochar va murabbiy ko‘rsatmalarini indamay bajarardi. U odatda o‘ng qanot yarim himoyachisi sifatida o‘ynardi va maydonda o‘zidan talab etiladigan hamma ishni qilardi: Kroyffning ijodiy jamoasida miya vazifasini bajarar, Bobbi Robsonning muvozanatsiz hujum brigadasida mo‘tadillikni saqlab turardi, Van Gal jamoasida esa niderland va mahalliy futbolchilarning kemtiklarini to‘ldirib yurardi. Murabbiylar Rivaldo, Xristo Stoichkov va boshqa yulduzlar bilan muammolarga duch kelgan, biroq Figu hech qachon biror murabbiy bilan bahslashmagan.

    Shu tariqa portugaliyalik “Kamp Nou” uchun “xira” bo‘lgan muhitda ham xotirjamlik kafolatiga aylangandi. Qayta qurish qanchalik kuchli bo‘lmasin, o‘ng qanotda yorqin va mojarosiz yarim himoyachi doimiy ravishda yaxshi o‘yin ko‘rsatib kelgan. Yangi murabbiylar ham aynan uning atrofida jamoani qurardi: Figu xuddi Shveysariya pichog‘i kabi ishonchli edi — va xuddi shu tariqa raqib jamoalarning himoyasini osonlik bilan yorib o‘tardi.

    “Luish — istalgan murabbiyning orzusi. U mashg‘ulotlarda astoydil mehnat qiladi, tabiatan ajoyib qobiliyatga ega va har doim jamoa uchun ishlaydi. Figu baxil o‘yinchi emas, uning darajasidagi futbolchilar orasida bu kamdan-kam uchraydigan holat”, — degandi Bobbi Robson.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Figu pas qabul qilganida chinakamiga shou boshlanardi. U istalgan oyog‘i bilan va istalgan masofadan darvoza tomon zarba bera olardi. U mohir driblinglari bilan raqiblarni shunchaki “sochib” tashlardi. Aldamchi harakatlarni ham mukammal darajada amalga oshirardi. Uzoq masofaga beriladigan krosslar borasida ham tengi yo‘q bo‘lgan Bekhemdan qolishmasdi. Va aynan shu xislatlari o‘z vaqtida kimsan Yoxan Kroyffni ham lol qoldirgandi: “Figu hamma narsaga qodir, u maydon bo‘ylab to‘pni aylantira oladi, kesma paslar beradi, ikki oyog‘i bilan ham zarba bera oladi. Qiyin vaziyatlarda esa jamoani o‘z ortidan ergashtira oladi. Luish — “Barselona”ga taqdim qilgan so‘nggi ‘sovg‘am’”.

    Yoxan portugaliyalikning texnik mahoratini bo‘rttirib yubormagani haqiqat. Figu o‘n bir yoshga to‘lganida, “Sporting” akademiyasi murabbiyi unga murabbiylik qilishdan bosh tortadi. “Agar u hamma narsani qilishni bilsa, unga nimani o‘rgatishim kerak”? Luishning o‘zi esa raqiblarining ishtiyoqini so‘ndirib qo‘ymaslik uchun yarim kuchi bilan o‘ynardi.

    Aynan Kroyff Figuga sifatli qisqa uzatmalar va doimiy ravishda to‘psiz harakatlanishni o‘rgatib, uning rivojlanish evolyutsiyasini yakunlaydi. Yarim himoyachi erkin zonalardan foydalanar va ayni vaqtda hujumda ham kenglik yaratardi. U La Ligada o‘n yil davomida 106 ta golli uzatmani amalga oshirdi — Lionel Messi ismli boshqa bir dahoga Luishni birinchi o‘rindan tushirish uchun yana o‘n yil kerak bo‘ldi. 1999/00-yilgi mavsumdagi 9 golli uzatma esa haligacha Chempionlar Ligasining rekordi bo‘lib turibdi.

    “Gollarni tashkil etish — bu san’at. Golli uzatmalar xuddi rejissyorlikka o‘xshaydi. Rejissyorning ishi aktyorga qaraganda ancha murakkab va qiziqarlidir”, — deya izoh bergandi Figu assistlariga.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu ulug‘vorlikning asosiy bezagi, shubhasiz, dribling edi. Tezlik, fizika va turli xil fintlar aralashmasi bilan raqiblarni yanchib tashlaydigan yosh Krishtianu Ronaldu ham bir vaqtlar Figu bilan solishtirilardi. Faqat Luishning texnik imkoniyatlari kuchliroq edi va faoliyatining oxirigacha chiroyli o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqini saqlab qolgan. U har bir bellashuvda kamida 10 tadan driblingni amalga oshirardi — bu Messi va ayni paytdagi eng yaxshi o‘yinchilardan ham ko‘proq degani. Shu bilan birga u kamdan-kam hollarda to‘pni o‘zida haddan tashqari ko‘p ushlab qolardi. “Valensiya”ning qanot himoyachisi Xavyer Garrido Figuni to‘rt nafar himoyachi bo‘lib, qo‘riqlashni so‘ragan, “aks holda Luishni to‘xtatishning imkoni yo‘q”.

    “Figu o‘n bir nafar raqib futbolchilari bilan telefon budkasiga joylashtirilsa, u hammani aldab o‘tib, eshikdan chiqib ketadi”, — degandi Karlush Keyrush Figudan hayratlanar ekan.

    “Barselona”dagi besh yillik faoliyati davomida Figu yettita sovrin (shu jumladan Kubok egalari Kubogi va ikkita Ispaniya chempionligi) qo‘lga kiritdi va ikki marta La Liganing eng yaxshi legioneriga aylandi. Ammo u ketganida, Kataloniya Luishni faqatgina jamoa yetakchisi bo‘lgani uchungina yomon ko‘rib qolmagandi. Klubdagi eng munosib va ​​ishonchli odam azaliy dushman safiga o‘tishini qabul qilish qiyin. Bunday narsalar odamning hurmati tushib ketishiga sabab bo‘ladi.

    Transferdan so‘ng “Barselona” meri portugaliyalikni rasman “Kataloniyadagi istalmagan mehmon” deb e’lon qildi. Fan-klub esa Luishning ismini tilga olishni taqiqlaydi. “Barselona” prezidenti Xoan Gaspar “Real”ga tahdid ham qilgan. Muxlislar futbolchini xoin sifatida kutib olar, ular unga qarata turli buyumlar: pichoq, shisha va tanga uloqtirardi, ularning bunday xatti-harakatlarini hatto Karles Puyol ham uyatli deb atagandi.

    Figu Kataloniyaga kelganida futbol chinakamiga urushga aylanib ketardi. Hatto “Real” futbolchilari ham undan uzoqlashishga harakat qilardi: Stiv Makmanaman avtobusda undan uzoqroq o‘tirishni so‘rasa, Mishel Salgado burchak to‘pini u bilan o‘ynashdan bosh tortadi. Luish g‘azabga to‘la “Nou Kamp” qarshisida yolg‘iz qoladi, ammo hatto shunday yuqori bosim ostida ham o‘z darajasini saqlab qola olgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Aslida Figu “Real”ga o‘tishni umuman istamagandi.

    Figu “Barsa”ni tark etishni rejalashtirmagan, biroq Peresning tuzog‘iga tushib qolgan

    2000-yilgi prezidentlik saylovlarida Peresni hech kim jiddiy qabul qilmagandi. Florentino “Real Madrid”ning qarzlari haqida gapirardi, ammo ko‘pchilik tijorat haqida unchalik ham qayg‘urmasdi. Boisi amaldagi prezident Lorenso Sans ikki marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongandi — bu moliyaviy qiyinchiliklarga qaraganda aktualroq edi. Peresda g‘alaba qozonish uchun imkoniyat juda kam bo‘lgan.

    Peres nimadir o‘ylab topishi kerak edi va u tayyor shartnoma bilan Figuning agentlariga chiqdi: “Real”ga o‘tish va yiliga 6 million yevro maosh (“Barsa”dagidan olti baravar ko‘proq), qo‘shimcha bonus sifatida yana 2,5 million yevro. Agar Peres prezident bo‘lmasa, transfer bekor qilinadi, ammo Figu baribir 2,5 million yevroga ega chiqadi.

    Butun dunyoda Peresning g‘alabasiga faqat bir kishi ishonardi — Peresning o‘zi. Figu arzimagan 2,5 million yevro evaziga majburiy bo‘lmagan shartnoma imzoladi — bunday sovg‘ani kim ham rad etardi.

    U shartnomadan “Barsa”ga bosim o‘tkazish uchun foydalangan — o‘shanda bu qog‘oz faqat shuning uchun kerak bo‘lgandi. Figu o‘rtacha maoshga ega dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri edi va “Real Madrid” va’da qilgan summaning kamida bir qismini ishlab olishni xohlardi. Ammo katalonlarning o‘sha paytdagi prezidenti Nunyes uning yuziga qarab kulib, shunday degan: “Kimdir sening tovon pulingni to‘lab bergungacha kutamiz”.

    Shartnomaga ko‘ra, Luishning narxi 62 million yevro edi — bu dunyoning eng qimmat futbolchisidan 13 millionga ko‘proq. Kataloniyaliklar prezidenti hech bir aqldan ozgan bu miqdorni to‘lamasligiga ishonardi va u haq edi: chunki Peres hali katta futbolga kirib kelmagandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Flo chiroyli “o‘yin” ko‘rsatdi va hammani dog‘da qoldirdi: “Barselona”ni, raqobatchisi Sansni, Figu va uning agentlarini ham. Florentino Figu bilan shartnoma imzolashini e’lon qildi, uni yolg‘onchilikda ayblashganda esa shartnomani ko‘rsatdi. Va agar portugaliyalik “Barsa”da qoladigan bo‘lsa, “Real”ning 80 ming nafar a’zosiga yillik abonementlar sotib olishga va’da berdi.

    “Peresning va’dasi “Real Madrid” muxlislarini mast qildi. Ular endi Sans va uning sovrinlari haqida qayg‘urmay qo‘ygandi. Barchani Peres bir transfer bilan “Barsa”ni yo‘q qiladimi degan savol qiziqtirardi”, — deya yozgandi El Pais jurnalisti Diyego Torres.

    O‘sha kuni ispan futbolida tom ma’noda “bomba portladi”, bunday shovqin hozir faqat Messi “Real”ga o‘tganida ko‘tarilardi. Kataloniyaliklar gazeta, radio, klubga qo‘ng‘iroq qilib, hatto Figuning o‘ziga ham tahdid qiladi. “Barsa” prezidentligiga nomzodlar yetakchi atrofida tashviqotlar o‘tkazadi. Luish esa “Real”ga o‘tmasligi haqida qasam ichardi va bu haqiqat edi.

    Lekin bir jihat bo‘lganki, bu narsa faqat Peresning g‘alabasidan so‘nggina ma’lum bo‘ladi. Dahshatli daromadli va majburiy bo‘lmagan shartnomaning boshqa tomonida kichik shriftda yozilgan band bo‘lgan: agar Flo prezident bo‘lsa va Figu “Real”ga ko‘chib o‘tishdan bosh tortsa, futbolchi 35 million yevro miqdorida qarzdor bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Saylovdan uch kun oldin Figu muammoga duch kelganini tushundi. Unga oilasi bilan birga o‘lim bilan tahdid qilindi. Luish o‘zining agenti Xose Veygaga “Real”ga o‘tmasligini aytdi. Ammo shartnomaning so‘nggi bandida 35 million yevro miqdoridagi jarima haqida aytilgandi.

    Peresning g‘alaba qozonish imkoniyati qanday bo‘lganini eslash muhim. Men ham, Veyga ham Florentino prezident bo‘ladi deb o‘ylamagandik. U g‘alaba qozonganida, Veyga yig‘lab yubordi, men esa juda kuchli hayajonda edim. Bu degani, Figu yo “Real”ga o‘tadi yoki biz 35 million yevro to‘lashimiz kerak”, — degandi Figuning do‘sti Paulu Futre.

    “Barsa” portugaliyalikni qutqarib qolishi ham mumkin edi. 23-iyul kuni Xoan Gaspar prezident etib saylandi va uning birinchi qilgan ishi Figuga qo‘ng‘iroq qilish bo‘ldi. Ular tungi soat uchgacha gaplashishdi, lekin klubning yangi boshlig‘i “Real” oldidagi 35 million qarzni to‘lashni istamagan — bu mantiqan to‘g‘ri qaror edi, chunki klub o‘z futbolchisini azaliy raqibidan sotib olganidan keyin butun dunyo “Barsa”ning ustidan kulgan bo‘lardi.

    Figuda Kataloniyada sof va toza obro‘ bilan qolishi mumkin edi. U “Barsa” o‘yinchisi edi va boshqa klub bilan shartnoma imzolay olmasdi, shuning uchun barcha muzokaralarni Xose Veyga olib borgan. O‘shanda futbolchilar va agentlar shartnoma imzolamasdi va o‘zaro qo‘l berish bilan muammolarni hal qilishardi, shuning uchun qonunga ko‘ra, Luish na Veygaga, na Madridga qarzdor edi. Oxir-oqibat, tovon to‘lash bandini o‘tkazib yuborgan Xose bo‘lib chiqdi — bu uning ishi edi.

    Vaziyatni to‘g‘ri baholagan agent Luishning rafiqasi yonida yig‘lab, undan eriga ta’sir o‘tkazishga yordam berishni so‘ragan. Figu do‘stini qiyin ahvolda qoldirishni istamadi va o‘zi rejalashtirmagan transferga rozi bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Luish “Real”ga faqat do‘stlik uchun o‘tmagani ehtimoli ham yuqori. Bu yerda boshqa sabablar ham bor edi. Figu Gasparning qat’iyatsiz va’dalariga ishonmadi, Gasparga Figuning maoshini oshirish haqidagi masala yoqmasdi. Bundan tashqari, uni jamoaning Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizliklari g‘azablantirardi: “Barselona”da ajoyib karyera qurishingiz mumkin. Lekin cho‘qqiga chiqish uchun “Real”da o‘ynash kerak.

    Luish “Real”ning Chempionlar Ligasidagi nufuzi uchun jamoasini o‘zgartiradi, ammo transfer uning merosiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Boisi “Barselona” portugal dahosining xotirasini shunchaki “yoqib yubordi” va faqat yomonlarinigina qoldirdi. Ammo u Peresning “galaktikos”ida ham yo‘qolib qolmadi, balki brilliantlardan biriga aylandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Darhaqiqat, Figu Zidan bilan bir darajadagi yulduz edi va har jabhada undan qolishmasdi. Hatto Yevro—2000 yarim finali oldidan Fransiya terma jamoasi himoyachisi Frank Lebyof ham jamoadoshining “zarar”iga gapirgandi: “Zidan aql bovar qilmaydigan o‘yinchi, ammo hozir dunyoning eng yaxshi futbolchisi — Figu. U boshqalardan anchagina kuchliroq”.

    02.01.2022, 14:53   Izoh (0)   85795
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Do‘st bo‘lsang, yonimda tur: futbol olamidagi eng mashhur do‘stlar haqida

    02.01.2022, 12:51

    Hamrobekovdan Norchayevgacha. O‘zbekiston Superligasining ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchilari haqida

    02.01.2022, 10:07

    APL. “Tottenhem” autsayderga qarshi o‘yinda 90+6-daqiqadagi gol evaziga g‘alabani ilib ketdi

    01.01.2022, 22:19

    Ularni Qatarda ko‘rmaymiz. JCh—2022 ga bormasligi aniq bo‘lgan yulduz futbolchilar

    01.01.2022, 21:10

    APL. “Manchester Siti” so‘nggi daqiqalarda “Arsenal”dan g‘alabani tortib oldi

    01.01.2022, 19:50

    Serquyosh Jarqo‘rg‘ondan ko‘hna Rimgacha. Eldor Shomurodov bosib o‘tgan yo‘l

    01.01.2022, 18:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerika aviakompaniyalari samolyotlarda Starlink xizmatini o‘chira boshladi

    Dunyo | 8 iyun, 23:55

    AQSH va Xitoy savdo bojlari borasida Londonda uchrashuv o‘tkazadi

    Dunyo | 8 iyun, 23:05

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10

    Toshkent markazida “Salom, Mundial” supershousi bo‘lib o‘tadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:52

    Shimoliy Koreyada may oyida muvaffaqiyatsizlikka uchragan kema qayta suvga tushirildi

    Dunyo | 8 iyun, 21:45

    O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.