• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Do‘st bo‘lsang, yonimda tur: futbol olamidagi eng mashhur do‘stlar haqida

    Futbol har doim raqobatlardan iborat bo‘lgan. Ammo millionlar o‘yinida mustahkam do‘stlik uchun ham joy topiladi. Mazkur sport turidagi do‘stlik va hamjihatlik jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishning muhim qismi hisoblanadi. Aynan bir-birini so‘zsiz tushunish va o‘zaro ishonch futbolchilarni butunlay boshqa saviyaga olib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, bu kabi do‘stlik yashil maydon tashqarisida ham davom etishiga hech qanday to‘sqinlik yo‘q. “Daryo” hozirgi kunda jahon futbolidagi eng mashhur do‘st futbolchilar haqida hikoya qiladi.

    Mario Gyotse va Marko Roys

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mario Gyotse va Marko Roysning do‘stlik tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi, ikki iqtidor egasi “Borussiya D” akademiyasida tanishgan. Biroq ularning o‘rtasidagi iliq munosabatlar keyinchalik, futbolchilar Germaniya yoshlar terma jamoasi va Dortmund klubining asosiy jamoasiga kirgach paydo bo‘lgan. Yosh borasidagi farq (32 yoshli Roys Gyotsedan 3 yoshga katta) ham ularning do‘st tutinishiga to‘sqinlik qilmagan. Ular klub bazasi va mehmonxonalarda bitta xonaga joylashar, futboldan bo‘sh vaqtlarini ham birga o‘tkazardi.

    Ko‘pchilik 2013-yilga kelib, mazkur do‘stlik barham topadi degan fikrni ilgari surgandi. Boisi o‘sha yili Mario Gyotse qaysidir ma’noda xiyonatni amalga oshiradi va “Borussiya”ning ashaddiy raqibi sanalmish “Bavariya”ga o‘tib ketadi. Biroq bu narsa ham futbolchilarning munosabatlariga ta’sir o‘tkazmaydi.

    Biroq do‘stlik tarixidagi eng ta’sirli epizod 2014-yilgi Jahon Chempionatining final o‘yini yakunlanganidan keyin ro‘y beradi. Hal qiluvchi o‘yinda Argentina darvozasiga hal qiluvchi golni urgan Gyotse taqdirlash marosimidan keyin jarohati sabab mundialga bora olmagan do‘stining futbolkasini maydonga olib chiqadi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Butun jamoani tabriklayman. Orzularingiz amalga oshdi! Men uchun qilgan ishing uchun rahmat, do‘stim”, —deb yozib qoldirgandi o‘shanda Roys ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.

    David Luiz va Tiago Silva

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ikki braziliyalik iqtidorli himoyachilarning do‘stlik tarixi ham ko‘pchilikni qiziqtiradi. Tiago Silva va David Luiz Braziliya terma jamoasi safida tanishgan va tezda til topishib  ketgan. Ularning futbol tashqarisidagi iliq munosabatlari maydonda ham o‘z so‘zini aytib kelgan, aynan ikki himoyachi bir necha yil davomida Braziliya terma jamoasining mudofaa chizig‘ining yuqori darajada turishini ta’minlagan.

    Bundan tashqari, tarmoqda aylangan bir surat tufayli ularning do‘stligi yanada mashhurlikka erishadi. O‘sha suratda Silva va Luizning yoshligi aks etgan deya taxmin qilinadi, biroq keyinchalik o‘sha bolalar shunchaki futbolchilarga o‘xshash ekanligi ma’lum bo‘ladi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Do‘stlar Braziliya terma jamoasidan tashqari ham ma’lum muddat davomida bir klubda to‘p surgan. David Luiz 2014-yilda Silvaning tavsiyasiga ko‘ra “PSJ”ga o‘tib, 2016-yilgacha parijliklar sharafini himoya qiladi. Shundan so‘ng futbolchilarning maydondagi faoliyati boshqa kesishgani yo‘q, biroq bu narsa ularning do‘stligiga ta’sir o‘tkazmagan.

    Serxio Ramos va Iker Kasilyas

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Real” jahon futbolidagi eng shafqatsiz klub bo‘lib, unda uzoq muddat davomida yuqori saviyada to‘p surish deyarli imkonsizdir. Klub afsonasi nomiga esa faqatgina sanoqlilargina ega chiqqan. Mazkur nomga loyiq ko‘rilganlarning eng mashhurlari — Serxio Ramos va Iker Kasilyas bir-biri bilan qalin do‘st hisoblanadi. Ular 10 yil (2005-yilda 2015-yilgacha) davomida birgalikda “Qirollik klubi” mudofaasining haqiqiy ustunlari sifatida faoliyat yuritgan.

    Iker Madrid klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 1998-yildan beri asosiy jamoada o‘ynab kelardi. 2005-yilga kelib, Ramos “Real”ga o‘tganida Iker allaqachon asosiy darvozabon edi. Aynan u Ramosning jamoaga moslashishiga ko‘maklashgan va maydon tashqarisida ham u bilan birga vaqtni maroqli o‘tkazgan. Aynan shu narsa nafaqat “qaymoqranglilar”ning, balki Ispaniya terma jamoasining ham muvaffaqiyatlariga ta’sir o‘tkazgan. Bunga misol sifatida “qizil furiya”ning 2008, 2010 va 2010-yillardagi g‘alabalarini yodga olish kifoya.

    Ramos Kasilyas va Joze Mourinyo o‘rtasida ro‘y bergan kelishmovchilikda ham do‘stining yonini olib, hatto o‘shanda ishni “Benazir”ning jamoadan ketishigacha olib borgandi.

    Bundan tashqari, “Real”da ularni yana bir muhim jihat bog‘lab turishini qo‘shimcha qilish mumkin. Har ikkala futbolchi ham jamoa afsonasi o‘laroq, klub bilan munosib tarzda xayrlash(ol)magan. Aniqrog‘i, bunga klub prezidenti Florentino Peres yo‘l qo‘ymagan.

    Mavzuga doir:

    • Qadrlanmagan sadoqat: “Real”dan quvilgan afsonalar haqida
    • Ramosdan Azargacha. Joze Mourinyo bilan murosa qilolmagan futbolchilar haqida
    Lionel Messi va Luis Suares

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ta’tillar vaqtida Krishtianu Ronaldu asosan oilasi va futbolga aloqasi bo‘lmagan do‘stlari bilan hordiq chiqarishni ma’qul ko‘rsa, boshqa bir “o‘zga sayyoralik” — Messi oilasi bilan birgalikda do‘stlar davrasida bo‘lishni afzal biladi. Ana shunday davralar odatda Luis Suares va uning oilasi bilan birga o‘tkaziladi. Ko‘pchilik faqat havas qilishi mumkin bo‘lgan bu do‘stlik tarixi Suares “Barselona”ga o‘tganidan keyin boshlangan. O‘sha yillari “Barselona”ning oldingi chizig‘ida Messi, Suares va Neymardan iborat dahshatli trio paydo bo‘lgandi. Uch yulduzning bir-biri bilan kelishib, ajabtovur o‘yin ko‘rsatishiga ularning maydon tashqarisidagi do‘stligi sabab bo‘lgandi. Biroq 2017-yilga kelib Neymar Messining soyasida yurishdan charchab, “PSJ”ga o‘tib ketdi. Bu qaysidir ma’noda Leo hamda Suaresning do‘stligi yanada qalinroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

    Shundan so‘ng Messi eng muhim ishlarini faqat Suares bilan muhokama qiladigan va faqat unga ishonadigan bo‘ldi. Biroq afsuski, 2020-yilga kelib, do‘stlarning klubdagi faoliyati ayro tushdi. “Barselona”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Suaresga uni rejalariga kiritmaganini va jamoadan ketishi kerakligini aytdi. Chorasiz qolgan Suares katalonlarning asosiy raqiblaridan biri “Atletiko”ga ketdi. O‘shanda Messi Luis bilan xayrlashar ekan, shunday degandi:

    “Ketganingni qabul qilishni boshladim, biroq bugun kiyinish xonasiga kirdim va o‘sha yerda bo‘layotgan voqealarni to‘liq his qildim. Kunni sensiz o‘tkazish naqadar qiyin bo‘lishini anglayapman, maydonda ham, uning tashqarisida ham. Seni juda sog‘inamiz. Necha yillik birgalikdagi tushlik va kechki ovqatlanishlar...

    Seni boshqa klub libosida ko‘rish g‘alati bo‘ladi, senga qarshi o‘ynash esa undan ham g‘alati. Sen “Barselona” tarixidagi eng muhim o‘yinchilardan biri eding, sovrin va individual yutuqlaring tufayli munosib xayrlashishlariga loyiq eding. Klubdan bu kabi irg‘itib yuborishlariga loyiq emas eding. Biroq meni endi hech nima ajablantirmayapti. Yangi sarguzashtlaringda barcha yaxshi tilaklarni bildirib qolaman. Seni juda yaxshi ko‘raman. Yaqinda ko‘rishamiz, do‘stim”.

    2021-yilning yoziga kelib esa Messi ham “Barselona”ni tark etib, Fransiya poytaxtiga yo‘l oldi. Ammo oradagi masofa ularning ham do‘stligiga ta’sir o‘tkazmaslik ehtimoli juda yuqori.

    Bundan tashqari, Messi 29-noyabr kuni o‘zi uchun qadrli bo‘lgan yettinchi “Oltin to‘p”ini ham aynan do‘sti Suaresdan qabul qilib oldi. Shuningdek, Messining Serxio Aguero va Sesk Fabregas bilan ham munosabatlarini alohida qayd etish kerak.

    Bonus: Eldor Shomurodov va Doston Hamdamov

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘zbekistonning ayni paytdagi eng yaxshi futbolchisi Eldor Shomurodovning ham do‘st borasida omadi kelgan: Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi futbol olamidagi do‘stlari haqida gapirar ekan, “Paxtakor” yarim himoyachisi Doston Hamdamovni eng yaqin do‘sti deb ataydi.

    Ular dastlab O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va “Bunyodkor” safida birga to‘p surgan hamda birgalikda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan. Hozirda esa milliy terma jamoani Jahon Chempionatiga olib chiqish maqsadida javlon urmoqda.

    Eldorning so‘zlariga ko‘ra, hayotda qaysi futbolchi bilan yaxshi chiqishsa, o‘sha o‘yinchi bilan maydonda ham bir-birini tushunish osonroq kechadi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    02.01.2022, 12:51   Izoh (0)   40571
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hamrobekovdan Norchayevgacha. O‘zbekiston Superligasining ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchilari haqida

    02.01.2022, 10:07

    APL. “Tottenhem” autsayderga qarshi o‘yinda 90+6-daqiqadagi gol evaziga g‘alabani ilib ketdi

    01.01.2022, 22:19

    Ularni Qatarda ko‘rmaymiz. JCh—2022 ga bormasligi aniq bo‘lgan yulduz futbolchilar

    01.01.2022, 21:10

    APL. “Manchester Siti” so‘nggi daqiqalarda “Arsenal”dan g‘alabani tortib oldi

    01.01.2022, 19:50

    Serquyosh Jarqo‘rg‘ondan ko‘hna Rimgacha. Eldor Shomurodov bosib o‘tgan yo‘l

    01.01.2022, 18:28

    Pushkashdan Messigacha. Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan mashhur futbolchilar

    01.01.2022, 16:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Shrek-5” multfilmining syujetini oshkor qildi — voqealar real hayotda yuz beradi

    Madaniyat | 10 may, 15:50

    “Agar AQSH Rossiyaga hujum qilsa, yordamchi qo‘shin yuboramiz” — Kim Chen In

    Dunyo | 10 may, 15:20

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    Dunyo | 10 may, 15:00

    Yuzga nafis yaltirash beruvchi xaylayterni to‘g‘ri qo‘llashning 5 usuli

    Layfstayl | 10 may, 14:40

    Soliq mobil ilovasida salkam 11 mln odam ro‘yxatdan o‘tgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 14:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.