• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Shunaqa zo‘rmi? Bir yerga kirib chiqqandan keyin mulla mingan eshakdek bo‘lib qoladi”. Odil Ahmedovga 13 yil avval Namangandagi o‘yindan keyin polkovnik qamatish bilan tahdid qilgani ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Odil Ahmedov hayot yo‘liga bag‘ishlangan “Orzuning shonli yo‘li” kitobida 2008-yil “Paxtakor” safida “Navbahor”ga qarshi kechgan safar o‘yinida yuz bergan tushunmovchilik va shu sabab futbolchiga bo‘lgan tahdidlar haqida ma’lumot berildi.

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    Eslatib o‘tamiz, Odil Namangandagi o‘yin vaqtida gol urgan va uni nishonlash vaqtida ko‘rsatkich barmog‘i bilan tribunaga ishora qilgandi. Bu holatni muxlislar noto‘g‘ri tushungan va Ahmedovni o‘rta barmog‘ini ko‘rsatib, behurmatlik qilganlikda ayblagandi.

    Odilning o‘zi bu holatni quyidagicha izohlaydi:

    2008-yilda “Navbahor”ga qarshi o‘ynadik. O‘sha o‘yinda gol urdim. VIP — hududga yondosh tribunalarda o‘tirgan otam va akam tomon yugurar ekanman, ko‘rsatkich barmog‘imni ko‘rsatgancha o‘ng qo‘limni ko‘tardim. Bir zumda tribunalarda shovqin-suron, baqir-chaqir, tartibsizliklar turdi. Odamlar birdaniga qo‘zg‘algandi. Men tomon nimalardir uchdi.

    “Navbahor”ga urgan golim shunchalik yoqmadimi?, degan taajjubli o‘y o‘tdi ko‘nglimdan. Namanganlik futbolchining “Navbahor” darvozasini ishg‘ol etgani shunchalik ta’sir qildimi? Lekin odamlar boshqa o‘yga borgan ekan.

    Men go‘yoki… o‘rta barmog‘imni ko‘rsatgan emishman. Golni nishonlayotganimni bunday talqin qilishganidan ham hayratda edim, ham dahshatga tushdim.

    Ahmedovning aytishicha, o‘yindan keyin katta lavozimdagi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi u va otasini to‘xtatib, tahdid qilgan.
    Eng yomoni o‘yindan keyin bo‘ldi. Dadam bilan birga mashinada uyga qaytmoqchi bo‘lib turgandik. Shu payt klub hovlisiga ichki ishlarga tegishli, bayroq surati hoshiya qilingan ikkita mashina kirib keldi. Shundoq yonimizda to‘xtadi. Pogonidan polkovnik ekanligi bilinib turgan xodim dadamga yuzma-yuz bo‘lib o‘dag‘ayladi:

    — O‘g‘lingizni olib ketamiz!

    — Qo‘ying, komandir, ertaga Toshkentga ketadi, eshitgan quloqqa yaxshi emas, — yalinardi dadam.

    — Yo‘limizni to‘smang, qani o‘g‘lingiz?

    — Iltimos, komandir…

    Men bu suhbatga aralashishni lozim topdim,

    — Assalomu alaykum, tinchlikmi?, — deb so‘radim.

    Polkovnik menga e’tibor bermadi yoki mensimadimi, dadamga gapirishda davom etdi:

    — Odam o‘z hamyurtlariga ham o‘rta barmog‘ini ko‘rsatadimi? Kim bo‘lib ketgan o‘zi? Shunaqa kuchayganmi, a? Shunaqa zo‘rmi? Qanchadan-qancha zo‘rlarni ko‘rganmiz, bir yerga kirib chiqqandan keyin mulla mingan eshakdek bo‘lib qoladi!

    Hammasini tushundim. Bugungi golni nishonlaganimni bular noto‘g‘ri tushunib, “o‘rta barmog‘ini ko‘rsatdi”ga chiqaryapti.

    Ahmedov bu voqeadan keyin bir necha kun Toshkentga qayta olmagan, uni dovon yo‘lidagi postdan ortga qaytarib yuborishgan.
    Ertasi kuni uydagilar bilan xayrlashib, Toshkentga jo‘nadim. Dovonga chiqish oldidagi postda pasportimni tekshirgan DAN xodimi mashina hujjatlarimni oldi-da:

    — Mashinani o‘ngga olasiz, aka!, — deya buyurdi.

    — Nimaga? tinchlikmi?

    — Uzr, Odil aka, shunaqa buyruq bor…

    — Kimdan buyruq?

    — Kattalardan…

    — Kattalar kim?

    — Uzr, aka, qolganini ayta olmayman. Iltimos, o‘ngga o‘ting.

    DAN xodimining buyrug‘iga bo‘ysunishdan o‘zga choram yo‘q edi. Mashinani yo‘l chetida to‘xtatib, post yonidagi binoga kirdim. Pasportimni olishga kim buyruq berganiga qiziqdim. Hech kim tayinli gap aytmas, hujjatlarimni ham qaytarmasdi. Orada ancha sarson bo‘ldim. Namanganga qaytishim kerakligi aytildi.

    Ertasi kuni ham shu holat takrorlandi.

    Ichki ishlardagi haligi polkovnik chindan ham meni qamatish harakatiga tushib qolganini tushundim. “Paxtakor” rahbariyatiga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni tushuntirdim.

    Kechki payt uyimiz darvozasi taqillab qoldi. Kechagi polkovnik turibdi. Bugun ancha yuvosh tortgan, sermulozamat, tilidan bol tomardi.

    — Uzr, Olimjon aka, Odil aka… qizishib ketdik. Sizlarni ham ancha ovora qildik. Odil aka bemalol Toshkentga ketsa bo‘ladi.

    Nega birdan bunday qarorga kelganini tushunolmadik.

    Dovonga ko‘tarilayotganda Ilhom Sharipov qo‘ng‘iroq qilib qoldi:

    — Allo, Odil! Yaxshimisan? Kelyapsanmi?

    — Yaxshimisiz, Ilhom aka? Ha, qaytyapman. Tinchlikmi, nima bo‘ldi?

    — Klubdagilar Mirabror Usmonovga (o‘sha vaqtdagi O‘FF prezidenti) qo‘ng‘iroq qilgan ekan. Mirabror aka o‘rtaga tushibdi.

    Hammasiga tushundim. Mirabror Zufarovich menga o‘shanda yordam bergan ekan.

    Odil Ahmedov, “Orzuning shonli yo‘li” kitobidan parcha

    O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov 18-dekabr kuni faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Ahmedov bu qarorini “Orzuning shonli yo‘li” nomli kitobining taqdimot marosimida ma’lum qildi.

    Ahmedov shu kungacha Xitoyning “Chanchjou Mayti Layons” klubi safida to‘p surib kelayotgandi. Ungacha esa “Paxtakor” (2006—2011), “Anji” (2011—2014), “Krasnodar” (2014—2016), “Shanxay SIPG” (2017—2021) kabi jamoalarda to‘p surgan.

    Ahmedov 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga chiqa olmaganidan keyin 2021-yilning 19-iyun sanasida terma jamoadagi faoliyati yakunlanayotganini e’lon qilgandi. Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyut o‘yinini 2007-yil 13-oktabrda Xitoy Taypeyiga qarshi (9:0) o‘tkazgan. 34 yoshli futbolchi mamlakat bosh jamoasi safida 108 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta golga mualliflik qilgan.

    22.12.2021, 06:08   Izoh (0)   113063
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    La Liga. “Barselona” qoldirilgan tur o‘yinida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sevilya”ni yenga olmadi

    22.12.2021, 03:37

    Angliya Liga Kubogi. “Arsenal” 6 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi

    22.12.2021, 02:54

    A Seriya. “Yuventus” autsayderni taslim etdi, “Atalanta” “Jenoa” to‘sig‘idan o‘ta olmadi

    22.12.2021, 02:43

    Ronaldu uchun yiliga 90 mln yevro sarflagan “Yuventus”, BAAdan ustun kelgan Server Jeparov shogirdlari va Murodov bilan bir kunda jang qiladigan Maxachev. Eng so‘n...

    21.12.2021, 22:33

    “U kazinoda millionlab dollar yutqazar va o‘zini dunyoni ushlab qo‘ygandek tutardi”. Qimor, ichkilik va ko‘ngilxushlik girdobidan chiqishga muvaffaq bo‘lgan Menni

    20.12.2021, 23:50

    Yevrokuboklarni tark etgan “Tottenhem”, 1,5 mlrd yevrolik loyihani boshlagan “Barselona” va APLda tengsiz Muhammad Saloh. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    20.12.2021, 20:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” Rodrigo bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi

    Sport | 16 avgust, 13:35

    Xitoyda 75 yoshli pensioner sun’iy intellektda yaratilgan ayol tufayli xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

    Layfstayl | 16 avgust, 13:23

    Xitoy hukumati armiya haqida noqonuniy kontent joylashtirgan bir qator onlayn manbalarni aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 13:15

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.