• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Denovda ichki ishlar xodimlarining berilgan topshiriqlarni ko‘r-ko‘rona bajarishga urinishini qoraladi

    Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov rahbariyatidan topshiriq olgan IIB xodimlarining berilgan topshiriqni ko‘r-ko‘rona bajarishga urinishini qoraladi. Bu haqda Denov shahrida portlash bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish maqsad qilingan matbuot brifingidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, Denov shahrida viloyat hokimi To‘ra Bobolov, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrullo Inoyatov, bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Masaliyev, favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ishtirokidagi matbuot brifingidan so‘ng ichki ishlar vazirining matbuot kotibi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etilgan.

    Matbuot anjumanida so‘z olgan “Daryo” muxbiri portlashdan jabrlanganlar bilan suhbatda bo‘lish maqsadida Denov tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lganini, shifoxonada davolanayotgan to‘rt nafar bemorni ko‘rib, suhbatlashishga muvaffaq bo‘lganini, ammo qolgan uch nafar bemor bilan suhbatiga IIB xodimi to‘sqinlik qilganini aytib, vaziyatga izoh so‘ragan.

    Jurnalistlarni shifoxonaga kirishiga to‘sqinlik qilgan IIB xodimi (chapda).

    Jurnalistlarni shifoxonaga kirishiga to‘sqinlik qilgan IIB xodimi (chapda).
    Foto: “Daryo”

    Shohruh G‘iyosov muxbirning “O‘zini viloyat IIB xodimi Sherzod deya tanishtirgan va guvohnomasini ko‘rsatgan fuqaro kiyimidagi xodim bizning qolgan uch nafar bemor bilan ham suhbatda bo‘lishimizga to‘sqinlik qilib, buning uchun ruxsat berilmaganini aytdi. Va OAV vakillari faoliyatiga qarshilik ko‘rsatdi. Boshqa OAV vakillari bilan ham shunday holat takrorlanmasligi, jurnalistlarning erkin axborot olishi uchun vazirlik buni nazoratga oladimi”, deya bergan savoliga “Bizning eng katta aybimiz ham shu ekan aslida”, — deya vaziyatga baho berdi.

    “Ko‘p xodimlarimiz 'soldat' bo‘lib qolgan. Menga shu topshiriqni berishdi, demak men shuni qilishim kerak degan tushuncha bilan xato qilishda davom etadi. Aslida biz ana shu kamchiligimizdan qutilishimiz kerak”, — dedi Shohrux G‘iyosov.

    IIV matbuot kotibi avvalroq bo‘lib o‘tgan tadbirlarning birida IIB xodimlari, voqea joyiga hatto tez yordam mashinasini ham ichkariga kiritmaganini bildirdi.

    “Avvalroq bo‘lib o‘tgan voqeani aytib bermoqchiman. Shunaqa xodimlarimiz ham bor ekanki, topshiriqni olgach, hatto tez yordam mashinasini ham voqea joyiga kiritishmagan. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlaridan birining aytichicha, bir voqeada xodimlar hududga kelgan senatorga ham “Siz ichkariga kirib-chiquvchilar ro‘yxatida yo‘qsiz”, deya ichkariga kirishni taqiqlagan”, — dedi matbuot kotibi.

    Shohruh G‘iyosov “Daryo” muxbirlari faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ularning axborot olishiga to‘sqinlik qilgan IIB xodimi ishi bilan o‘zi shug‘ullanib, tahririyatga bu haqda qo‘shimcha ma’lumot berilishini aytdi.

    Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoning Denov shahri markazidagi “Indenim” savdo majmuasida 7-dekabr tongida kuchli portlash yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, 11 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Keyinchalik Denovdagi portlashda 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon devorlari esa yorilib, yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yuz bergan.

    10.12.2021, 07:22   Izoh (0)   27904
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilari har qanday turdagi mukofot va sovg‘a olishi taqiqlanishi kutilmoqda

    10.12.2021, 06:36

    O‘zbekiston bosh archasi qayerga o‘rnatilgani ma’lum qilindi

    10.12.2021, 06:00

    Niagarada cho‘kib ketgan mashina, qor ostida qolgan gul, “Mif va afsonalar” paradi. 9-dekabr suratlari

    09.12.2021, 23:50

    Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni Yevrosiyo iqtisodiy kengashining onlayn sammitida ishtirok etadi

    09.12.2021, 23:40

    O‘zbekiston hududlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi uchun 992 gektar yer maydoni tanlab olindi

    09.12.2021, 23:28

    Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “Uralxim” kompaniyasi direktorini qabul qildi

    09.12.2021, 22:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qaysi sohadagi tadbirkorlar soliq to‘lashdan eng ko‘p qochayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 16 avgust, 17:51

    Saraton hujayralarida ilk bor demensiyaga o‘xshash jarayonlar aniqlandi

    Ilm-fan | 16 avgust, 17:28

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 17:11

    Astronomlar osmonda bir vaqtning o‘zida oltita sayyorani qanday kuzatish mumkinligini aytib berdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:47

    “Brayton” Baleba uchun “Manchester Yunayted”dan katta summa talab qildi

    Sport | 16 avgust, 16:46

    Tramp AQSH—Rossiya—Ukraina uch tomonlama sammitini o‘tkazish imkoniyatini e’tirof etdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:35

    Yevropa rahbarlari Alyaskadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot tayyorlashdi — Tusk

    Dunyo | 16 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.