Shavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni Rossiyaning “Uralxim” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi, bosh direktori Dmitriy Mazepinni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiyaning eng yirik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchisi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tegishli resurs bazasini o‘zlashtirgan holda, azot, fosfor va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Qayd etilishicha, ilmiy-texnik ishlanmalar va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Izoh (0)