Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish 2030-yilgacha Yer aholisining barchasini internet bilan ta’minlashga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Hamkorlikni mustahkamlash orqaligina bu muammolarni birgalikda hal qilishimiz mumkin”, — dedi bosh kotib. Uning qo‘shimcha qilishicha, “inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha aniq qoidalarni o‘rnatish, ma’lumotlar ustidan nazoratni tiklash, noto‘g‘ri talqin qilingan va nafrat uyg‘otuvchi xabarlarga qarshi kurashish, shuningdek, 2030-yilgacha butun aholini internetga ulash orqali hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda”.
Avvalroq Antoniu Guterrish koronavirusning “omikron” shtammi tufayli chegaralar yopilayotganini tanqid qilgandi. Bosh kotibning ta’kidlashicha, ma’lum bir mamlakat yoki mintaqani izolyatsiya qiluvchi cheklovlar “nafaqat o‘ta adolatsiz va og‘ir, balki samarasiz hamdir”.
Noyabr oxirida BMT bosh kotibi Efiopiyadagi jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan.
Izoh (0)