Daryo

BMT bosh kotibi: dunyo yadro quroli natijasida yo‘q bo‘lib ketish yoqasida turibdi

Yadroviy ziddiyat bulutlarini tarqatib yuborib, dunyodagi yadroviy qurol-yarog‘larni yo‘q qilish, ishonch va tinchlikning yangi davrini boshlash vaqti keldi”, — deb yozdi Guterrish

1 daqiqa o‘qish54 572 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Insoniyat yadro qurollari sababli yo‘q bo‘lib ketish yoqasida turibdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Twitter’da ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: EPA

“Butun dunyoda 14 mingga yaqin yadro qurollari saqlanadi. Insoniyat hamon yadroviy qirilib ketishga o‘ta yaqin turibdi. Yadroviy ziddiyat bulutlarini tarqatib yuborib, dunyodagi yadroviy qurol-yarog‘larni yo‘q qilish, ishonch va tinchlikning yangi davrini boshlash vaqti keldi”, — deb yozdi Guterrish.

O‘z bayonotini Guterrish 26-sentabr kuni nishonlanadigan Xalqaro yadro qurolini to‘liq yo‘q qilish uchun kurash kuniga bag‘ishladi. Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, KXDR va Isroil o‘z yadro quroliga ega.

Avgustda BMT bosh kotibi yangi qurollanish poygasi boshlangani yuzasidan xavotir bildirgandi. Shu munosabat bilan u Rossiya va AQShning Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qarorini “uzoq kutilgan” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni “yadro halokati xavfini pasaytirish yo‘lidagi birinchi qadamlar” deb hisoblash mumkin. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar