Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 3-dekabr kuni olingan sara suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Kalkutta shahrida 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kunida imo-ishora tilida muloqot qilayotgan ayol.
Foto: EPA

Kiprga tashrif buyurgan Rim Papasi Fransisk.
Foto: “TASS”

Dizayner Aleksiya Xentshning Rio karnaval liboslari Fransiyaning Mulen shahridagi Milliy sahna liboslari markazidagi ko‘rgazmada namoyish etildi.
Foto: AFP

Toshkent shahri, Nurafshon aylanma ko‘chasi, Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi binosi oldidagi chorrahada tilanchilik qilayotgan opa-uka.
Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Rostov hayvonot bog‘idagi shimoliy kulrang kengurular.
Foto: “TASS”

Onasi bilan sayrga chiqqan qizaloq.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Meksika Milliy gvardiyasi xodimlari Kankun kurortidagi plyajlarda patrullik qilmoqda.
Foto: EPA

Xo‘jakentdan “Salar” temiryo‘l bekatiga kelib to‘xtagan poyezd yonida qoldirilgan sut idishlari.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Xanoydagi Veterinariya klinikasida muolaja olayotgan it.
Foto: EPA

Toshkent shahridagi mashinalar harakat qilayotgan bir vaqtda yo‘lning qatnov qismini supurayotgan obodonlashtirish xodimi.
Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

AQShning Massachusets shtati Truro shahrida baliqchi kemasi qirg‘oqqa chiqib qoldi.
Foto: “TASS”

Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilayotgan “Akay City” binosi devorlarida ilingan tuman FVB ning “Is gazidan zaharlanishdan ogoh bo‘ling” so‘zlari yozilgan bannerlari.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Kuzbass aholisi “Listvyajnaya” konida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Foto: “TASS”

Toshkent shahridagi mahallalardan birida sayr qilib yurgan odamlar.
Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Sankt-Peterburgda 2-dekabrdan 3-dekabrga o‘tar kechasi havo harorati keskin sovidi.
Foto: EPA

Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shohko‘chasi bo‘ylab sayrga chiqqan ikki ayol hamda yoshi ulug‘ otaxon.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Santa Klaus liboslarini kiygan janubiy koreyalik g‘avvoslar an’anaviy suvosti shousini namoyish etdi.
Foto: EPA

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalardan birida joylashgan futbol maydonchasiga singan to‘siqlar orasidan kirib olgan maktab o‘quvchilari.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Bayrutda joylashgan Fransbank filiali oldidagi namoyishda harbiyga qarshilik ko‘rsatayotgan bank mijozi. Mijozlar Livan funti AQSh dollariga nisbatan o‘z qiymatining 90 foiziga yaqinini yo‘qotgan paytida muzlatilgan omonatlarni olishga ruxsat berishni talab qilmoqda.
Foto: EPA

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida xonadoni derazalarini artib tozalayotgan ayol.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Germaniyada Angela Merkel bilan kanslerlik lavozimidan tantanali xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Foto: EPA

Novosibirsk viloyatida snoukiting musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Foto: “TASS”

Bryusseldagi Etterbeek-Ixelles kasalxonasi shifokorlari
Foto: EPA

Rim Papasi Fransisk Nikosiyadagi GSP stadioniga kelishidan oldin suratga olayotgan ruhoniy.
Foto: Reuters

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ilk bor dunyo parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6 oyda qancha aviaparvoz amalga oshirilgani ma’lum qilindi
Dunyo
Rossiya elchixonasi AQSHni Ukrainadagi mojaroga aralashgani uchun harbiy to‘qnashuv xavfidan ogohlantirdi