O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 2-dekabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Xitoyning Chenjou shahri yaqinidagi ko‘lda suzib yurgan oqqushlar.

Foto: Getty Images

Yakkasaroy tumani Abdulla Qahhor ko‘chasidagi ko‘cha ko‘rgazmasiga qo‘yilgan retro mashina.

Foto: “Daryo” / Ziyoda Ramazonova

Snapchat Buyuk baryer rifini himoya qilish kampaniyasiga qo‘shildi. Suratda: Sidneydagi mashhur Bondi plyajidagi hovuz tubidagi Snapchat logotipi.

Foto: Getty Images

Toshkent shahar Mustaqillik ko‘chasida svetoforda to‘xtab turgan mashinalar.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

AQShning Oksford shahridagi o‘rta maktabda 15 yoshli talaba politsiyaga taslim bo‘lishidan oldin to‘rt sinfdoshini o‘ldirdi. Suratda: Voqea munosabati bilan Bridjvud cherkovidagi motam marosimi.

Foto: EPA

Buvaydada aholi bilan uchrashgan Farg‘ona viloyati hokimi Hayrullo Bozorov

Foto: Facebook / Dilmurod Jo‘raboyev

Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazida an’anaviy Rojdestvo archasini yoritish marosimi bo‘ldi.

Foto: EPA

Qarshi shahar “Gulshan” mahallasi Nasaf ko‘chasi 374-uy oldidagi bolalar maydonchasidagi chiqindilar.

Foto: Telegram

Angliyaning Uorkshir shahrida ot minish musobaqasi.

Foto: Getty Images

Yamanda ommaviy to‘y marosimi o‘tkazildi.

Foto: EPA

Tbilisida Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini qo‘llab-quvvatlash mitingi.

Foto: EPA

Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorning Mexiko shahridagi Zokalo maydonidagi nutqi translyatsiyasi.

Foto: EPA

Kobulda Germaniyadan kelgan insonparvarlik yordamining tarqatilishi.

Foto: EPA

Geytsxedda kechasi qor yog‘ganidan keyin Entoni Gormlining Shimol farishtasi haykali yaqiniga tashrif buyurgan odamlar.

Foto: Reuters

Dubai Expo 2020 ko‘rgazmasida BAAning 50-yilligi milliy bayramini nishonlash marosimida qatnashayotgan sayyohlar. Bu kunda yetti amirlik – Abu-Dabi, Dubay, Sharja, Fujayra, Ras al-Xayma, Ajman va Um al-Kuvaynning birlashishi va Britaniya protektoratidan ozod qilinganini nishonlanadi.

Foto: EPA

Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Jogyesa buddistlar ibodatxonasida kimchi tayyorlash festivali.

Foto: AFP

Birlashgan Arab Amirliklari Harbiy havo kuchlarining akrobatika jamoasi Dubai Expo 2020 ko‘rgazmasida mamlakatning mustaqillik kunida chiqish qilmoqda.

Foto: AP Photo

Sidneydagi Taronga hayvonot bog‘ida begemot farzandli bo‘ldi.

Foto: Taronga hayvonot bog‘i

Xitoyning Jiangsu shahrida politsiya mashg‘ulotlari.

Foto: EPA

Magelang shahri yaqinidagi kuchli yomg‘irdan keyin ko‘chki konchilarga tegishli yuk mashinalari bosib qoldi.

Foto: AFP