• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Bag‘dodda hammayoq tinch: “Olovuddinning sehrli chirog‘i” filmidagi bosh qahramonlar bugun qanday ko‘rinishda? (foto)

    Sovet Ittifoqining o‘z Romeo va Julettasi – “Olovuddinning sehrli chirog‘i” ertak-filmining bosh qahramonlarini o‘ynagan yosh aktyorlar o‘sha davr o‘smirlarining mehrini qozongan. Film Qrimda suratga olingan.

    Dodo Chogovadze

    Foto: “Spletnik.ru”

    Foto: “Spletnik.ru”

    Dodo 1951-yilda Tbilisida tug‘ilgan. Uning otasi gruzin, onasi rus edi. Qiz xoreografiya maktabida o‘qib yurgan kezlarda kinostudiyadan u yerga tez-tez yosh aktrisalarni topish uchun rejissorlar tashrif buyurgan. Bir kuni ular 10 yoshida “Kichkina ritsar” filmida debyut qilgan Dodoni tanib qoladi. Rejissor Stanislav Rostotskiy qizni “Zamonamiz qahramoni” filmidagi Bella roli uchun tanlab olmoqchi bo‘lgan, ammo u atigi 13 yoshda edi, shuning uchun ular rolni boshqa aktrisaga berishga majbur bo‘lgan.

    Foto: “Spletnik.ru”

    Foto: “Spletnik.ru”

    Keyinchalik Dodoni kartoteka orasidan “Olovuddinning sehrli chirog‘i” ertak filmidagi malika Budur roliga tanlashganda, onasi Dodoga yoshini biroz qo‘shib aytishni taklif qilgan. O‘sha paytda qiz 14 yoshda edi, lekin u 15 yosh deb aldaydi. Yolg‘on aynan uning tug‘ilgan kunida fosh bo‘lgan. Dodoga kosmetika vositalari, baland poshnali tuflilar sovg‘a qilingan, butun suratga olish guruhi uni 16 yoshga to‘lishi bilan tabriklagan, qiz esa yig‘lab yuborgan va qochib ketgan. Uni Sulton rolini ijro etgan aktyor Otar Koberidze izlab borganida, u to‘g‘risini aytmaganini tan olgan, bu uning bayramiga tashrif buyurgan barcha mehmonlarni hayratga solgan.

    Foto: “Spletnik.ru”

    Foto: “Spletnik.ru”

    Shuingdek, Dodo suratga olish maydonchasida birinchi muhabbatini uchratgan. O‘shanda butun mamlakat Olovuddin rolini ijro etgan aktyorga oshiq bo‘lsa-da, qiz uni emas, balki operator Kostya Zagorskiyni sevib qolgan.

    Foto: “Spletnik.ru”

    Foto: “Spletnik.ru”

    Film mamlakatda 1967-yilda chiqarilgan va katta muvaffaqiyatga erishgan. Film rejissori Boris Ritsarev va barcha aktyorlar mashhurlikka erishgan. Yosh aktrisa uchun “Kichik suv parisi” va “Aelita” filmlarining ssenariylari yoziladi, rejissor esa Boris Ritsarev bo‘lishi kerak edi. Ammo u siyosiy sabablarga ko‘ra sudga tortilgan, ma’lum muddatga qamalgan. Bir necha yil davomida yosh aktrisa ham unutilgan. Uning filmografiyasida yana bitta – “Osmonda tungi jodugarlar ” filmi bor.

    Foto: “Spletnik.ru”

    Foto: “Spletnik.ru”

    23 yoshida Dodo tbilisilik musiqachi David Shushanin bilan turmush qurgan. Ularning Nino ismli qizi bo‘lsa-da, er-xotin ajrashishga qaror qilgan. Nino Tbilisi konservatoriyasining psixologiya bo‘limini ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tamomlagan. Ular Dodo onasi va dadasi bilan Tbilisi markazidagi eski kvartirada birga yashaydi. Dodo Tbilisi teatr universitetining raqs professori. Maosh kam bo‘lgani uchun Dodo xususiy darslar, reklamalarda suratga tushish orqali qo‘shimcha pul ishlaydi.

    Boris Bistrov

    Foto: “Spletnik.ru”

    Foto: “Spletnik.ru”

    Boris 1945-yilda Moskvada tug‘ilgan. U 10 yoshga to‘lganida ota-onasi ajrashib ketgan, bola otasi bilan qolgan, chunki onasining uni olib ketadigan joyi yo‘q edi. Keyinchalik ona va o‘g‘il o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilandi.

    Foto: “Spletnik.ru”

    Foto: “Spletnik.ru”

    Boris 1966-yilda Moskva badiiy teatr maktabini tamomlagan, keyin Lenkom teatrida xizmat qilgan. 1968-yildan Yermolova nomidagi Moskva drama teatrining aktyori sifatida faoliyat yuritgan.

    Foto: “Spletnik.ru”

    Foto: “Spletnik.ru”

    Uning kinodagi birinchi roli Olovuddin edi. Mashhurlik kelishgan aktyorga yosh bo‘lishiga qaramay nasib etdi, shuning uchun u spirtli ichimliklarga ruju qo‘ydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga muxlislarni rad eta olmagani uchun ichgan, keyin muxlislar g‘oyib bo‘lgani uchun ichgan. Boris o‘sib ulg‘aydi, yetuk bo‘ldi, keksaydi, tashqi ko‘rinishida Olovuddin qiyofasidan asar ham qolmagan. Aktyor kinoda boshqa rollarni o‘ynadi, ammo tomoshabinlar faqat uni faqat Olovuddin obrazida eslaydi.

    Foto: “Spletnik.ru”

    Foto: “Spletnik.ru”

    Boris Bistrov ko‘plab filmlarga ovoz bergan. U Leonid Knitning qizi aktrisa Innaga uylangan. U “Chapayev” filmidagi Petka roli bilan mashhur. Ularning qizi Ketrin tug‘ilgach, oradan 10 yil o‘tib, nikoh buzilgan. Innaning yuragi kasal bo‘lgani uchun ham erta vafot etdi. 16 yoshgacha Ketrin otasining familiyasini oldi, keyin onasining familiyasini oldi. U ham aktrisa bo‘lib, bir qancha filmlarda rol o‘ynagan.

    Foto: “Spletnik.ru”

    Foto: “Spletnik.ru”

    Ikkinchi nikoh ham juda qisqa bo‘ldi. Uning rafiqasi Tatyana Leybel taniqli balerina va raqqosa oilasini tashlab, Kanadaga ko‘chib ketgan. Uchinchi xotini Irina Savina ham aktrisa bo‘lib, juftlik teatrda uchrashgan. Irina “Moskva—Kassiopiya” va “Koinotdagi o‘smirlar” filmlari bilan tanilgan. Ular keyinchalik o‘g‘il farzand ko‘rdi va unga Nikolay deb ism berdi.

    Foto: “Spletnik.ru”

    Foto: “Spletnik.ru”

    Sarri Kariyev

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Jin rolini ijro etgan turkmanistonlik aktyor Sarri Kariyev 1906-yilda tug‘ilgan. Ikkinchi Jahon urushi yillarida u ko‘ngillilar safida frontga ketgan. Stalingrad uchun janglarda yaralangan. U chindan ham jangovar Jin bo‘lgan. Umuman olganda, u 20 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Mavzuga doir:

    • “Qor malikasi” 55 yoshda: Filmdagi Gerda, Kay va qaroqchi qizning taqdiri qanday kechdi?
    • So‘nggi dubl: Sovet Ittifoqi va Gollivuddagi jajji aktyor va aktrisalarning karyerasi qanday yakunlandi? (foto)
    • Sovet shaxmatchisi Nona Gaprindashvili “Qirolichaning yurishi” seriali ijodkorlariga qarshi 5 million dollarlik da’vo arizasi bilan sudga murojaat qildi

    03.12.2021, 13:39   Izoh (0)   64907
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Shaxsiy hayotim haqida gapirgandan ko‘ra Oyga ko‘chib o‘tganim yaxshiroq”. O‘zini reklama qilishni yoqtirmaydigan va unutilishdan qo‘rqmaydigan aktrisa Odri Totu

    02.12.2021, 17:41

    Muhammadali Aliyev rafiqasining qistovi bilan aktyor bo‘lgani hamda onasining o‘limidan so‘ng o‘ziga kela olmayotgani haqida

    02.12.2021, 13:45

    “Kalmar o‘yini” Gotham Awards versiyasiga ko‘ra yil seriali deb topildi

    02.12.2021, 09:26

    “Qor malikasi” 55 yoshda: Filmdagi Gerda, Kay va qaroqchi qizning taqdiri qanday kechdi?

    01.12.2021, 21:38

    Bir filmda rol ijro etgan Gollivudning qarindosh aktyor va aktrisalari (foto)

    01.12.2021, 12:31

    Sevimli filmlarni tasvirga olish jarayonidan qiziqarli suratlar

    30.11.2021, 20:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirib bermoqchi bo‘lgan ichki ishlar xodimining o‘zi qamaldi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 08:36

    Patrul-post xizmati va profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi mumkin

    O‘zbekiston | 16 iyul, 08:27

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.