• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Shaxsiy hayotim haqida gapirgandan ko‘ra Oyga ko‘chib o‘tganim yaxshiroq”. O‘zini reklama qilishni yoqtirmaydigan va unutilishdan qo‘rqmaydigan aktrisa Odri Totu haqida

    2001-yilda “Ameli” filmi ekranlarda namoyish etilgach, Odri Totu dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning sevimli aktrisasiga aylandi. Asta-sekin aktrisaga taqlid qilish va uning tashqi ko‘rinishini takrorlaydiganlar soni ortib bordi. Shuningdek, odamlar bu g‘ayrioddiy aktrisa haqida imkon qadar ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishga harakat qildi. O‘sha vaqtdan boshlab Odri fransuz uslubining timsoliga aylandi. Biroq sayyoraning turli burchaklaridan muxlislar qalbini zabt etgan aktrisa go‘yoki birdan ularning ko‘z o‘ngida g‘oyib bo‘ldi. Aslida bu unchalik ham to‘g‘ri emasdi: Odri qattiq mehnat qildi, 26 ta filmda rol ijro etdi, ularning orasida “Da Vinchi kodi” va “Koko do Shanel” kartinalari ham mavjud.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Karyeraning boshlanishi

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Odri Totu 1976-yil 9-avgustda Fransiyaning kichik Bomon shahrida tug‘ilgan, bolaligi esa Monlyuson shahrida o‘tgan. Uning otasi Bernard Totu tish shifokori, onasi Evelin Totu esa Monlyuson aglomaretsiyasining vitse-prezidenti vazifasida faoliyat yuritgan. Ular qizini aktrisa Odri Xepbyorn sharafiga nomlagan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Kichkintoy Odri Eyfel minorasiga juda qiziqar edi. U minora qanchalik baland ekanligini tushunishga harakat qilardi. Totu bu masalada hatto ota-onasini aqldan ozdirganini ham aytib o‘tgan: u shahardagi barcha binolarni ko‘rsatar va “Nahotki minora haqiqatan ham bu binodan baland bo‘lsa? Shunday bo‘lsa, qancha baland?” kabi savollar berardi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ko‘ngilochar maskanlarni Odri to o‘smirlik yoshiga qadar yoqtirmadi. U ko‘proq hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilishni va odamlarga yordam berishni xohladi. Kino sanoatiga qiziqishning tug‘ilishi uni haftada bir necha marta kinoteatrga olib borgan onasi tufayli boshlandi. Shunday qilib, Odri barcha yangiliklardan xabardor bo‘lardi. Ammo o‘shanda ham u aktrisa bo‘lmoqchi emasdi, lekin uning e’tiborini film va spektakllar sahnalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsa o‘ziga tortdi: sahna, libos, dekoratsiya...

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Shuningdek, dugonasining taklifi bilan aktrisalikka qiziqib qoldi. Keyinchalik, uning bakalavr darajasini muvaffaqiyatli tugatganligi sharafiga ota-onasi unga Parijdagi nufuzli teatr maktabida 2 haftalik yozgi kursni taqdim etdi. U yerda Odriga qolish taklifi bildirildi. Bundan tashqari, Totu Parij Sorbonna universitetida adabiyot bo‘yicha tahsil oldi. Avvaliga ota-ona qizining aktrisa bo‘lishiga shubha qildi, lekin teatr maktabining o‘qituvchilari uni qobiliyatli talaba sifatida maqtadi, shundan keyin ular qizining tanlovini qo‘llab-quvvatladi.

    Ameli roli

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Film ijodkorlari tomonidan ushbu rol dastlab Vanessa Paradisga taklif qilingan, biroq u rad javobini bergan. Odri Totu rejissorning taklifiga binoan sinovdan o‘tgan va Ameli Pulen rolini ijro etish unga nasib qilgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Odri film namoyishidan keyingi erishilgan muvaffaqiyatni bo‘ronga qiyoslaydi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi hech qanaqasiga o‘zgarmagan, atrofidagilari haqida esa gapira olmaydi. Ammo odamlar unga oddiy, avvalgidek qarashni to‘xtatgan va bu Odri uchun juda g‘alati tuyulgan.

    Foto: “Film.ru”

    Foto: “Film.ru”

    Ameli obrazi Totuni butun dunyoga mashhur qildi va yangi moda yo‘nalishiga asos soldi. Premyeradan bir necha yil o‘tgan bo‘lsa ham, qizlar sartaroshdan “Ameli” komediyasidagi fransuzcha bob kare turmagini so‘raydi.

    Butun dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatga erishgandan keyingi hayot va karyera

    Odri Totu ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi, u ataylab bo‘lsa-da, har qanday oshkoralikdan qochadi. U hatto bir marotaba hayotining tafsilotlari bilan bo‘lishishdan ko‘ra Oyga ko‘chishni afzal ko‘rishini aytib o‘tgan. Aktrisaning fikricha, internetda har kim o‘z fikriga ega va u bundan xalos bo‘lishni xohlaydi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Odri internetdagi fotosuratlarning 90 foizini o‘z-o‘zini reklama qilish deb biladi, shuningdek, ularda ishtirok etishni hamda brend bo‘lishni ham xohlamaydi. Ajablanarlisi shundaki, aktrisa hattoki bir soatda hamma uni unutib qo‘yishidan ham tashvishlanmaydi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Qolaversa, aktrisa ishtirok etadigan loyihalarni diqqat bilan tanlaydi. U shunday rejissor va ssenariy bilan ishlashi kerakki, suratga olish maydonida sodir bo‘layotgan voqealar uni boyitishga xizmat qilishi lozim. Shu bilan birga, Totu bir vaqtning o‘zida bir nechta kartinada ishtirok etishni yomon ko‘radi. U ishni boshlaganida rolga to‘liq sho‘ng‘ib ketgani uchun bir filmdan ikkinchisiga o‘ta olmaydi.

    Foto: “Film.ru”

    Foto: “Film.ru”

    Odri filmning budjeti, uning ixtiyoridagi resurslar yoki filmning qanchalik mashhur bo‘lishi bilan umuman qiziqmaydi. U o‘ziga ma’qul kelgan loyihalarda ishtirok etadi va bu aktrisa tanlovining asosiy mezonidir.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    “Koko do Shanel” filmi Odri Totuga haqiqiy personajni o‘ynash imkoniyatini berdi. Bu kabi rol uning uchun birinchi tajriba edi. Aktrisa loyihaga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida Shanelning hayoti haqida ko‘p narsalarni bilib olganini ma’lum qildi. Biroq yo‘l boshida, dunyoga mashhur bo‘lishidan oldin film qahramoni – Gabrielni tushunish aktrisaga qiyin bo‘ldi. Totuni Shanel hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan qiz sifatida o‘zining moda imperiyasini yaratishga muvaffaq bo‘lgani chin dildan hayratda qoldirdi. Odri, shuningdek, Gabrielning eng ko‘p jalb qiladigan narsasi uning modaga sodiqligi emas, balki uning ruhi va shaxsiyati ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Odri Totuning aytishicha, uning imkoniyatlari va o‘ziga bo‘lgan ishonchi yetarlicha bo‘lmaydi. Suratga olish maydonida ishonchsizlikni rejissor yordamida yengadi. Shu bilan birga, u o‘z ishining natijasiga erishadi. U har doim o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani a’lo darajada uddalashiga ishonadi va agar u kamchilikka yo‘l qo‘ysa ham, o‘zini koyimaydi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Odrining so‘zlariga ko‘ra, ishonchsizlik aktrisaning odamlar u haqida qanday fikrda ekanligini bilmasligi bilan bog‘liq. Albatta, uni sevadigan va qadrlaydiganlar borligini biladi, ammo qolganlari uning uchun sir.

    Gollivud bilan aloqa

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Odri Totu Gollivudda unchalik ham mashhur emas, uni filmlarda kamdan kam hollarda ko‘rish mumkin. Buning sababi faqat bitta: aktrisa o‘z joyini Parij deb hisoblaydi. U fransuz kinosining bir qismi bo‘lishni juda yaxshi ko‘radi. Odri, shuningdek, qurbonliksiz yaxshi rol olish qiyinligini juda yaxshi biladi, ayniqsa, yosh 40 dan oshgan bo‘lsa. Ammo u bu haqda tashvishlanmaydi va okeanorti mamlakatidan taklif tushsa, chin dildan xursand bo‘ladi. Shu bilan birga, Totu rol uchun hech kimning orqasidan yugurmaydi ham.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Kinodan tashqaridagi hayot va xobbi

    Odri yiliga bir nechta loyihalarda ishtirok etadi. U ish bilan band emas, bu yondashuv bilan u hech narsa yo‘qotmaydi. Aktrisaning aytishicha, kinodan tashqarida u ma’lum rejimda hayot kechiradi va u hech qachon zerikmaydi. Aktrisa sayohat qilishni, suratga olishni, yozishni va rasm chizishni yaxshi ko‘radi. Totu uchun haqiqiy hayotdan mosuvo bo‘lmaslik juda muhim, shuning uchun u ko‘p vaqtini oilasi va do‘stlari bilan o‘tkazadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Odri maktabda o‘qib yurganida yelkanli sportni yaxshi ko‘radigan o‘qituvchisi bir marta bolalarga suzishni ko‘rsatgan edi. Shu paytdan boshlab bo‘lajak aktrisa bu kasbni sevib qolgan. Odri yaxshi dengizchi va dunyo bo‘ylab sayohat qilishni orzu qiladi. Ammo unda buni uddalay olishiga shubha bor. Aktrisa buning uchun erkak bo‘lib tug‘ilish kerak, deb hisoblaydi. Chunki u yelkanli qayiqdagi barcha ishlarni bajarish uchun yetarli jismoniy kuchga ega emas. Shuningdek, uning qayig‘i juda kichik bo‘lib, u bilan uzoq sayohatga chiqib bo‘lmaydi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    2017-yilda Monmajur abbatligida fotoko‘rgazma ochildi va Odri Totu tomoshabinlar oldida suratkash sifatida paydo bo‘ldi. Aktrisaning bolaligidan suratga olishga ishtiyoqi baland: 11 yoshidayoq uning yaxshigina kamerasi bor edi. Biroq kino olamida ishlash uning sevimli mashg‘ulotini ikkinchi darajaga tushirib qo‘ydi. Ko‘rgazmada 300 ta fotosurat namoyish etilgan bo‘lib, ularning ba’zilarida bir paytlar Odri bilan suhbatlashgan jurnalistlar tasvirlangan. Lekin kadrlarning aksariyati avtoportretlardir.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Odrining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z ishini ommaga ko‘rsatishga qaror qilgan, chunki u faqat aktrisa sifatida cheklanib qolishni istamaydi. U rol o‘ynashdan tashqari, yana nimalar qo‘lidan kelishini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

    Moda olami

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Odri Totu fransuz hashamatining ramzi hisoblanganiga qaramay, uni yirik brendlarning elchisi bo‘lishga taklif qilishadi, ammo aktrisaning o‘zi tendensiyalarga amal qilmaydi va moda jurnallarini faqat sartaroshxonada o‘tirgandagina o‘qiydi. U chiroyli ko‘ylaklarni ko‘rganda, chin dildan hayratda qoladi va hatto ularni san’at asari deb biladi. U o‘zi uchun tasvirlarni tanlashda amaliy nuqtayi nazarni inobatga oladi. Odri xarid qilishni yomon ko‘radi va faqat zarurat tug‘ilganda xarid qilishga boradi. Shu bilan birga, u tendensiyalarga e’tibor bermasdan, o‘ziga yoqadigan narsani tanlaydi.

    Aktrisa o‘zini mukammal fransuz namunasi deb hisoblamaydi, lekin u, birinchi navbatda, kiyim uslubni aks ettirishi kerakligiga e’tibor qaratadi. Shuning uchun u hech qachon stilistlar bilan ishlamaydi va barcha premyeralarga takrorlanmas obrazda tashrif buyuradi. Va agar uning qiyofasi tanqid qilinsa, Odri buni saboq sifatida qabul qiladi, chunki har qanday tirik inson xatolarga yo‘l qo‘yishi tabiiy.

    Mavzuga doir:

    • Dunyo tomoshabinlari mehrini qozongan fransuz aktrisalari (foto)
    • Avval va hozir: taniqli fransuz aktrisalari qanday ko‘rinishda?
    • Buyuk ayollar haqidagi eng yaxshi 10 film (foto)

    02.12.2021, 17:41   Izoh (0)   24060
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muhammadali Aliyev rafiqasining qistovi bilan aktyor bo‘lgani hamda onasining o‘limidan so‘ng o‘ziga kela olmayotgani haqida

    02.12.2021, 13:45

    “Kalmar o‘yini” Gotham Awards versiyasiga ko‘ra yil seriali deb topildi

    02.12.2021, 09:26

    “Qor malikasi” 55 yoshda: Filmdagi Gerda, Kay va qaroqchi qizning taqdiri qanday kechdi?

    01.12.2021, 21:38

    Bir filmda rol ijro etgan Gollivudning qarindosh aktyor va aktrisalari (foto)

    01.12.2021, 12:31

    Sevimli filmlarni tasvirga olish jarayonidan qiziqarli suratlar

    30.11.2021, 20:43

    Bollivud yulduzi — Amir Xon suratga tushishi kutilayotgan hind filmlari (foto)

    29.11.2021, 17:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirib bermoqchi bo‘lgan ichki ishlar xodimining o‘zi qamaldi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 08:36

    Patrul-post xizmati va profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi mumkin

    O‘zbekiston | 16 iyul, 08:27

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.