2021-yil Gennadiy Kazanskiyning “Qor malikasi” ertak-filmi o‘zining 55 yoshini nishonlaydi. Oradan o‘tgan yarim asr vaqt mobaynida qahramonlarining taqdiri qanday kechdi?

Foto: “Film.ru”

Sujetga ko‘ra, qish oqshomlarning birida Qor malikasi (Natalya Klimova) Gerdaning ukasi (Yelena Proklova) Kayni (Vyacheslav Tsyupa) o‘g‘irlab ketadi. Yovuz sehrgar uning yuragini muz parchasiga aylantiradi. Gerda Kayni sovuq asirlikdan qutqarish uchun uni izlaydi. Muz saroyga boradigan yo‘lda qiz ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tadi. U qal’aga ayyor qirol Erik (Yevgeniy Leonov) bilan keladi va o‘rmon qaroqchilari  (Olga Vikland) va uning qizi (Era Ziganshina) bilan uchrashadi.

Era Ziganshina – kichkina qaroqchi

Foto: “Film.ru”

“ ‘Qor malikasi’ mening kinodagi birinchi debyutim edi, – deydi Era Garafovna. – O‘sha paytda men malika rolini o‘ynagan ‘O‘n ikki oy’ televizion spektaklida birga ishlagan aktyor Nikolay Boyarskiy suratga olish boshlanishi haqida gapirib qoldi. U ‘Lenfilm’ga borishni va kichkina qaroqchi rolini sinab ko‘rishni taklif qildi va ular meni o‘sha yerda kutishlarini aytdi. Darhol kinostudiyaga yugurdim. Ammo rejissor Gennadiy Kazanskiy kayfiyatimni tushirib yubordi: ‘Katta rahmat. Biz aktrisani tasdiqladik. U allaqachon suratga tushmoqda’. Bu javob menga og‘ir zarba bo‘ldi. Yig‘lamaslikka urinib, suratga olish guruhiga minnatdorchilik bildirdim va chiqish tomon yo‘l oldim. Lekin biror narsa demasdan ketolmasdim. Eshikka yaqinlashar ekanman, birdan ortimga o‘girilib: ‘Afsus. Baribir, hech kim mendan yaxshiroq o‘ynay olmaydi’, – dedim. Albatta, ko‘chada hafsalam pir bo‘lib, xo‘rlikdan bo‘kirardim. Bir hafta o‘tgach, ‘Lenfilm’dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va meni kelishimni so‘rashdi. Ular meni bo‘sh xonaga olib bordi va kutishimni aytishdi. Bir necha daqiqadan so‘ng koridorda g‘azab va qichqiriqni eshitdim. Ma’lum bo‘lishicha, u qaroqchi rolini ijro eta olmagan aktrisa edi. Uning utidagi kostyumni menga olib kelishdi. Hali aktrisaning tafti ketmagan kostyumni kiyar ekanman, o‘zimga o‘zim shunday g‘o‘ldiradim: ‘Nimanidir noto‘g‘ri boshlayapsan...’ Natijada men rolga tasdiqlandim. Shuni tan olaman, men suratga tushishni xohlamagandim”.

“Ichimda norozilik tuyg‘usi bor edi. Darhaqiqat, o‘sha vaqtda ‘Boltiq uyi’ teatrida uchta asosiy rolim bor edi. Suratga olish maydonchasida esa hech kimga kerak emasdim. Hamma o‘z ishi bilan band. Ular matnni berishdi, uni tezda o‘rganib, o‘ynashni boshlash kerak edi. Bu meni nihoyatda g‘azablantirdi. Shundagina kino – ishlab chiqarish ekanini anglab yetdim”.

“Aytishim kerakki, ‘Qor malikasi’ filmining premyerasidan zo‘rg‘a omon qoldim. Men ekranda ajoyib ko‘rinsam kerak deb o‘ylagandim, chunki hamma meni maqtagandi. Filmda esa aksincha, men atrofga yugurib, nimadir deb qichqirayotganimni ko‘rdim xolos... Film tugagach, chiroqlar yoqilguncha zaldan bildirmay chiqa ketdim”.

Foto: Wday

“Kartinada hech narsani tuzatib bo‘lmasligi meni xafa qildi. Teatrda esa buning aksi. Har doim biror narsani qayta ko‘rib chiqish va keyingi spektaklda boshqacha o‘ynash imkoniyati borligi yaxshi. Shuning uchun, 15 yil davomida suratga tushishdan bosh tortdim. Keyin, albatta, eng yaxshi kino yillarini o‘tkazib yuborganimdan afsuslandim. Lekin asosan kichkina qaroqchiga o‘xshagan qahramonlar taklif qilinar edi. Men 40 yoshdan oshib, pulga muhtoj bo‘lganimda suratga olish maydoniga qaytdim. Darhaqiqat, 90-yillarda mamlakat og‘ir kunlarni boshidan kechirayotgan edi”.

Aktrisa hali ham filmlarda rol o‘ynaydi, uning ekstremal ishlaridan biri “Sobiq” teleserialining uchinchi mavsumidir. Uning bir qizi, ikki o‘g‘li, uchta nevarasi va bir chevarasi bor.

Natalya Klimova – Qor malikasi

Foto: “Film.ru”

Qor malikasi roli 30 yoshli aktrisaga haqiqiy shuhrat keltirdi. Hamma uning qiyofasi, o‘tkir ko‘zlari va sovuq yarim tabassumini yaxshi eslaydi. Shundan so‘ng u yana ikkita filmda o‘ynadi – Pavel Kadochnikovning “Qorqiz” va Olgerd Voronsovning “Ural tog‘lari ertaklari”. Muvaffaqiyatga qaramay, Natalyaning bu kasbdan hafsalasi pir bo‘la boshladi. U afsonaviy “Sovremennik”dagi ishdan mamnun emas edi: teatrdagi muhit unga yoqmadi. U jamoa a’zolari o‘rtasidagi sovuq munosabatlardan afsusda. Taqdir taqozosi bilan san’atkor 70-yillarda og‘ir kasallik tufayli sahnani tark etdi.

Aynan yoshlikdagi xato Natalya Klimovani birinchi navbatda aktyorlik faoliyatini tark etishga, shon-shuhratdan voz kechishga va gunohlarini yuvishga undadi. Eng qizig‘i shundaki, Natalya Klimova ijod haqida eslashni yoqtirmaydi va o‘zi suratga tushgan filmlardan deyarli nafratlanadi.

Taqdir haqiqatan ham iste’dodli aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i – ajoyib aktyor Vladimir Zamanskiyga juda ko‘p sinovlarni yubordi. Ularning hayoti kitob yozish va film suratga olishga arziydi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Natalya Ivanovnani talabalik davridanoq muammolar qiynay boshlaydi. O‘sha yillarda Vladimir Zamanskiy unga oshiq bo‘lgandi. Yoshlar uchrasha boshladi va Natalya uchinchi kursda homiladorligini bilib qoldi. U paytda Natalya 24, Vladimir esa 36 yoshda, oila qurish va farzand ko‘rishning vaqti kelgandi. Ammo u karyerasini bola tufayli to‘xtatishni xohlamadi.

Karyerasining eng yuqori cho‘qqisida u kasal bo‘lib qoldi. Tekshiruvdan so‘ng shifokorlar aktrisada sil kasalligining og‘ir shakli borligini aniqladi. Natalya Ivanovna bir necha yilni kasalxonada o‘tkazdi, murakkab operatsiyalarni boshdan kechirdi. So‘ngra teatrga ishga qaytganida, u yerda unga joy yo‘qligini, hech kim unga rol bermasligini anglab yetdi.

Keyinchalik aktrisa hayotidagi eng katta xatoga yo‘l qo‘yganini angladi, chunki u istalmagan homiladorlikdan xalos bo‘lgandi. Ammo nima uchun o‘sha vaqtda Vladimir Natalyani bu yo‘ldan qaytarmagan, degan savolga u “xudbinlik” deya javob qaytargan. Shuningdek, unda og‘riq, umidsizlik, o‘zini kechirmaslik bor. Ammo shunday bo‘ldi, o‘tmishni qaytarib, xatolarni tuzatib bo‘lmaydi.

1998-yilda er-xotin poytaxtdan 300 km uzoqlikda joylashgan Murom shahridan uy sotib oldi. Bu Natalya Ivanovnaning tashabbusi edi, u uzoq vaqtdan beri dunyo shovqinidan uzoqlashishni xohlardi. Uyni ta’mirlash uchun aktyorlar bor narsalarini sotishlari kerak edi. Yigirma yildan ko‘proq vaqt davomida ular u yerda yashab, cherkovga borib, ibodat qilib, gunohlarini kechirishini so‘raydi. Natalya Klimova hozirda 83 yoshda. U boshidan kechirgan barcha qayg‘u va sinovlarga qaramay, hali ham go‘zal. Bir paytlar bu maftunkor ayol o‘lishni xohlaganiga ishonish qiyin.

Vyacheslav Syupa – Kay

Foto: “Film.ru”

“Qor malikasi”ga 10 yoshimda, avvalgi ikki film – “Ilyich tabassumi” va “Ustalar shahri”dagi rolim tufayli kirganman, – deydi Vyacheslav Olegovich. — Rejissor yordamchilari mening ma’lumotlarimni topib, asosiy rollardan biri – Kayni taklif qildi.

Kartina ustida ishlayotganda u kinodagi opasi Gerda – Lena Proklova bilan do‘stlashdi. “Qizig‘i shundaki, biz dastlab bir xil bo‘yli edik. Yil davomida u sezilarli darajada o‘sdi. Kadrda bir xil ko‘rinish uchun men teparoqda turardim”, deydi aktyor.

“Esimda, “Qor malikasi”dagi ba’zi sahnalar ‘Lenfilm’da suratga olingan. Saroyga kuchli yorug‘lik chiroqlari yuborildi, shu sababli pavilyon nihoyatda issiq edi. Suratga olish maydonchasidagi epizodlar jiddiy sinovga aylandi, chunki men kostyum va makiyajda edim. Gerda Kayni yovuz sehrgarning qo‘lidan olib ketgan sujet Finlyandiya ko‘rfazida 20 daraja sovuqda suratga olingan. Rejalashtirilganidek, kuchli bo‘ron ko‘tarilishi kerak edi. To‘g‘ri, biz shamol bo‘lmagan vaqtga to‘g‘ri keldik. Shuning uchun uni ikkita ulkan shamol turbinasi yordamida sun’iy ravishda yaratish kerak edi. Lena va men tomon uchayotgan muzli havo oqimlari suyakkacha o‘tib ketdi. Shundan so‘ng biz avtobusga yugurardik, u yerda bizni spirtli ichimlik bilan ishqalab, choy bilan isitishardi. Ko‘p bolalar qarg‘alar Gerdaga yordamga kelgan epizodni yaxshi ko‘radi. Ekranda qushlarni haqiqiylardan ajratib bo‘lmas edi. Ular qo‘g‘irchoq teatridagidek boshqarilgan”.

Foto: Wday

“Qor malikasi”dan keyin u yana bir nechta filmlarda o‘ynadi, biroq hayotini musiqa bilan bog‘lashga qaror qildi. Dastlab u Rostovdagi musiqali komediya teatrida ikkita operetta va uchta myuziklni sahnalashtirdi. Keyin u Minskdagi teatrlarda deyarli o‘n besh yil ishladi. 90-yillarning oxirida unga Krasnoyarsk opera va balet teatrining bosh rejissori bo‘lishni taklif qilishdi, u hozirgacha o‘sha teatrda faoliyat yuritadi.

Yelena Proklova – Gerda

2021-yil 2-sentabr kuni Yelena Proklova 68 yoshni qarshi oldi, ammo bu aktrisaning pasportidagi raqami xolos. Yelena Igorevna sport bilan shug‘ullanadi, ovqatlanishni nazorat qiladi va jozibali bo‘lib qolish uchun kosmetik muolajalarni qoldirmaydi.

Foto: “Film.ru”

Bolaligidan Yelena ilm-fan va san’at olamida ulg‘aygan: onasi o‘qituvchi, otasi harbiy-siyosiy akademiyada dars bergan, bobo va buvisi esa teatrda aktyor bo‘lib xizmat qilgan. Biroq qarindoshlari qizning aktrisalikni tanlashini kutmagan. U to‘rt yoshida  gimnastika bilan shug‘ullangan va 11 yoshida u sport ustasi bo‘lgan.

Aktrisa bo‘lish orzusi Proklovaning xayolini egallab oldi va 12 yoshli qizga “Qor malikasi” filmidagi Gerda roli taklif qilindi. U o‘zini go‘yoki ertakda yashayotgandek his qildi, ammo yolg‘iz edi. “Suratga olish ishlari Leningrad va Ujgorodda bo‘lib o‘tdi, yil davomida men ota-onamni faqat ikki marta ko‘rganman.  Albatta, mening sevimli buvim Viktoriya Fransevna men bilan edi, lekin men dadam va onamni ko‘rishni xohlardim ”, — deydi aktrisa qiyinchiliklar haqida.

Aktrisa kinorejissor Vitaliy Melik-Karamov bilan oila qurgan. Ammo qizi Arinaning tug‘ilishi ham uning oilasini saqlab qololmadi. Yelenaning nikohi buzilganidan xafa bo‘lishga vaqti yo‘q edi, u bolani parvarish qilishni ota-onasiga topshirib, kinoda o‘ynashni davom ettirdi. “Mimino”, “Oxirdagi it”, “Kapitan qizi” kabi ko‘plab filmlarda rol ijro etdi. Bundan tashqari, o‘qishni tugatgach, u Moskva badiiy teatrining aktrisasi bo‘ldi.

Foto: “Gazeta Ekspress”

Keyinchalik aktrisa rollarni tanlab oladigan bo‘ldi va teatrga ko‘proq e’tibor berdi. Tomoshabinlar taniqli san’atkorning chiqishlarini zavq bilan tomosha qilib, uning nafaqat iste’dodi, balki yoshlik qiyofasi ham saqlanib qolganini ta’kidlashadi. Go‘zallikning asosiy sirlari Proklova sog‘lom turmush tarzga rioya qiladi. Shuningdek, plastik operatsiyalariga murojaat qilib, yuz shaklini o‘zgartirgan.