• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon banki Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash uchun 280 mln dollar mablag‘ ajratadi

    Jahon banki kengashi  Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash uchun ilgari muzlatib qo‘yilgan mablag‘lardan 280 million dollar ajratishga qaror qildi. Reuters xabar berishicha, mablag‘lar Birlashgan Millatlar Tashkilotining ikki agentligiga — Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) va Bolalar jamg‘armasiga (YUNISEF) beriladi, ular mamlakatda “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng yuzaga kelgan gumanitar inqirozni yengishda yordam berib kelmoqda.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Ushbu pullar agentliklarga yetib borishidan oldin, o‘tkazma Jahon banki tomonidan boshqariladigan Afg‘onistonni qayta tiklash trast fondining (ARTF) 31 ta donori tomonidan ma’qullanishi kerak. Eng yirigi AQSh bo‘lgan mazkur donorlarning yig‘ilishi 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. ARTF hisoblarida Afg‘oniston uchun mo‘ljallangan jami 1,5 milliard dollar to‘plangan.

    Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelgach, AQSh hukumati afg‘on aktivlarini, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa Afg‘oniston iqtisodiyoti va boshqaruvini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan mablag‘larni “Tolibon” qo‘liga tushib qolishidan va noto‘g‘ri maqsadda ishlatilishidan qo‘rqib, muzlatib qo‘ygandi. Rossiya, Xitoy, Pokiston va bir qator MDH davlatlari AQSh sanksiyalari og‘ir ahvolda qolgan afg‘on xalqiga gumanitar yordam yetkazilishga to‘sqinlik qilayotganini da’vo qilib, bu pullarni blokdan chiqarishga chaqirmoqda.

    “Bugun BMT ziddiyatlar va qashshoqlik hukm surayotgan mamlakatlardagi 183 million kishiga kelasi yil uchun 41 milliard dollar favqulodda yordam ko‘rsatishga chaqiruv bilan murojaat qildi. Ulardan beshtasi – Afg‘oniston, Suriya, Yaman, Efiopiya va Sudan eng ko‘p mablag‘ talab qiladi. ‘Tolibon’ hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng Afg‘onistonning uch baravarga oshgan ehtiyojini qondirish uchun 4,5 milliard dollar kerak, ehtiyojlar esa kundan-kunga oshib bormoqda”, — deya qayd etadi BMT.

    Ayni paytda Afg‘oniston iqtisodiyoti va bank tizimi to‘liq tanazzulga yuz tutish arafasida, 40 million kishilik aholi oziq-ovqat taqchilligi va tibbiy yordam yetishmasligidan aziyat chekmoqda. BMT prognoziga ko‘ra, bu qishda 23 milliondan ortiq afg‘on, jumladan, 3,2 million 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ochlikdan aziyat chekadi, ulardan bir millionga yaqini nobud bo‘lishi ham mumkin. Mamlakatda naqd pul tanqisligi sharoitida BMT agentliklari “Tolibon” hukumati tuzilmalarini chetlab o‘tib, o‘qituvchilar, shifokorlar va kambag‘al oilalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri pul tarqatishni boshlagan.

    Avvalroq Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Hasan Oxund xalqaro yordam va AQShda muzlatib qo‘yilgan 10 milliard dollarga yaqin mablag‘dan foydalanish imkoniyatini so‘ragan edi.

    Mavzuga doir:

    • Hindiston Afg‘onistonga birinchi marta Pokiston hududi orqali insonparvarlik yordami yuboradi
    • “Tolibon” AQShdan Afg‘onistonga tegishli mablag‘larni blokdan chiqarishni so‘radi

    02.12.2021, 22:31   Izoh (0)   30572
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT bosh kotibi koronavirusning “omikron” shtammi tufayli chegaralar yopilayotganini tanqid qildi

    02.12.2021, 20:56

    Eron—Afg‘oniston chegarasida toliblar xatosi tufayli to‘qnashuv sodir bo‘ldi

    02.12.2021, 15:35

    AQSh KXDR tomonidan ballistik raketalarning ishlab chiqarilishi mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishini ma’lum qildi

    02.12.2021, 13:58

    AQShda ilk bor koronavirusning “omikron” shtammi qayd etildi

    02.12.2021, 12:09

    “Qullikning bekor qilinishi hali tug‘ilmagan millionlab go‘daklarning ozodligini kafolatlaydi”. Qullik haqidagi real voqealarga asoslangan 8 ta badiiy film

    02.12.2021, 12:05

    Erdo‘g‘on lira kursining rekord darajada tushib ketishi fonida Turkiya moliya vazirini almashtirdi

    02.12.2021, 11:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dorilar arzonlashib, dorixonalar nazorati kuchaytiriladi: Farmatsevtika agentligi rahbari Abdulla Azizov bilan suhbat

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:12

    Apple va Google akkauntlaridan 16 mlrd parol internetga tarqaldi — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 17:54

    ​​Shamol yo‘nalishining o‘zgarishi sababli bir nechta samolyotlar Toshkentga qo‘na olmadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:52

    Yevropa Ittifoqi muzlatilgan rus aktivlarini Ukrainaga yordam beruvchi fondga o‘tkazadi

    Dunyo | 19 iyun, 17:50

    Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 19 iyun, 17:42

    Orlando Blum “Karib dengizi qaroqchilari” filmiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 17:40

    Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi (video)

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.