• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyaning “Listvyajniya” ko‘mir konidagi portlash qurbonlari soni 50 nafardan oshdi. Bu mamlakatda so‘nggi 10 yil ichida yuz bergan eng yirik shaxta halokati

    Rossiyaning Kemyerovo viloyati (Kuzbass) Belovo shahridagi “Listvyajnaya” konida 25-noyabr kuni yuz bergan avariya oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi. 25-noyabr oqshomida rasmiylar 52 kishi — 46 nafar konchi va 6 nafar qutqaruvchi halok bo‘lganini e’lon qildi. Ular orasida shaxtadagi yong‘indan keyin yer yuzasiga chiqmagan 35 nafar kon ishchisi bor. Voqea sodir bo‘lgan paytda konda jami 285 nafar ishchi bo‘lgan, deb yozadi Meduza.

    Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari “Listvyajnaya” koni hududida

    Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari “Listvyajnaya” koni hududida
    Foto: “TASS”

    26-noyabr kuni  Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Chupriyan shaxtada omon qolgan bir kishi topilgani haqida xabar berdi: vazir dastlab bu odam o‘lgan deb taxmin qilingan konchi ekanini aytdi, biroq keyinroq u konchilarni qidirish vaqtida g‘oyib bo‘lgan qutqaruvchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mash Siberia nashriga ko‘ra, bu odam boshqa qutqaruvchilarning oldiga o‘zi borgan, u hushida, lekin shok holatida bo‘lgan. U kasalxonaga yotqizilgan.

    Aksariyat qurbonlarning jasadlari shaxtada qolmoqda — gaz portlashi xavfi tufayli qidiruv ishlari to‘xtatilgan. Rossiya FVVning ma’lum qilishicha, yer yuzasiga chiqmagan konchilar va qutqaruvchilarning kislorod yetishmasligi, zararli gazlarning yuqori konsentratsiyasi sharoitida shaxtada omon qolmagani taxmin qilinmoqda. “Teri teshiklariga so‘rilgan uglerod oksidi kondagi ishchilar uchun juda xavfli. Hatto tayyorgarlikdan o‘tgan qutqaruvchilar ham (bunday sharoitlarda) o‘zini yomon his qiladi”, — degan Kemyerovo harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandiri Yuriy She. Odamlar is gazidan bo‘g‘ilib qolgan, deyiladi Belovskiy shahar okrugi ma’muriyatining xabarida.

    Konda yuz bergan avariya oqibatida 64 kishi, jumladan, qidiruv ishlarida ishtirok etgan 12 nafar qutqaruvchi jarohat oldi. Jabrlanganlarning aksariyati — 50 kishi kasalxonaga yotqizilgan, qolganlari ambulator davolanishga yuborilgan, deya xabar bergan viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi. Jabrlanganlarga yonuvchi mahsulotlar va is gazidan zaharlanish, bir nafar qutqaruvchiga esa bosh jarohati tashxisi qo‘yilgan. Bemorlarda, jumladan, reanimatsiyaga yotqizilganlarda ham tiklanishning ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda, deya ta’kidladi viloyat SVV vakili. 26-noyabr tongi holatiga ko‘ra, jarohatlangan uch nafar konchi va bir nafar qutqaruvchi reanimatsiyada.

    “Listvyajnaya” koni hududida bedarak yo‘qolgan konchilarning yaqinlari

    “Listvyajnaya” koni hududida bedarak yo‘qolgan konchilarning yaqinlari
    Foto: “TASS”

    Shaxtadagi avariya “metan-havo aralashmasining portlashi” tufayli yuz bergan, deya xabar bergan Kuzbass rahbari Sergey Sivilyev. “Katta ehtimol bilan metan portlagan bo‘lishi mumkin, portlash va dinamik zarba uchqun tushishi oqibatida yuz bergan. U tashqariga chiqishga ulgurmagan odamlarni karaxt qilgan”, — dedi Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori o‘rinbosari Dmitriy Demeshin. Rossiya FVV rahbari Aleksandr Chupriyan va Kuzbass gubernatori jurnalistlarga kondagi ikkinchi portlash haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar to‘g‘risida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytgan.

    Voqea sodir bo‘lgunga qadar konda metanning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasidan oshib ketishi qayd etilmagan, dedi “TASS”ning Rossiya texnik nazorat organlaridagi manbasi. “Maxsus qurilmalar buni qayd etmagan. Ehtimol, to‘satdan otilib chiqish yuz bergandir”, — dedi sodir bo‘lgan voqeaning bir nechta versiyalari ko‘rib chiqilayotganini ta’kidlagan agentlik suhbatdoshi.

    2021-yilda “Rostexnadzor” qonunbuzarliklar tufayli “Listvyajnaya” konining ayrim uchastkalari ishini to‘qqiz marta to‘xtatgan, deya ma’lum qildi muassasaning rasmiy vakili Andrey Vil. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rostexnadzor” (Atrof-muhit, texnologik va yadro nazorati federal xizmati) mutaxassislari yil boshidan buyon konning turli uchastkalarida hammasi bo‘lib 127 ta tekshiruv o‘tkazgan, 914 ta qoidabuzarliklarni aniqlagan va “Listvyajnaya”ga to‘rt million rubldan ortiq (53 ming AQSh dollaridan ziyod) jarima solgan.

    Halok bo‘lgan konchilardan birining rafiqasi jurnalistlarga avariyadan 10 kun oldin, 15-noyabr kuni shaxtada yong‘in sodir bo‘lganini bildirdi. “O‘n beshinchi noyabrda ular hushini yo‘qotmagan, shaxtadagi yong‘inni o‘zlari o‘chirishgan”, — dedi ayol. U shuningdek, turmush o‘rtog‘i kondagi metan darajasi “me’yordan ortiq” ekanligini aytgani haqida gapirgan.

    Rossiya Tergov qo‘mitasi “Rostexnadzor” xodimlariga qarshi “odamlarning o‘limiga olib kelgan ehtiyotsizlik” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Muassasaning Belovskiy hududiy boshqarmasidagi ikki bosh davlat inspektori voqea sodir bo‘lishidan bir hafta oldin, 25-noyabr kuni odamlar halok bo‘lgan joyning ventilyatsiya shtrekini tekshirgani to‘g‘risida dalolatnomalar tuzgan. Ammo ular aslida hech qanday tekshiruv o‘tkazmaganlikda gumon qilinmoqda. Tergov qo‘mitasi ularni hibsga olish uchun sudga murojaat qiladi.

    Avvalroq Tergov qo‘mitasi xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi talablarini buzish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi. Mazkur ish doirasida kon direktori, uning o‘rinbosari va uchastka boshlig‘i qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar tufayli “gaz-dinamik hodisasi yuz bergan, 4-sonli uchastkaning ventilyatsiya shtrekida tutun tarqala boshlagan, natijada shaxtada bo‘lgan ishchilar bo‘g‘ilib qolgan”. Tergov qo‘mitasi qo‘lga olinganlarni qamashni so‘ramoqda.

    Kon egasi halok bo‘lganlarning oilalariga ikki million rubldan (26 ming dollar) to‘lashga va’da berdi. “SDS-Ugol” kompaniyasi qurbonlarning oila a’zolari bu pullarni qonunda belgilangan to‘lovlarga qo‘shimcha ravishda olishini ma’lum qildi. Kompaniya, shuningdek, har bir jabrlanuvchiga qo‘shimcha to‘lovlar yuborishga qaror qildi, “lekin uning miqdori har bir shaxsning jarohati darajasiga qarab belgilanadi”. Ijtimoiy sug‘urta fondi konda halok bo‘lganlarning yaqinlariga “imkon qadar tezroq” har biriga bir million rubldan (13 ming dollar) to‘lashini ma’lum qildi. Mintaqaviy hokimiyat jabrlangan konchilar va kon qutqaruvchilarga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishni va’da qilmoqda (to‘lovlar miqdoriga aniqlik kiritilmagan). Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kuzbassdagi konda ishlagan olti nafar qutqaruvchini “Jasorat” ordeni bilan taqdirlash haqidagi farmonni imzoladi: ulardan besh nafari vafot etgan.

    “Listvyajnaya”dagi portlash so‘nggi 11 yil ichida Rossiya konlarida sodir bo‘lgan eng yirik avariya bo‘ldi — 2010-yilda “Raspadskaya” konida 91 kishi halok bo‘lgandi. “Listvyajnaya” konida bundan avvalgi yirik avariya 2004-yil 28-oktabrda sodir bo‘lgan, o‘shanda metan portlashi natijasida 13 kishi halok bo‘lgan. Shundan so‘ng korxonaning 9 nafar xodimi shartli jazoga hukm qilingan.

    Shavkat Mirziyoyev “Listvyajnaya” konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Vladimir Putinga ta’ziya yo‘llagan.

    26.11.2021, 19:06   Izoh (0)   14347
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda kuchli qor bo‘ronlari kuzatildi. Ba’zi shaharlarda maktab va bog‘chalar vaqtincha yopilgan (foto, video)

    26.11.2021, 16:51

    Xitoy Mudofaa vazirligi xorij maxsus xizmatlari faollashganini ma’lum qildi

    26.11.2021, 16:06

    “Qora juma”: Amazon xodimlari 20 ta mamlakatda norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda

    26.11.2021, 15:38

    Qirg‘izistonda deputatlar va sobiq amaldorlar ishtirokidagi davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

    26.11.2021, 14:26

    Polshadagi migrantlar markazida tartibsizlik sodir bo‘ldi

    26.11.2021, 12:31

    Belarusda Iroqqa qaytishni istamagan muhojirlar miting uyushtirib, ularni Yevropa Ittifoqiga kiritishni talab qildi (video)

    26.11.2021, 07:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.