• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyada QBF moliyaviy piramidasi omonatchilarni millionlab dollarga chuv tushirdi. Jabrlanganlar orasida generallar, vazirlar va taniqli balerina Anastasiya Volochkova bor

    Rossiyalik balerina Anastasiya Volochkova QBF yirik moliyaviy piramidasi ishtirokchilari uni 1,7 million rublga (taxminan, 23 ming AQSh dollari) chuv tushirgani haqida ariza bilan Moskva politsiyasiga murojaat qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

    Foto: “NIA.ru”

    Foto: “NIA.ru”

    Volochkovaning “Kommersant” nashri vakiliga aytishicha, 2020-yil iyun oyida QBF vakili u bilan bog‘lanib, yiliga 10 foiz stavka evaziga kompaniyaga uch million rubl (taxminan, 41 ming dollar) investitsiya kiritishni taklif qilgan. Baza’ning yozishicha, QBF vakili Volochkovaga uning telefon raqamini “Rossiyadagi eng muvaffaqiyatli odamlarning ma’lumotlar bazasidan” topganini aytgan.

    Balerina kompaniyaga bir yil muddatga ikki million rubl (25 ming dollar), keyin uch oy muddatga yana bir million rubl (13 ming dollar) sarmoya kiritgan. QBF vakillari unga bir million va depozitning foizini —150 ming rublni (2 ming dollar) qaytarib bergan. 2021-yilning avgust oyida u qolgan ikki million rublni qaytarib berishlarini kuta boshlagan, ammo bunday bo‘lmadi. Oxir-oqibat Volochkova QBF bosh direktori Stanislav Matyuxin orqali yana 500 ming rubl (6 ming dollar) qaytarilishiga erishdi.

    “TASS”ning huquq-tartibot idoralaridagi manbasi Volochkova moddiy zarar 1,7 million rublga baholaganini aytgan, biroq bu summaning ichiga qanday boyliklar kirishini ochiqlamagan. Agentlik suhbatdoshining qo‘shimcha qilishicha, politsiya Volochkovaning arizasiga ko‘ra tekshiruv o‘tkazmoqda.

    Aprel oyidan buyon QBF xodimlariga nisbatan katta miqdordagi firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish tergovi olib borilmoqda. May oyida politsiya ishni tekshirgandan so‘ng, investitsion tuzilma amalda o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, omonatchilardan jami besh-yetti milliard rubl o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin.

    Mazkur ish bo‘yicha jabrlanuvchilar rasman 500 kishi, ammo tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra ular bundan ikki barobar ko‘p bo‘lishi mumkin. “Kommersant” QBF’ga sarmoya kiritganlar orasida “bir necha o‘nlab VIP-shaxs”lar, jumladan, ruhoniylar, generallar, vazirlar, turli tuzilmalarning direktorlari borligini xabar qilgan. Ularning ayrimlari mazkur ishda jabrlanuvchi maqomidan voz kechgan ya’ni pullariga da’vo qilmoqchi emas.

    Tergov piramida sxemasi tashkilotchisi QBF moliyaviy guruhi benefitsiari — sirtdan hibsga olingan va xalqaro qidiruvga berilgan 33 yoshli Roman Shpakov ekanligini ma’lum qilgan. “Kommersant”ning yozishicha, u kompaniya ustidan tergovga birinchi shikoyatlar tushishi bilanoq mamlakatdan chiqib ketgan va hozir Birlashgan Arab Amirliklarida. Rossiyada tergovchilar QBF’ning uch xodimini hibsga olgan.

    Sud qaroriga ko‘ra QBF’ga aloqador Mercedes va Porsche avtomobillari, poytaxt va Moskva viloyatidagi ko‘chmas mulklar, jumladan, Zelenograddagi savdo markazi, QBF bilan bog‘liq tashkilotlarga tegishli bo‘lgan bir nechta yopiq investitsiya fondlaridagi ulushlar xatlovga qo‘yildi. Xatlov ostiga bir milliard rubllik (13 million dollar) mol-mulk tushgan.

    Mavzuga doir:

    • Rossiyada sobiq bankir qamoqda turib moliyaviy piramida tuzgan va 6 mlrd rubl o‘g‘irlagan
    • Moliyaviy piramida asoschisi, 150 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Berni Meydoff qamoqxonada vafot etdi

    19.11.2021, 20:26   Izoh (0)   16018
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avstriyada butun mamlakat bo‘ylab lokdaun e’lon qilindi. Hukumat majburiy vaksinatsiyani rejalashtirmoqda

    19.11.2021, 19:56

    Saakashvili Gori shahridagi harbiy gospitalga o‘tkaziladi

    19.11.2021, 19:25

    Eron AQShning Tehronga qarshi kiritgan yangi sanksiyalarini qoraladi

    19.11.2021, 18:40

    Braziliyada o‘rmonlarning kesilishi 15 yil ichida rekord darajaga yetdi

    19.11.2021, 17:23

    Berdimuhamedov Axal viloyatida ikkinchi to‘qimachilik majmuasini ochib berdi (foto)

    19.11.2021, 16:51

    “Oltin jilosiga ishondim, lekin quyosh o‘qidan o‘ldim”. Lermontov, Gumilyov, Brodskiy kabi shoirlar o‘z o‘limini avvaldan sezganmi?

    19.11.2021, 15:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.