• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    APLda “Liverpul” — “Arsenal” to‘qnashuvi, La Ligada debyut qiladigan Xavi, A Seriyada Shomurodov Shevchenko qo‘l ostidagi sobiq jamoasiga qarshi. Uikendning markaziy o‘yinlari

    Yakunlanayotgan haftada Yevropaning top-5 chempionatlarida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi bilan tanishing.

    APL. “Liverpul” “Arsenal”ga qarshi, Brendan Rojers “tulkilar”i “Chelsi”ni qabul qiladi, “Manchester Yunayted” Uotfordga safar qiladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Liverpul” — “Arsenal”, 20-noyabr, 22:30

    2021/22-yilgi mavsumni Yurgen Klopp shogirdlari ideal tarzda boshlay olmadi. Ortda qolgan 11 turdan so‘ng mersisaydliklar 22 ochko to‘play oldi. “Liverpul” hisobida 6 ta g‘alaba, 4 ta durang va bitta mag‘lubiyat mavjud. Chempionlar Ligasida esa 4 ta o‘yinda 4 ta g‘alaba va pley-off yo‘llanmasi hal qilindi. O‘tgan turda “Liverpul” kutilmaganda “Vest Hem”ga (2:3) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

    O‘tgan mavsumda “Arsenal” 8-o‘rinni egallagan holda Yevrokuboklardan quruq qolgandi. Mikel Arteta shogirdlari joriy mavsumni ham ko‘ngildagidek boshlamadi. “Brentford” (0:2), “Chelsi” (0:2) jamoalariga ketma-ket o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi. Artetaning iste’fosi kutilayotgandi. Ammo rahbariyat murabbiyga ishonch bildirdi. Natijada, “Manchester Siti”ga uchralgan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 10 ta o‘yindan buyon yutqazmay kelmoqda. Hozirda londonliklar 20 ochko bilan beshinchi o‘ringa joylashgan.

    Qolgan uchrashuvlar:

    20-noyabr, shanba

    “Lester” — “Chelsi”, 17:30

    “Aston Villa” — “Brayton”, 20:00

    “Byornli” — “Kristal Pelas”, 20:00

    “Nyukasl” — “Brentford”, 20:00

    “Norvich” — “Sauthempton”, 20:00

    “Uotford” — “Manchester Yunayted”, 20:00

    “Vulverhempton” — “Vest Hem”, 20:00

    21-noyabr, yakshanba

    “Manchester Siti” — “Everton”, 19:00

    “Tottenhem” — “Lids”, 21:30

    La Liga. Xavining “Barselona”dagi debyut o‘yini Kataloniya derbisiga to‘g‘ri keldi, “Real” “Granada” mehmoni bo‘ladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Barselona” — “Espanyol”, 20-noyabr, 01:00

    Kataloniya derbisi Xavi uchun “Barselona” bosh murabbiyligidagi ilk o‘yin bo‘ladi. Ispaniyalik mutaxassis Dani Alvesni ham ortga qaytardi. Lekin braziliyalik himoyachi yanvar oyidan maydonga tushish huquqiga ega bo‘ladi.

    “Barselona” oktabr oyida La Ligada “Real” (1:2) va “Rayo Valyekano”ga (0:1) imkoniyatni boy berdi hamda “Alaves” (1:1) bilan durang natija qayd etdi. Chempionlar Ligasida esa Kiyevning “Dinamo”sini 1:0 hisobida taslim etdi. So‘nggi turda “Selta” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Ortda qolgan 12 turdan so‘ng katalonlar 17 ochko bilan 9-o‘rindan joy olgan.

    Visente Moreno shogirdlari mavsumni nisbatan barqaror boshladi: “Espanyol” La Ligadagi dastlabki 6 turning 5 tasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etdi (3 ta g‘alaba, 2 ta durang). Oktabr oyining so‘ngida esa “Elche” (2:2) va “Atletik” (1:1) bilan durang o‘ynadi. Oxirgi o‘yinlarda esa “Xetafe”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi, “Granada”ni 2:0 hisobida taslim etdi.  “Espanyol” La Ligada 17 ochko bilan 11-o‘rindan joy olgan.

    Qolgan uchrashuvlar:

    19-noyabr, juma

    “Levante” — “Atletik”, 01:00

    20-noyabr, shanba

    “Selta” — “Vilyarreal”, 18:00

    “Sevilya” — “Deportivo”, 20:15

    “Atletiko” — “Osasuna”, 22:30

    21-noyabr, yakshanba

    “Xetafe” — “Kadis”, 18:00

    “Granada” — “Real”, 20:15

    “Elche” — “Betis”, 22:30

    “Real Sosyedad” — “Valensiya”, 01:00

    22-noyabr, dushanba

    “Rayo Valyekano” — “Malyorka”, 01:00

    A Seriya. Eldor Shomurodov Shevchenko qo‘l ostiga o‘tgan sobiq jamoasiga qarshi, “Inter” yetakchini qabul qiladi, “Yuventus” esa Rimda mehmon

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Inter” — “Napoli”, 21-noyabr, 22:00

    “Nerazzurilar” musobaqa jadvalida 25 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Milanliklar 1-o‘rindan 7 ochko ortda qolmoqda. “Inter” o‘z maydonida 5 o‘yinda 11 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.

    Gabriel Brazao va Kristian Eriksenning ushbu uchrashuvda maydonga tushmasligi aniq. Edin Jeko, Alessandro Bastoni, Stefan de Vrey va Arturo Vidalning esa o‘ynashi so‘roq ostida.

    “Napoli” musobaqa yetakchilaridan biri. Neapolliklar “Milan” bilan bir xil 32 ochko jamg‘arib 1 va 2-o‘rinlarni bo‘lishib olgan. Luchano Spaletti shogirdlari mavsum boshidan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. “Napoli” mehmondagi uchrashuvlarda 16 ochko jamg‘argan. Bu musobaqadagi eng yaxshi natija.

    Kostas Manolas va Kevin Malkyui “Inter”ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Neapolliklar uchun bu jiddiy yo‘qotish emas.

    “Jenoa” — “Roma”, 21-noyabr, 00:45

    Andrey Shevchenko “Jenoa” bosh murabbiyligidagi ilk o‘yinini Joze Mourinyoning “Roma”siga qarshi o‘tkazadi. Genuyaliklar mavsumdagi oxirgi g‘alabasini 12-sentabr kuni “Kalyari”ga qarshi o‘yinda (3:2) qo‘lga kiritgan edi. Shundan buyon ketma-ket 9 o‘yinda g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Rahbariyat ukrainalik sobiq futbolchi Andrey Shevchenkoni jamoaga olib keldi. Shevchenkoning oldida “Jenoa”ni quyi ligaga tushib ketishdan saqlash vazifasi turibdi. “Jenoa” 12 turdan so‘ng 9 ochko bilan 17-o‘rindan joy olgan.

    Joze Mourinyo shogirdlari esa 19 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. “Roma”ning ham ishlari oxirgi paytlar ko‘ngildagidek kechmayapti. Rimliklar oxirgi 3 ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Eldor Shomurodov o‘tgan turda golsiz seriyasiga barham bergandi, biroq uning gol va golli uzatmasi rimliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

    Rahbariyat Joze Mourinyoga imkoniyat berish tarafdori. Portugaliyalik mutaxassis Rimliklar bilan uzoq yillik loyihani amalga oshirish niyatida. Biroq so‘nggi natijalardan keyin “Roma” muxlislarining sabr kosasi to‘lib bormoqda.

    Qolgan uchrashuvlar:

    20-noyabr, shanba

    “Atalanta” — “Spetsiya”, 19:00

    “Latsio” — “Yuventus”, 22:00

    “Fiorentina” — “Milan”, 00:45

    21-noyabr, yakshanba

    “Sassuolo” — “Kalyari”, 16:30

    “Bolonya” — “Venetsiya”, 19:00

    “Salernitana” — “Sampdoriya”, 19:00

    22-noyabr, dushanba

    “Verona” — “Empoli”, 22:30

    “Torino” — “Udineze”, 00:45

    Bundesliga. “Bavariya” “Augsburg” mehmoni bo‘ladi, “Borussiya D” esa “Shtutgart”ga qarshi bahs olib boradi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Augsburg” — “Bavariya”, 19-noyabr, 00:30

    “Augsburg” Bundesligada 16-o‘rinda bormoqda. 11 turdan so‘ng jamoa hisobida 9 ochko mavjud. 10-turda “Augsburg” 4 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi (3 ta mag‘lubiyat va bitta durang): o‘z uyida “Shtutgart”ni 4:1 hisobida yengdi. So‘nggi turda esa mehmonda “Volfsburg”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu “Augsburg”ning mehmondagi ilk mag‘lubiyati edi.

    Bundesligada Yulian Nagelsmann shogirdlarining ishlari yomon ketmayapti: myunxenliklar 28 ochko bilan musobaqa yetakchisi bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi “Borussiya D”dan 4 ochko oldinda.

    “Bavariya” Germaniya Kubogida “Borussiya M”ga uchralgan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat alamini “Union Berlin”dan (5:2) oldi. Avvalgi turda myunxenliklar “Frayburg” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Chempionlar Ligasida esa “Bavariya” 12 ochko jamg‘arib, E guruhi yetakchisi bo‘lib turibdi.

    Qolgan uchrashuvlar:

    20-noyabr, shanba

    “Arminiya” — “Volfsburg”, 19:30

    “Hoffenhaym” — “Leypsig”, 19:30

    “Borussiya M” — “Groyter”, 19:30

    “Bayer” — “Boxum”, 19:30

    “Borussiya D” — “Shtutgart”, 19:30

    “Union Berlin” — “Herta”, 22:30

    21-noyabr, yakshanba

    “Frayburg” — “Ayntraxt”, 19:30

    “Mayns” — “Kyoln”, 21:30

    Liga 1. “Lion” va “Marsel” o‘rtasidagi klassik to‘qnashuv, “PSJ” o‘n ochkolik farqni saqlab qoladimi?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “PSJ” — “Nant”, 20-noyabr, 21:00

    Parijliklar o‘n ochkolik farq bilan Liga 1 da yetakchilik qilmoqda. “PSJ” 13 turdan so‘ng 34 ochko jamg‘argan bo‘lsa, ikkinchi o‘rindagi “Lens” 24 ochko to‘plagan. Pochettino jamoasi mavsumni juda yaxshi boshladi: ketma-ket 8 turda g‘alaba qozondi. Hozirda Fransiya chempionatida intriga ozroq yo‘qolgan.

    “Nant” 18 ochko bilan 10-o‘rindan joy olgan. “Kanareykalar” musobaqada 5 ta g‘alaba, 5 ta mag‘lubiyat va 3 ta durang natija qayd etgan. “Nant” Fransiya chempionatida mehmondagi 6 o‘yinning faqat bittasida g‘alaba qozonishni uddalagan.

    Qolgan uchrashuvlar:

    19-noyabr, juma

    “Monako” — “Lill”, 01:00

    20-noyabr, shanba

    “Reyms” — “Monpelye”, 01:00

    21-noyabr, yakshanba

    “Brest” — “Lens”, 17:00

    “Anjer” — “Loryan”, 19:00

    “Mets” — “Bordo”, 19:00

    “Strasbur” — “Reyms”, 19:00

    “Trua” — “Sent-Etyen”, 19:00

    “Klermon” — “Nitssa”, 21:00

    “Lion” — “Marsel”, 00:45

    19.11.2021, 17:39   Izoh (0)   24640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Murodjon Ahmadaliyev 20-noyabr tongida kamarlari himoyasi uchun jang qiladi. “Kaka” bu yo‘lni qanday bosib o‘tdi?

    19.11.2021, 08:01

    “Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendiga 7 ta jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblov qo‘yildi. U umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

    18.11.2021, 22:12

    Belarus terma jamoasi sobiq futbolchisi Denis Kovba 42 yoshida koronavirusdan vafot etdi

    18.11.2021, 21:02

    O‘zbekiston futzal terma jamoasi dekabrda Qozog‘istonga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

    18.11.2021, 17:45

    “Manchester Yunayted”ga rad javobini bergan Zidan, og‘ir vazn chempionligi uchun jang qiladigan Kanelo va Ronalduni ortda qoldirgan Depay. Eng so‘nggi sport yangil...

    18.11.2021, 07:38

    “PSJ” futbolchisi noma’lum kimsalar tomonidan kaltaklandi. Bu ishga Erik Abidal aloqador bo‘lishi mumkin

    17.11.2021, 21:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.