• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “PSJ” futbolchisi noma’lum kimsalar tomonidan kaltaklandi. Bu ishga Erik Abidal aloqador bo‘lishi mumkin

    “PSJ” ayollar jamoasida yuzaga kelgan vaziyat keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Gap shundaki, jamoa a’zolaridan biri noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangan. Avvaliga buni uyushtirishda sportchining yaqin do‘sti tarkibdagi raqobat sabab qilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi. Hozirda esa bu ishga “Barselona” sobiq himoyachisi Erik Abidalning aloqasi borligi aytilmoqda. Quyida ikki haftadan beri futbol ommasining diqqat markazida turgan voqea tafsilotlari taqdim etiladi.

    Xeyra Hamrovi

    Xeyra Hamrovi
    Foto: “PSJ”

    4-noyabr kuni Parij jamoasi futbolchilaridan biriga hujum uyushtirildi: niqob taqqan ikki erkak yarim himoyachi Xeyra Hamrovining mashinasiga hujum qilgan, sportchini tashqariga olib chiqib, armatura bilan oyoq qismiga zarba bergan. Jinoyatchilar Hamrovi bilan mashinada birga ketayotgan jamoadoshi Aminata Dialloni esa shunchaki qo‘rqitish bilan cheklangan.

    Futbolchilarning buyumlari o‘g‘irlanmagan, guvohlarning aytishicha, ularning asosiy nishoni Xeyraning oyoqlari bo‘lgan. Hamrovi shifoxonaga yotqiziladi va jarohati sabab Chempionlar Ligasidagi “Real”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

    10-noyabr kuni mashinada Xeyra bilan birga ketgan Diallo gumondor sifatida hibsga olindi. Qizlar “PSJ” safida bir pozitsiyada o‘ynaydi — “Real”ga qarshi o‘yinda Hamrovi o‘rniga aynan Diallo maydonga tushadi. Asosiy tarkibdagi o‘rin uchun raqobat futbolchi qizlar o‘rtasidagi mojaroning sababi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi. Hamrovining o‘zi politsiyaning bu versiyasidan hayratga tushadi. Chunki ikki ayol doim birga yurgan, qadrdon do‘st bo‘lgan.

    Aminata Diallo

    Aminata Diallo
    Foto: “PSJ”

    Diallo hibsga olingach, “PSJ” voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi: “Aminata Diallo ‘PSJ’ futbolchisiga hujum uyushtirgani uchun hibsga olinganini klub tasdiqlaydi. Rahbariyat ayollar jamoasining xavfsizligi va salomatligi uchun barcha zarur choralarni ko‘radi. ‘PSJ’ faktlarni aniqlash uchun politsiya bilan hamkorlik qiladi. Voqealar rivojini kuzatamiz va kerakli choralarni ko‘ramiz”.

    L’Equipe nashri Hamrovi tergov jarayonida “hech kimning asosiy tarkibdagi o‘rnini olib qo‘ymagani” va “Parij klubiga endigina kelgani kimdadir hasad uyg‘otgan bo‘lishi mumkinligi” haqida gapirgan. “PSJ”ga qadar Xeyra bir necha yil “Barselona”da muvaffaqiyatli o‘ynagan va 2021-yilning yozida Parij jamoasiga kelib qo‘shilgandi.

    Politsiya hujum Hamrovi va u bilan don olishib yurgan erkak sababli yuzaga kelgan, degan versiyani ham ilgari surgan. Hamrovi va Dialloning guvohlik berishicha, jinoyatchilar uylangan erkak haqida nimalardir degan.

    Shu vaqtda yana bir ma’lumot paydo bo‘ldi: o‘zini Xeyraning sobiq yigiti deb tanishtirgan noma’lum erkak qizning 4 nafar jamoadoshiga qo‘ng‘iroq qilib, hayoti barbod bo‘lgani va Hamrovidan qasos olmoqchi ekanini aytgan. Bir necha futbolchi hujumdan ikki-uch kun avval ularning mashinalari ta’qib qilingani haqida xabar berdi.

    Taxminan bir vaqtning o‘zida OAVda Erik Abidal ismi paydo bo‘ldi. Avvaliga Abidal ham voqeaga aloqador bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi. Keyinroq Le Monde nashri Hamrovining telefonidagi SIM karta Abidalning nomiga olinganini aniqladi. Xeyra politsiyachilarga SIM kartani sobiq yigiti berganini aytgan.

    “PSJ” futbolchilari politsiyaga Hamrovi Erik bilan hujumdan keyin bog‘langan bo‘lishi mumkinligi haqida aytgan. Ularning qayd etishicha, qiz Abidaldan rafiqasi bu ishga qanchalik aloqador ekani haqida so‘ragan. Xeyra “Barselona”da o‘ynab yurgan vaqtida (2018–2021-yillar) Abidal bilan tanishgan bo‘lishi mumkin. Ma’lumot uchun, Erik Abidal 2018-yildan 2020-yilga qadar kataloniyaliklarning sport direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

    Abidal ham tergovga jalb etilishini prokuror tasdiqladi. Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisining rafiqasi Hayot ham so‘roqqa tutilishi mumkinligi inkor etilmadi.

    Foto: Getty Images

    “Agar prokuror Abidalni chaqirsa, u muammosiz yetib boradi va barcha savollarga javob beradi. To‘g‘risi, mijozim bu ishga qanday aloqasi borligini hanuzgacha tushunganicha yo‘q”, — deydi Erik Abidalning advokati.

    Hayot Abidal allaqachon aloqaga chiqqan va barcha savollarga javob berishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Abidal xonim bu ishga umuman aloqador emas. Erik va Hayot 2003-yilda turmush qurgan, juftlikning besh nafar farzandi bor.

    Hamrovi hech qachon turmush qurgan erkak bilan munosabatda bo‘lmagani haqida politsiyaga ma’lum qilgan. Shuningdek, u OAVda chiqish qilib, tergov vaqtida o‘zining shaxsiy hayotiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini iltimos qilgan.

    17.11.2021, 21:33   Izoh (0)   21258
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston terma jamoasining yana bir futbolchisi Italiyada operatsiya qilinadi, Inyestaning raqamini olgan Alves va texnik mag‘lubiyat arafasida turgan Braziliya...

    17.11.2021, 08:46

    JCh—2022 yo‘lida. Argentina o‘z maydonida Braziliya bilan durang o‘ynadi, Urugvay yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

    17.11.2021, 07:36

    Niderlandiya so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga JCh—2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, Fransiyada ham g‘alaba. Belgiya ochko yo‘qotdi

    17.11.2021, 07:16

    Omadsiz daho. Oltita finalni boy bergan va bitta mag‘lubiyat sabab O‘zbekiston terma jamoasidan quvilgan Ektor Kuper haqida

    16.11.2021, 23:46

    Samarqandda tug‘ilgan MMA jangchisi Guamda shifokorning o‘limida ayblanib, hibsga olindi. Sportchi aybiga iqror bo‘lgan

    16.11.2021, 17:48

    JCh—2022 yo‘lida. Angliya 10 ta gol urib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, Italiya va Polsha o‘tish bahslarida ishtirok etadi

    16.11.2021, 07:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.