18-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi o‘zgardi — shu vaqtgacha ushbu hududga rahbarlik qilgan Zoir Mirzayev Toshkent viloyatiga o‘tkazilgani munosabati bilan uning o‘rniga Davlat bojxona qo‘mitasi sobiq raisi Murodjon Azimov Qashqadaryo hokimi bo‘ldi. Azimov viloyat tarixidagi 9-hokimga aylandi.
Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyatiga 2 yil 23 kun hokimlik qildi. U bu borada Nuriddin Zayniyev (salkam 9 yil), Zafar Ro‘ziyev (6 yil 29 kun), Temir Xidirov (salkam 4 yil), Ozod Parmonov (2,5 yildan ziyod), Baxtiyor Hamidov (salkam 2,5 yil), Shuhrat Begmatov (2 yil 1 oy 25 kun)dan so‘ng yettinchi bo‘ldi.Mavzuga doir
×
Izoh (0)