Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yil 17-noyabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000–68 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000–80 000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) — 3000–7000 so‘m;
- piyoz (1 kilogramm) — 1200–4000 so‘m;
- sabzi (1 kilogramm) — 1000–5500 so‘m;
- tuxum (10 dona) — 7000–15 000 so‘m;
- guruch (1 kilogramm) — 5000–17 500 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000–24000 so‘m;
- shakar (1 kilogramm) — 7500–10500 so‘m.
Izoh (0)