Davron Hidoyatov Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Davron Hidoyatov Prezidentning 30-yanvardagi farmoni bilan lavozimidan ozod etilgan Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovning o‘rniga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Davron Hidoyatov o‘rniga Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib Qashqadaryoning sobiq hokimi Zoir Mirzayev tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Chirchiq shahri hokimi Sanjar Yusupov lavozimga 2020-yil 21-fevral kuni tayinlangan edi.
Izoh (0)