Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2021-yil yanvaridan beri birinchi marta viloyat darajasidagi hokim almashdi — Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov sog‘lig‘i tufayli o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga 1972-yil Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tug‘ilgan, ko‘p yillar Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan, joriy tayinlovga qadar Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Normat Tursunov viloyat tarixidagi yettinchi hokim bo‘ldi. Navoiyga oxirgi besh yil davomida rahbarlik qilgan Qobul Tursunov esa hokim lavozimida uzoq ishlash bo‘yicha viloyat tarixida uchinchi bo‘ldi. Hozirgi vaqtda Samarqand viloyatiga hokimlik qilayotgan Erkinjon Turdimov bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi — u Navoiy viloyatiga 8 yil hokimlik qilgan.

Illyustratsiya: “Daryo”

Illyustratsiya: “Daryo”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...