• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Muhabbat Hamroyevani yig‘latgan, Tolibjon Isroilovni o‘zidan uyaltirgan, Umida Mirhamidovani azoblagan Aziza Niyozmetova xotirasi (video)

    Aziza Niyozmetova 2018-yil, 46 yoshida og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi. Xonandaning so‘nggi kunlarida u bilan birga bo‘lgan hamkasblari, uning o‘g‘li Mirazizning nikoh oqshomida ham bosh bo‘lishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aziza Niyozmetovaning eng yaqin hamkasblari “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga xonanda bilan unutilmas xotiralarni gapirib berishdi.

    “Yaqinlarimdan kutmagan narsamni Azizadan olganman”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Azizaning o‘g‘li Mirazizning to‘yidan bir kun avval bir narsalar qoraladim, yig‘ladim. Rahmatli onajonimning Buxoroda yubileylari bo‘lganida Aziza 650 km yo‘l bosib borgan, singlimning to‘yida xizmatlarini qilgan. Buni qarangki, onajonim vafot etganida ham to‘ylarini bekor qilib, uch kun yonimda o‘tirgan. Mana shunday do‘st uchun endi jon fido. Bugun mehr oqibatning, inson o‘tganidan keyin uning qay darajada yo‘g‘ida ham hurmat qilish kerakligi isbotlanadigan kun.

    Aziza hammaga yaxshilik qilgan, qaysidir viloyatda hech kim aytmagan bo‘lsa-da, hamkasblarining onasining yubileyi bo‘lishini eshitgan bo‘lsa, hamma ishini tashlab, tabriklagani borgan. Aziza juda ko‘plab insonlarning boshini qovushtirardi.

    Kichik o‘g‘limning mazasi bo‘lmay, boshimga og‘ir kunlar tushgan paytda yolg‘izlanib qolgan edim. O‘shanda mana shu qiz ikki yarim yil yonimda bo‘lgan.

    Opa men borman, hali hammasi yaxshi bo‘ladi ishoning, haqiqatning borligiga ishoning derdi. Ishonasizmi yoki yo‘qmi yaqinlarimdan kutmagan narsamni Azizadan olganman. Shuning uchun uning odamgarchiligi oldida, mehr-oqibati oldida, ayol sifatida hamisha ta’zimda bo‘lganman.

    Aziza Niyozmetova desa kimlardir boshqacha talqin qilar, boshqa qilar, lekin menga u gaplarning, umuman, ahamiyati yo‘q. Men bilgan Aziza hamisha haq Aziza bo‘lgan, hamisha mard Aziza bo‘lgan, hamisha ayol Aziza bo‘lgan. Yerda ayol nomi bilan yuradigan insonlar ko‘p. Lekin chinakam ayollik maqomiga egalar kam. Bular farishta nomi bilan yerda yurishadi va farishtalar qilgan ishni qilishga bular loyiq bo‘lishadi. Ular qanday insonlar? Ular inson bilsa-bilmasa yaxshilik qiladiganlar. Shunday insonlar borki, ular “hozir yaxshilik qilsam qaytarmikin”, deydi. Ko‘ryapsizmi mana bunday do‘stlar bor. Lekin, Azizada mana shunday mardlik, jasorat bor edi.

    Muhabbat Hamroyeva, jurnalist, teleboshlovchi

    “Uni bilganimdan so‘ng o‘zimdan uyalganman”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Chexovning “insonda hamma narsa go‘zal bo‘lishi kerak”, degan gapi bor edi. Aziza shunday edi: liboslari ham, dasturxoni ham, ijodi ham go‘zal edi. Ilohim go‘zallikka uyg‘unlashib ketgan bo‘lsin. Men u bilan umrining oxirida birga bo‘ldim. Ungacha konsertlarga taklif etganida ham, to‘ylariga taklif qilib samolyotlarga chipta olib berganida ham, nasibamiz qo‘shilmagani uchun bora olmaganman.

    O‘sha vaqtlarda Aziza bilan “ko‘chamiz boshqa-boshqa”, deb o‘ylagan ekanman. Keyin bir sabab bo‘ldi-yu, Azizani kim ekanini bilganimdan so‘ng nihoyatda mehrim tushib, umrining oxiriga qadar birga bo‘ldim va so‘nggi yo‘lga kuzatishga ham Xorazmga bordim.

    Allohda tasodif yo‘q, singlim rahmatli qizini uzatib, to‘y qilayotganida o‘zimizning oilaviy qadrdon san’atkorimizni taklif etgan edik. U esa o‘sha kuni “to‘yga bora olmaydigan bo‘ldim”, — deb aytdi. O‘sha vaqtda rosa o‘ylanib qoldim, bo‘zchi bo‘zga yolchimaydi, deganlaridek avgust oyida xonandalarda mavsum avjiga chiqqan, borlari ham mustaqillik bayramida bo‘lgani uchun san’atkor topa olmay qoldim. Shu payt Aziza o‘zida ishonch bilan, viqor bilan qo‘ng‘iroq qilib, “to‘y boshlabsizmi?”, deb manzilni surishtirib qoldi. Men “Aziza bilan yaqin emasman-ku, bo‘lgan vaziyatni unga aytsammikin-aytmasammikin”, deb, “bir san’atkor bilan shunday bo‘lib qoldi”, deyishim bilan “xabarim bor, qayoqqa boraylik? Necha kishi bo‘lib boraylik”, deb qoldi. Ikkilanib “keling-keling”, dedim.

    Aziza to‘ydan bir soat oldin yetib keldi, boshqalar ham keldi. Lekin Aziza zeb-u zabari bilan, nihoyatda go‘zal liboslari bilan xizmat qildi. Oxirida Azizani rozi qilay deb ma’muriga ataganimni berdim. Kuzatganimdan so‘ng Azizaning mashinasi 100 metrgacha uzoqlashib to‘xtab qoldi. Hozir “kam bo‘ldi deb qolarmikin”, deb cho‘ntaklarimdagi pulni qidirib qolganimda u ortiga qaytib: — Og‘a bilamiz sizda pul bor, lekin men sizni pulingizga kelmadim, hurmatingizga keldim deya, majburlab pulni menga tashlab ketgan. Bu kamdan kam bo‘ladigan holat.

    Xorijda juda ko‘p artistlar bilan gastrol safarlarida yuramiz. Biri mehmonxonadan noliydi, biri ovqatdan noliydi. Ana o‘sha yerlarda ham kimligini unutmasdan, safar oxirigacha yulduz bo‘lib yuradiganlari ham bor. Aziza esa teskarisi o‘yin-kulgi bilan dengizgami, qirg‘oqqami, orolgami hamma joyga boradigan mard hamroh edi. Shuning uchun qadrdon bo‘lib ketdik.

    Bir yil o‘tar-o‘tmas Azizaning xastaligi haqida gap chiqdi. Shundan so‘ng mudom Azizaning yonida bo‘ldik. Shifoxonalar, og‘ir kunlar, o‘zgarishlar bo‘ldi va hokazo. Bir narsani aytishim kerak, Aziza doim o‘ziga qarab yuradigan, hashamdor ayol edi. Lekin uning viqorini kasallik yenga boshladi. Xastalikdan kimyoviy usulda davolangani uchun uni boshqalar bunday holatda ko‘rishini xohlamas edi. Endi men erkak do‘sti bo‘lganim uchunmi, yoki yoshim nuqtayi nazaridanmi, faqat men bilan ko‘rishdi. U boshqalarni ko‘rgisi kelmadi emas, balki hozirgi holatda ularga ko‘rinmay dedi. Lekin do‘stlaridan ko‘pchilik buni tushuna olmadi. U shunchaki boshqalarning xotirasida go‘zal bo‘lib qolishni istadi. Sababi u ayol.

    Men aytamanki, u munosib yashadi, biroz vaqtli ketdi, lekin munosib ketdi. Og‘irligini hech kimga tashlamadi. Avliyolar inson ko‘nglini anglash, piyola bilan ummon suvini chiqarishdek gap deyishgan. Men Azizani boshida bilmaganman, xayrihoh bo‘lmaganman, keyin uni bilganimdan so‘ng o‘zimdan uyalganman. Mana Alloh menga ko‘rsatdi.

    Tolibjon Isroilov, suxandon, xonanda

    “Nimaga o‘sha paytlar undan araz qildim?”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Bir paytlar bir-ikkita gaplari og‘ir kelib orada gaplashmay qo‘ygan paytlarimiz bo‘lgan. O‘sha kunlarimni Azizasiz o‘tkazganimga men juda-juda afsuslanaman. Nimaga deganda boshimga og‘ir ishlar tushdi. Azizaga bog‘liq joyi u menga bir kuni qo‘ng‘iroq qilib “qayerdasiz?”, dedi. “Ukamnikida”, desam “bugun birga ovqatlanib kelaylik”,  deb aytdi men esa rozi bo‘ldim. Shunda hammayoq qor payti mashinasida kelib meni olib ketdi. Ovqatlanish uchun borganimizda “qani menga ayting-chi nima bo‘ldi sizga”, deb savol berdi. Biz san’atkorlar bir-birimizdan ko‘p narsani berkitamiz. Sababi bizda samimiylik yo‘q, “voy bechora”, deganlar ham ichida “ajab bo‘lsin”,  deb turishgani uchun biz bir-birimizga haqiqatni gapira olmas edik.

    Shunda Aziza “mendan qo‘rqmang, meni oyim sizni tushlarida ko‘ribdilar, tushlarida siz nihoyatda xafa ekansiz deb aytdi. Shu gapni aytishi bilan yig‘lab yubordim va nima bo‘lganini aytib berdim. Shu zahotiyoq Aziza “ertadanoq sen bilan shug‘ullanaman”, deb ayol boshiga katta muammoni hal qilgan.

    Lekin orada ayolligimizga borib bir-ikkita gaplardan xafa bo‘lib qolar edik. Men shunaqa gaplar sabab do‘stim bilan uzoqlashib qolganimdan juda-juda xafaman. Sababi uning qimmatli maslahatlarini ololmay qoldim.

    Shu orada uning xasta bo‘lganini eshitib qolib, birinchi bo‘lib yugurib bordim. O‘sha paytda xasta bo‘lib yotganida uni ko‘rib yig‘lasam, “men kasal emasman”, deb aytar edi. Shifokorlardan nima gap desam “endi hammasi Allohdan, faqat dugonangizni yoniga kirganda hech narsa demang”, deya ogohlantirishdi. Lekin kirganimda o‘zimni ushlay olmay yig‘lar edim. Ishoning dugonam go‘zal qiz edi, shu go‘zalligi bilan dunyoni tark etdi. O‘zi joni og‘rib turgan bo‘lsa-da, menga “shifokorlar bilan gaplashib qo‘ydim, borib o‘zingizni tekshirtirib keling”, deb aytgan edi.

    U hayotdan o‘tganidan so‘ng “nimaga o‘sha paytlar undan araz qildim? Nimaga men eshiklarini taqillatib boravermadim?” degan savollarni o‘zimga ko‘p bora berganman. Bugun to‘yda ko‘rib o‘yladim. Aziza hamisha bizni bir joyga yig‘ib yurar edi. Lekin bugun hamma o‘z holicha kirib keldi. Hozir san’atkorlar orasida oldingi hamjihatlik yo‘q. Xizmatlarda bir-birimizni ko‘rsak “ko‘rishaylik, o‘tiraylik”, deymiz lekin o‘sha gap o‘sha yerda qolib ketadi.

    Umida Mirhamidova, xonanda

    Mavzuga doir: 

    • Marhuma Aziza Niyozmetovaning o‘g‘li uylandi. Ko‘z yoshlarga to‘la dabdabali to‘ydan reportaj (foto va video)
    • Aziza Niyozmetovaning to‘ng‘ich qizi ukasi va singillari haqida gapirib berdi (video)
    • Xonanda Aziza Niyozmetova vafot etdi
     

     

     

    10.11.2021, 10:22   Izoh (0)   41765
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avaz Oxun ustozi Hojiboy Tojiboyevning o‘limi bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)

    09.11.2021, 19:56

    “Yangi loyihalarga taklif bo‘lgani yo‘q”. “Kalmar o‘yini” yulduzi Li Jon-je serialdan keyingi hayoti haqida so‘zlab berdi

    09.11.2021, 17:39

    Instagram: “Mitti vine” uylandi, Munisa Rayhon bilan yarashib oldimi? Aziz Rametovning to‘y sanasi aniq bo‘ldi

    08.11.2021, 22:27

    Qo‘l mehnati va million dollar: mashhurlarning eng hashamatli zargarlik buyumlari (foto)

    08.11.2021, 14:28

    Mashhurlarning ularga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiyofadoshlari (foto)

    08.11.2021, 12:12

    Instagram: Onasining janozasidan so‘ng ko‘rinish bergan Yulduz Usmonova, Rixsitilla Abdullayev qancha oylik oladi? Luiza Rasulova haqida keskin gapirgan Ozod Xurra...

    07.11.2021, 22:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.