Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev muxlislari orasida uning o‘limi bilan bog‘liq turli gap so‘zlar yuradi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Hojiboy Tojiboyevning shogirdi, qiziqchi Avaz Oxun “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

Hojiboy Tojiboyevning konsertdagi hazili uchun urishgan ekan, “podval”ga olib kirishgan ekan, degan gaplarni menga ham aytishadi. Hojiboy aka o‘zlari kasal edi, mazalari yo‘q edi. Oxirgi konsertlarida qalin jemferlar kiyib, konsert berganlar.

“Ustoz, jemferingizni yechib qo‘ymaysizmi”, deganimda “Menga sog‘lig‘im kerak, bolam”, deb sahnaga chiqib ketganlari esimda. Sog‘liqlari yaxshi emas edi. Odamlar gapiraveradi: o‘lmagan odamni, o‘lmagan san’atkorni o‘libdi, deyishadi-ku. G‘iybat bu hammasi.

Avaz Oxun, qiziqchi

Avaz Oxun Hojiboy Tojiboyev bilan qanday tanishgani, birinchi marotaba sahnaga chiqib, institutda “zvezda” bo‘lgani haqida quyidagi voqealarni esladi.
Hojiboy Tojiboyev bilan tanishuvimiz talabalik vaqtimizda bo‘lgan. Ularning konsertiga parda orqasidan borganmiz, tanishganmiz. O‘shanda repertuarlarimizni aytib berganmiz va keyingi kuni konsertga chiqib, birinchi kurs vaqtimda institutda “zvezda” bo‘lganman.

Bir marta institutda konsert qilganimda ularni taklif qilganman. Telefon qilib “Ustoz,institutda konsert berayotgandim, deganimda “Omadingizni bersin, men stomatologda tishimni to‘g‘rilatayotgandim, duo qilib qo‘yamiz”, degandilar.

Men u insonga o‘xshab qiziqchilik qilishimni Hojiboy Tojiboyev bilmaganlar. Bir marta o‘zlari sahnaga olib chiqqan vaqtlarida Hamza Umarov, Nabi Rahimov, Soyib Niyozovlarga parodiya qilganimni ko‘rganlar, xolos.

Avaz Oxun, qiziqchi

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev 1955-yil 25-avgust kuni tug‘ilgan. “Buxoro-o-o!”, “Kalla qo‘ygan Zidan”, “Borma, kuyasan! Ana kuyding!”, “Hozir borib sev!”, “Yangi boylar va traktorchilar haqida” kabi ko‘plab iboralari va hazillari bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish. Hojiboy Tojiboyev 2008-yili 53 yoshda vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi