Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Jo Bayden 9-noyabr kungi bayonotida Eronga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni nazarda tutadigan favqulodda holat rejimini yana bir yilga uzaytiruvchi qarorni qabul qildi, deb xabar bermoqda “TАCC”.

Foto: BGR

Foto: BGR

Ma’lum bo‘lishicha, Bayden AQSh va Eron munosabatlari haligacha normallashmagani, 1981-yil 19-yanvardagi ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni hali ham davom etayotganini ta’kidlagan. Hujjatda ikki davlat o‘rtasidagi Jazoir masalasi, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillari belgilangan.

“1979-yil 14-noyabrda e’lon qilingan milliy favqulodda holat 2021-yil 14-noyabrdan keyin ham amalda bo‘lishi kerak. Men Eronga qarshi milliy favqulodda holat rejimini bir yilga uzaytiraman”, — degan amaldagi AQSh prezidenti.

Qayd etilishicha, 1979-yil 14-noyabrda AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter Eron poytaxti Tehronda amerikaliklarning garovga olinishiga javoban 12170-sonli farmonni imzolagan. Bu orqali Eronning Qo‘shma Shtatlardagi barcha rasmiy xoldinglari, jumladan, Amerika banklari va ularning xorijdagi sho‘ba va filiallaridagi hisob raqamlari muzlatilgan.

1980-yil 7-aprelda Karter Tehron bilan diplomatik aloqalarni uzdi va mamlakatdan Eronga barcha tovarlarni, jumladan, oziq-ovqat va dori-darmonlar eksport qilishni taqiqladi. Shuningdek, Erondan AQShga har qanday tovarlar olib kirilishiga embargo (biror mamlakat yoki guruh bilan savdo munosabatlarini to‘la taqiqlash) joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Bayden Eronga qarshi antiterror sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirgandi. Shuningdek, Oq uy AQShning Eron bilan diplomatik aloqalarga ochiqligi, ammo sanksiyalarni yumshatmasligini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov