• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy bank kelgusi 3 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ikki ssenariysini e’lon qildi

    Markaziy bank boshqaruvi “Pul-kredit siyosatining 2022-yil va 2023—2024-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ning dastlabki konseptual loyihasini ma’qulladi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ushbu loyihani ishlab chiqishda birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiya darajasini 2023-yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.

    Ta’kidlanishicha, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning kelgusidagi o‘zgarishi bo‘yicha noaniqliklar hali ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Shu bois o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari tashqi va ichki omillarning ta’siri ko‘lami va davomiyligini inobatga olib asosiy va muqobil ssenariylari ishlab chiqildi.

    Ssenariylarni shakllantirishda tashqi iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishlari, xalqaro moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyoti va asosiy eksport tovarlari narxlari bo‘yicha prognozlari, asosiy savdo-hamkor davlatlarda kutilayotgan vaziyatlar, ichki iqtisodiy sharoitlardagi ehtimoliy tendensiyalardan kelib chiqildi.

    Jahonda vaksinatsiyalash jarayonining borishi rivojlangan davlatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezroq tiklanishi, rivojlanayotgan davlatlarda esa nisbatan sustroq tiklanishini belgilovchi asosiy omillardan bo‘layotgan sharoitda ssenariylar shartlarini belgilashda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhim omil sifatida qaraldi.

    Shuningdek, bu yilgi hisob-kitoblarda iqlim o‘zgarishlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taklifi, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar va ularning kutilayotgan natijalari shartli omillar sifatida inobatga olindi.

    Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning bosqichma-bosqich yaxshilanib borishi kutilayotgan bo‘lib, keskin tashqi xatarlar yuzaga kelishi ko‘zda tutilmaydi. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat normallashib, inson resurslari migratsiyasi va transchegaraviy harakatlar bo‘yicha uzoq muddatli cheklovlar joriy etilmaydi.

    Mazkur ssenariyga ko‘ra, iqtisodiy faollik yuqori sur’atlarda jadallashib borib, investitsion va iste’mol talabi pandemiyagacha bo‘lgan darajaga to‘liq tiklanadi.

    Ushbu ssenariy doirasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zining potensial darajasiga ko‘tarilib, real iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5—6,5 foizni tashkil etadi va 2023—2024-yillarda 6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

    Asosiy ssenariy doirasida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashning muhim drayveri sifatida xususiy ichki va tashqi investitsiyalar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlar qaralmoqda.

    Kelgusi yillarda mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasi 2022-yildan bosqichma-bosqich fiskal konsolidatsiya boshlanishini taqozo qiladi va fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 2023—2024-yillarda 2,0-3,0 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda.

    Yuqorida keltirilgan omillar va tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish darajasidan kelib chiqib inflyatsiya sur’atlarining 2022-yilda 8-9 foizga tashkil etishi, 2023—2024-yillarda esa 5 foizgacha pasayishi kutilmoqda.

    Makroiqtisodiy rivojlanishning muqobil ssenariysi shartlari sifatida jahonda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning keskinligicha qolishi sababli tashqi sharoitlarning noqulay shakllanishi va iqtisodiy faollikni pasayishi kabi ehtimollar asos qilib olingan.

    Ushbu ssenariy bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2022-yilda 3-4 foiz atrofida bo‘lishi mumkin. Vaziyatning normal fazaga o‘tishi bilan 2023-yildan iqtisodiy faollik va yalpi talabning tiklanishi kuzatilib, 2023-yilda 4,8-5,8 foizni va 2024-yilda 5,5-6,5 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.

    Bunda, ichki iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash uchun 2022-yilda ham fiskal rag‘batlantirishlar davom ettiriladi va umumiy fiskal taqchillikning YAIMga nisbati 4-5 foiz atrofida bo‘lishini taqozo etishi mumkin. Fiskal konsolidatsiya 2023-yildan boshlanib,  fiskal taqchillikning YAIMga nisbati 2023-yilda 3-4 foizgacha, 2024-yilda esa 2,0-2,5 foizgacha pasayishi baholanmoqda.

    Makroiqtisodiy rivojlanish shartlari muqobil ssenariy bo‘yicha shakllangan holatda tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi kelgusi davrlarga kechiktiriladi. Natijada, ushbu ssenariy shartlari ro‘y bergan sharoitda umumiy inflyatsiya darajasi 2022-yilda 7,5-8,5 foizni tashkil etishi va 2023-yilda esa 5,6-6,6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

    Yuqorida keltirilgan ssenariylarning har birida pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda inflyatsiyaning target ko‘rsatkichiga erishishga qaratiladi. Bunda, ssenariylarda keltirilgan vaziyatlarning shakllanishiga qarab pul-kredit sharoitlarining qat’iylik darajasi belgilab boriladi.

    Asosiy ssenariyda pul-kredit siyosatini nisbatan qat’iy sharoitlari saqlab qolinsa, muqobil ssenariyda esa pul-kredit sharoitlarini biroz yumshatish hamda narxlar barqarorligi va iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilishi mumkin.

    Kelgusi yillarda operatsion mexanizmni yanada takomillashtirish va pul bozorini rivojlantirish bilan birgalikda, ichki valyuta bozorida islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish, tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish va pul-kredit siyosati transmisson mexanizmi samaradorligini oshirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Markaziy bankning diqqat markazida bo‘ladi.

    Transmission mexanizm samaradorligini oshirish vazifasi moliya bozorini, xususan davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, xususiy kapital bozori ko‘lamini oshirish va iqtisodiyotda banklardan tashqari moliyaviy vositachilik institutlarini rivojlantirish bilan bog‘liq hisoblanadi.

    Kelgusi yillarda alohida ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan masala — bu inflyatsiyaning uzoq muddatli barqaror omillarini bartaraf etish masalasi hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, iste’mol bozorida raqobatni rivojlantirish, iste’mol tovarlariishlab chiqarish hajmlarini oshirish, tovarlar importida konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish, hududlarda savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish kabi choralarni amalga oshirishni taqozo etadi.

    Ushbu tarkibiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi inflyatsiyaning target darajasiga yetganidan so‘ng pul-kredit sharoitlarini bosqichma-bosqich neytral shartlarga o‘tkazish imkonini beradi.

    Mavzuga doir: 

    • Jahon banki 2021—2022-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishini prognoz qildi
    • “O‘zbekiston Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchi bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega” — Financial Times

    04.11.2021, 06:30   Izoh (0)   12167
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda giyohvandlik vositalarini sotish bilan shug‘ullangan internet do‘konlarini reklama qilib kelgan shaxslar qo‘lga olindi

    04.11.2021, 06:00

    Avtobusdagi kelin va kuyov, shahar markaziga o‘rnatilgan rojdestvo archasi, kul bilan qoplangan Mercedes. 3-noyabr suratlari

    03.11.2021, 23:57

    O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlarga soliq to‘lashni kechiktirish huquqi beriladi

    03.11.2021, 22:42

    O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga cheklov qo‘yilgani holati yuzasidan tergov o‘tkaziladi

    03.11.2021, 22:30

    Rossiyadagi o‘zbekistonliklar endi konsullik orqali haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirishi mumkin

    03.11.2021, 21:56

    “O‘zkomnazorat” rahbari ishdan olindi. Telegram, YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga ulanish tiklanadi

    03.11.2021, 21:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.