Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, “Odnoklassniki”ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklagani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev noto‘g‘ri va kelishilmagan xatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatildi.
Prezident matbuot kotibining xabar berishicha, ro‘y bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib boriladi.
“Surishtiruv yakunlari bo‘yicha ro‘y bergan holatda aybdor bo‘lgan barcha mutasaddi rahbarlarga nisbatan tegishli javobgarlik choralari ko‘riladi”, — deb yozadi Sherzod Asadov.
Izoh (0)