• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2021-yilning 9 oyida vazirliklar budjetdan qariyb 84 mlrd so‘m o‘zlashtirgan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 3 barobar ko‘p

    Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yilning 9 oyi davomida budjet intizomiga rioya etilishi va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 83,7 milliard so‘mlik kamomad va o‘zlashtirish holatlariga yo‘l qo‘yilgani oshkor qilingan. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, budjet mablag‘lari hisobidan asossiz va ortiqcha to‘lovlar 457,7 milliard so‘m, nomaqbul xarajatlar 187,3 milliard so‘mni tashkil etgan. Hisobot davrida 365 milliard so‘mlik budjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishining oldi olindi.

    Foto: Moliya vazirligi

    Foto: Moliya vazirligi

    2021-yilning hisobot davrida aniqlangan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning kamomad va o‘zlashtirish (83,7 milliard so‘m) holatlari 2020-yilning 9 oyiga (28 milliard so‘m) nisbatan 3 barobarga oshgan.

    Ushbu holatlarning aksariyati quyidagi vazirlik tizimlarida aniqlangan:
    • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 23,3 milliard so‘m (2020-yil 9 oyi uchun 13 milliard so‘m);
    • Sog‘liqni saqlash vazirligi – 17,2 milliard so‘m (3,9 milliard so‘m);
    • Xalq ta’limi vazirligi – 14,4 milliard so‘m (15,4 milliard so‘m);
    • Maktabgacha ta’lim vazirligi – 5,7 milliard so‘m (3,8 milliard so‘m);
    • Madaniyat vazirligi – 2,7 milliard so‘m (1 milliard so‘m).

    Foto: Moliya vazirligi

    Foto: Moliya vazirligi

    Boshqa bo‘limlarga nisbatan kamomad va mablag‘larni o‘g‘irlash holatlari eng kami – 2,5 milliard so‘m (1 milliard so‘m) hokimliklarning obodonlashtirish bo‘limlarida aniqlangan.

    Bundan tashqari, tekshirishlar natijasida 457,7 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar, xususan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning asossiz ravishda ortiqcha to‘lanishi, qurilish-ta’mirlash ishlarining bahosini oshirib ko‘rsatilishi hamda bajarilmagan ish hajmlarining hisobdan chiqarilishi, inventar qimmatliklarini oshirilgan narxlarda sotib olishga to‘g‘ri keladi. Bu 2021-yilning 9 oyiga (101,4 milliard so‘m) nisbatan 4,5 barobar ko‘pdir.

    Bu holatlar asosan ushbu vazirliklar tizimlarida aniqlandi:
    • Xalq ta’limi vazirligi – 61,1 milliard so‘m (2020-yil 9 oyi uchun 25,4 milliard so‘m);
    • Maktabgacha ta’lim vazirligi – 61,1 milliard so‘m (6,9 milliard so‘m);
    • Sog‘liqni saqlash vazirligi – 39,1 milliard so‘m (17,7 milliard so‘m);
    • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi – 27,3 milliard so‘m (6,3 milliard so‘m);
    • Madaniyat vazirligi – 18,4 milliard so‘m (2020-yil 9 oyda 2 milliard so‘m).

    Foto: Moliya vazirligi

    Foto: Moliya vazirligi

    Tekshiruv natijalariga ko‘ra, hisobot davrida aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklarning 510,8 milliard so‘mi budjetga tiklanganligi ta’minlandi.

    Shu bilan birga, nazorat tadbirlari davomida budjet muassasalarining xarajatlar smetasi va shtatlarida asossiz rejalashtirilgan mablag‘larni qisqartirish va boshqa noqonuniy sarflanishiga chek qo‘yish hisobiga jami 365 milliard so‘mlik budjet mablag‘larining asossiz sarflanishining oldi olindi.

    Budjet qonunchiligini buzganlik uchun budjet mablag‘larini oluvchi tashkilotlarning 15 nafar rahbari va boshqa mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzildi. Hujjatlar ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudlarga yuborildi.

    Shuningdek, 3847 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 724,1 milliard so‘mlik qonunbuzarliklar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistondagi bog‘chalarda 9 oyda 6,6 mlrd so‘mlik ish haqi va tovarlar o‘zlashtirib yuborilgan — Maktabgacha ta’lim vazirligi
    • O‘zbekistondagi ikkita OTM buxgalterlari 22,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirilgani aniqlandi
    • Tanzila Norboyeva: “420 mln so‘mga qurilgani aytilgan maktab bo‘m-bo‘sh yer bo‘lib chiqdi”

    30.10.2021, 17:28   Izoh (0)   13298
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

    30.10.2021, 17:07

    Angrenda “Seftriakson” dori vositasi sabab 11 yoshli qiz vafot etgani aytildi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

    30.10.2021, 16:34

    Toshkent—Qarshi—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanadi

    30.10.2021, 16:10

    O‘zbekistonda 1–5-noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

    30.10.2021, 15:09

    UzAuto Motors Lacetti va Labo yetkazib berishni 2 oyga kechiktirdi

    30.10.2021, 14:10

    Farg‘onada qariyb 374 ming dollarni Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

    30.10.2021, 13:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.