25-oktabr kuni “Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-oktabrdan yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz solig‘ining nol foizlik stavkasi belgilandi.
2022-yil 1-yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi.
Tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda, kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.
Ma’lumot uchun, bunga qadar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz uchun aksiz solig‘i stavkasi 30 foizni tashkil etardi.
Izoh (0)