• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar istiqbolda o‘z mevasini berishi aniq” — YeXHT va Yevropa Parlamenti missiyasi

    Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB), YeXHT Parlament assambleyasi (YeXHT PA) va Yevropa Parlamenti kuzatuvchilarning qo‘shma missiyasi O‘zbekiston prezidentligiga saylovlarni kuzatish davridagi faoliyati to‘g‘risida bayonot berdi.

    Xalqaro kuzatuvchilarning e’tiroficha, yaqinda o‘tkazilgan samarali islohotlarga qaramay, bugun O‘zbekistonda haqiqiy plyuralizm va prezidentlikka nomzodlar yoki fuqarolar o‘rtasida ahamiyatga molik o‘zaro uyg‘unlik sezilmagan saylovlarga haqiqiy raqobat muhiti yetishmadi. Qolaversa, saylov kuni ba’zi protsessual qoidabuzarliklarga ham yo‘l qo‘yildi.

    “Shunga qaramay, kuzatuvchilar saylov qonunchiligida hali qator kamchiliklar mavjudligi va u hamon demokratik saylovlarning xalqaro standartlariga to‘liq javob bermasligini ta’kidlab o‘tdilar. Mamlakat Konstitutsiyasida insonning asosiy huquq va erkinliklari kafolatlanganiga qaramay, ular boshqa qonunchilik hujjatlari bilan cheklangan va amaliyotda ulardan yetarlicha qo‘llanilayotgani yo‘q”, — deyiladi xabarda.

    “Bu saylov hozirgacha erishilgan yutuqlarning tasdig‘i sifatida so‘nggi yillardagi demokratik islohotlar davom ettirilishi zarurligini ko‘rsatib berdi”, — dedi maxsus koordinator va YeXHTning qisqa muddatli kuzatuvchilar missiyasi rahbari Raynxold Lopatka.

    “Saylovda biroz yetishmagan asosiy erkinliklarga bo‘lgan to‘laqonli hurmat va siyosiy kuchlar o‘rtasidagi haqiqiy raqobat kishilarning demokratik orzu-umidlari ro‘yobga chiqishi uchun o‘ta muhim omildir”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    Saylov kuni 21 millionga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan, saylovga tayyorgarlik juda sinchkovlik bilan va samarali olib borilgani e’tirof etilgan.

    “Biroq ko‘plab saylov uchastkalarida saylov kunidagi ovoz berish jarayonini ijobiy baholab bo‘lmaydi. Saylovda saylovchilarning ishtiroki salmog‘i 80 foizdan yuqori bo‘ldi, ammo unda ko‘plab jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilgan. Xususan, ko‘p sonli saylovchilar tegishli tartiblar qo‘llanilmagan tarzda saylovchilar ro‘yxatiga qo‘shilgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz o‘z saylov byulletenlarini topshirishi yoki boshqalar nomidan ovoz berish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

    Shuningdek, bir qancha saylov uchastkalarida saylov qutilariga bir kishi tomonidan bir nechta byulletenlar tashlangan vaziyatlar ham qayd etilgan. Ko‘p hollarda ovozlarni sanash tartib-qoidalariga rioya qilinmadi, saylov uchastkalarida esa natijalarni qayd qilishda nomuvofiqliklar sababli ba’zi qiyinchiliklarga duch kelindi”, — deya qayd etishdi kuzatuvchilar.

    Mavzuga doir: “Raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora” — MDH, ShHT va IHT O‘zbekiston prezidenti saylovlari haqida

    “Mamlakatda yaqinda o‘tkazilgan va hozirda olib borilayotgan islohotlar istiqboldagi o‘z mevasini berishi aniq, — deya ta’kidladi Yevropa Parlamenti delegatsiyasi rahbari Xaydi Xautala, — biroq muxolifat partiyaning yo‘qligi va haqiqiy raqobatning sezilmaganligi hamda saylov kuni ko‘zga tashlangan qator qoidabuzarliklar demokratiya jarayoni yo‘lidagi jiddiy to‘siq sifatida baholanishi mumkin”.

    “Kecha hamkasblarim bilan butun mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalarida bo‘lgan samimiy munosabatdan juda xursand bo‘ldik. Saylov jarayonlarida saylovchilar tili va jismoniy imkoniyatlaridan qat’i nazar, ular uchun yaratilgan ochiq ovoz berish sharoiti yaratilganligini ham yuqori baholagan bo‘lsak-da, ba’zi tartiblarda ko‘zga tashlanmaydigan eski kamchiliklar hali ham saqlanib qolganligini kuzatdik. Xususan, ovozlarni sanash jarayonida bunday holatlarga ko‘proq yo‘l qo‘yildi, — deydi YeEXHT PA delegatsiyasi rahbari Daniela de Ridder. — Umid qilamanki, biz qayd etgan yuqori darajadagi huquqiy islohotlar davom ettirilib, jamiyatning barcha sohalarida o‘zining ijobiy natijasini beradi, demokratik siyosiy madaniyat mustahkamlanib, nihoyat bu kabi salbiy holatlarga barham beriladi”.

    O‘tkazilgan saylovlarda amaldagi prezidentni hisobga olgan holda jami 5 nafar nomzod ishtirok etdi. Saylanish huquqini qo‘lga kiritishdagi haddan ortiq qat’iy tartiblari va partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi murakkab talablar saylanish huquqini jiddiy ravishda cheklabgina qolmay, saylovchilar uchun siyosiy tanlovlarning ham kamayishiga sabab bo‘ladi.

    “Prezidentlikka nomzodlarning biri ayol kishi bo‘ldi va Konstitutsiyada erkak va ayollarning tengligi kafolatlanganiga hamda parlamentdagi deputat xotin-qizlar soni yaqinda sezilarli darajada oshganligiga qaramay, ayollar mamlakatning jamoat va siyosiy hayotida yetarlicha ishtirok eta olganicha yo‘q”, — deyiladi bayonotda.

    Mavzuga doir: “Sizlar to‘g‘ri yo‘ldasizlar, lekin bu oxirgi qadam emas”. YeXHT vakili O‘zbekistondagi saylov haqida fikr bildirdi

    “Amaldagi prezident va uning hozirgi nomzod sifatidagi rollari, umuman olganda, chalkashtirib yuborilgan va bu unga asossiz darajada ustunlik bergan. Bundan tashqari, aksariyat xususiy OAV amaldagi prezidentning faoliyatini boshqa to‘rt nomzod haqidagi xabar va lavhalarni qo‘shib hisoblagandan ham ko‘proq darajada yoritib yuborishdi. Qolaversa, monitoring qilingan OAV ham hozirgi prezident olib borayotgan ishlarga ancha keng urg‘u berib yuborishdi”, — deyiladi xabarda.

    Mahalliy hokimiyat va ijtimoiy masalalarni yoritish, ayniqsa, internetda ancha keskin tus olgan bo‘lsa-da, kuzatuvchilar ommaviy axborot vositalarida yuqori mansabdor shaxslar va nomzodlar haqida deyarli hech qanday tanqid bo‘lmagani qayd etildi.

    “OAV uchun qonunchilik bazasining cheklanganligi, shuningdek, jurnalistlar va blogerlarni vaqtincha hibsda saqlash, qo‘rqitish va tazyiq o‘tkazish holatlari ko‘plab jurnalistlarning o‘zini o‘zi senzuralashga olib keldi hamda keng jamoatchilikka ochiq bo‘lgan ma’lumotlar va qilinadigan tahlil hajmini yanada kamaytirdi”, — degan fikrda kuzatuvchilar.

    “Uzoq muddatli kuzatuvlarimiz davomida biz o‘tkazilayotgan islohotlar kelgusida ancha yaxshi natijalar berishi mumkinligiga ishonch hosil qildik, lekin hali oldinda qilinishi kerak bo‘lgan ko‘p ishlar bor, — dedi DIIHBning Saylovni kuzatish missiyasi rahbari Ouen Merfi. — So‘nggi paytlarda OAVlar va internet muhitida ancha ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganiga qaramay, fuqarolar o‘z fikrlarini erkin va to‘liq ifoda etishlari nazorat ostida qolmoqda”.

    Ma’lumot uchun, saylovni kuzatuvchilar xalqaro missiyasida DIIHB eksperti, uzoq muddatli va qisqa muddatli kuzatuvchilardan jami 255 nafar, YeXHT Parlament assambleyasidan 99 nafar parlamentariy va xodim, Yevropa Parlamentidan 12 nafar vakil — jami 44 mamlakatdan 366 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi manzaralari — suratlarda
    • Foto: To‘y kuni saylovda ishtirok etgan Qashqadaryo, Surxondaryo va Namangandagi kelin-kuyovlar
    • Toshkentda saylov jarayonini kuzatgan jurnalist va uchastka mas’uli o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Bosh prokuror holatga izoh berdi

    25.10.2021, 19:38   Izoh (0)   13156
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    25.10.2021, 18:21

    “Raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora” — MDH, ShHT va IHT O‘zbekiston prezidenti saylovlari haqida

    25.10.2021, 18:06

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

    25.10.2021, 17:50

    “Meni qo‘llab-quvvatlaganingiz, ishonch bildirganingiz uchun ta’zim qilaman” – Shavkat Mirziyoyev uni saylaganlarga rahmat aytdi

    25.10.2021, 17:05

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

    25.10.2021, 16:35

    “O‘zbekneftgaz” AJning 2021-yil 1-yarim yilligi uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga Ernst & Young tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi

    25.10.2021, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    26 avgust, 20:10

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Migratsiya agentligi Koreyaga soxta ishga yuborish jinoyati fosh etilgach, Seuldagi xodimlarini yangiladi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 21:55

    Qirg‘izistonda korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar ortidan 20 ming talaba o‘qishdan chetlashtirildi

    Dunyo | 26 avgust, 21:45

    Tramp Janubiy Koreyadan harbiy bazani AQSHga mulk qilib berishini so‘ramoqchi

    Dunyo | 26 avgust, 21:36

    Qashqadaryoda chorva mollari o‘rtasida tarqalgan maymunchechak qanchalik xavfli?

    O‘zbekiston | 26 avgust, 21:20

    Buyuk Britaniya inqilob arafasida — Telegraph

    Dunyo | 26 avgust, 21:11

    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport

    Reklama | 26 avgust, 20:15

    “Uyda yolg‘iz” komediyasining yulduzi Makoley Kalkin hozir qanday yashaydi?

    Kino | 26 avgust, 20:55

    “Tramp Modiga to‘rt marta qo‘ng‘iroq qildi, biroq u gaplashishdan bosh tortdi” — OAV

    Dunyo | 26 avgust, 20:45

    Google Play’da pul o‘g‘irlaydigan o‘nlab ilovalar aniqlandi

    Dunyo | 26 avgust, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.