• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “U jadidlarning homiysi edi”. Germaniyada talabalarni o‘qitgani uchun josuslikda ayblanib otilgan jadid Saidnosir Mirjalilov taqdiri

    Turkiston shahrida ilk jadid maktabi va paxta tozalash zavodini ochgan, keyinchalik Toshkentga kelib, jadidlarning safdoshi sifatida ularning ko‘plab g‘oyalarini moddiy qo‘llab-quvvatlagan Saidnosir Mirjalilov o‘z davrining ma’rifatparvar boylaridan edi. U Turkiston Muxtoriyatining xazinachisi sifatida siyosiy faoliyatini ham olib borgan, muxtoriyat parchalangach turli siyosiy sabablar bilan 12 yillik qamoq va surgundan keyin, 1937-yilning 25-oktabrida otib o‘ldirilgan. Uning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar hozirgacha juda ham kam yetib kelgan. Saidnosirboyning ikkinchi qizi, O‘zbekistondagi ilk kimyogar olima va rassom Zarifa Saidnosirova “Oybegim mening” kitobida otasi haqida yozgan xotiralari, Oybek uy-muzeyida Saidnosirboyga tegishli bo‘lgan buyumlargina u haqida biroz keng va jonli ma’lumot bera oladi. “Daryo” muxbiri ularni bir sahifada jamladi.

    Saidnosir Mirjalilov 1884-yilda Turkiston shahrida dehqon oilasida tug‘ilgan. Tujjorlik (savdogarlik) faoliyatini kichik gazlama do‘koni ochishdan boshlagan.

    “Dadam o‘rta bo‘yli, qorachadan kelgan, ko‘zlari yirik kishi edi. Uning gap-gashtak, musallas, bo‘za yo chog‘ir ichish, karta yo qimor o‘ynashga o‘xshash xunuk odatlarga mayli bo‘lmagan. Dadamning sa’y-harakati bilan 1914-yili Turkiston­da zavod qurildi. Bu Turkistondagi ikkinchi zavod edi. Birinchisi Yuno ismli bir mahalliy yahudiyniki edi. Yuno zavodida elektr energiyasi bo‘lmasa kerakki, butun turkistonliklar kechasi bizning zavodni tomosha qilgani kelar edilar”, — deya eslaydi Zarifa Saidnosirova.

    Saidnosir Mirjalilov

    Saidnosir Mirjalilov
    Foto: “Shosh.uz”
    Saidnosir Mirjalilov podsho Nikolay II davrida musulmon xalqlari uchun yangi usulli maktablar ochishga ruxsat berilmagan bir paytda Turkistonda yashirincha tarzda maktab ochadi. Hatto dars o‘tishi uchun tatar millatiga mansub bir muallimni oilasi bilan ko‘chirtirib olib ham kelgan. Zarifa Saidnosirova maktab haqida shunday yozadi:
    Dadam ichkari hovli­ning orqasiga yopishtirib maktab qurdirgan. Maktabga, bilmadim, Orenburgdanmi yo Qozondanmi, Shokirjon Ibrohimov degan muallimni olib kelgan. Maktab bir, ammo nihoyatda katta xonadan iborat. Uzun-uzun partalar qo‘yilgan. Undan bizning ichki hovliga kichkina eshik ham bor. Bu har ehtimol uchun qo‘yilgan eshik. Agar chor hukumati taftish qilmoq uchun to‘satdan biror odam yuborib qolsa, tashqaridagi kishilardan biri bu haqda darhol xa­bar qiladi. Maktabda ona tili, hisob, jug‘rofiya, tarix darslari o‘qitilar, butun darsliklar tatar tilida, Qozon va Orenburgdan keltirilar edi. Kambag‘allarning o‘g‘il-qizlari pulsiz o‘qitilsalar, beklarning bolalari muallimga haq to‘lar, buning badaliga dadam muallimni maosh bilan ta’minlar edi. Turkistondan chiqqan barcha ziyolilar shu maktabda tahsil ko‘rganlar. Inqilobdan so‘ng esa maktab yashirin-xufya vaziyatdan tamomila erkin holatga o‘tdi va burchakdagi sinfni tark etib, tash­qaridagi baland, keng, qator derazali, ko‘rkam xonalarga joylashib oldi.

     Oybek uy-muzeyi

    Oybek uy-muzeyi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Saidnosir Mirjalilovning Toshkentga kelib, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo‘jayev, Cho‘lpon kabi jadidlar bilan tanishuvi va ularning safiga qo‘shilishiga ham aynan tijorat ishlari sabab bo‘ladi. Akademik Naim Karimovning aytishicha, savdo ishlari bilan Toshkentga tez-tez kelib turadigan Saidnosirboy (tijoratchi bo‘lganidan uning ismiga boy so‘zi qo‘shib aytilgan) Shayxontohurdan ijaraga uy oladi. O‘sha mahallada jadid ma’rifatparvarlar ham yashab, choyxona qilib, o‘z g‘oyalari haqida uzoq-uzoq suhbatlar qilishar ekan. Taomilga ko‘ra, mahallaga yangi kelgan odam ular bilan tezroq tanishishi uchun choyxonada dasturxon yozib, osh berar ekan.

    O‘sha paytda Munavvarqorining suhbatida bo‘lgan odam jadid bo‘lmasa ham, jadidlashib, ilm-ziyoli bo‘lgan. Uning millat taraqqiyoti uchun jon kuydirishlari-yu g‘oyalari Saidnosirboyning ham e’tiborini tortganidan va Turkistonning mustaqillikka erishishini xohlaganidan hech bir manfaatsiz o‘z sarmoyalarini milliy istiqlol uchun olib borilgan kurashga tika boshlaydi. Jadidlarda buyuk maqsadlar bor edi, ammo ularni amalga oshirish uchun homiylar kerak edi. Saidnosirboygacha bunday odam bo‘lmagan, — deydi Naim Karimov.
    Saidnosir Mirjalilov, shuningdek, Hamza ta’qibda bo‘lgan paytlari unga Turkistondagi uyidan boshpana ham beradi. Zarifa Saidnosirova buni shunday eslaydi: “Dadam azbaroyi adabiyotni sevganidan Hamza bilan ham yaqin do‘st edi. U hatto Hamza qalamiga mansub bir necha she’riy to‘plamlarning noshiri ham bo‘lgan. Hamza Qo‘qonda doimo xavf ostida yashaganidan 1917-yilda Toshkentga kelgan. Ammo dushmanlar bu yerda ham uning izini poylaganlar. Shu sababdan dadam bu iste’dodli shoirni saqlab qolmoq zarurligini tushunib, uni Turkistonga, bizning uyga, zamonning notinch kunlari o‘tib ketgunga qadar xufya istiqomat etish uchun taklif qilgan va uni o‘zi bilan olib kelgan”.

    Saidnosir Mirjalilovning besh qizi bo‘lib, ularning ziyoli bo‘lishini xohlagan va bu uchun harakat ham qilgan. Uning ikkinchi qizi Zarifa Saidnosirova o‘zbekning ilk kimyogar olimasi va birinchi o‘zbek ayol rassomi sifatida tanilgan. U rasmga ishtiyoqi ortishiga ham aynan otasi sababchi bo‘lganini yozadi: “1913—1914-yillar edi. Dadam qo‘limga bir-ikki tan­ga beradi, ‘Bozordan bo‘yoq, daftar ol! Surat sol!’, — deydi. O‘zi har vaqt Toshkentdan chiroyli qutilarga joylangan akvarel bo‘yoqlar, mo‘yqalamlar olib keladi. Dadam menda rasmga havas borligini bilganmi yoki o‘zi menda shu havasni tug‘dirganmi, bilmadim, har qalay, rasm chizishga muhabbat menda ana shu yillarda paydo bo‘lgan”.

    Hozirda Oybek uy-muzeyida osig‘liq turgan Ahmad Yassaviy maqbarasining yon ko‘rinishi tasvirlangan rasmni ham Zarifa Saidnosirova chizgan. Rasm 1925-yilda chizilgan bo‘lib, to‘rt yildan keyin uning chizilganiga 100 yil to‘ladi.

    Ahmad Yassaviy maqbarasi tasvirlangan rasm Oybek uy-muzeyida Saidnosir Mirjalilov xotiralari uchun ajratilgan maxsus xonaning devorida osig‘liq turibdi.

    Ahmad Yassaviy maqbarasi tasvirlangan rasm Oybek uy-muzeyida Saidnosir Mirjalilov xotiralari uchun ajratilgan maxsus xonaning devorida osig‘liq turibdi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Saidnosir Mirjalilov Turkiston Muxtoriyati hukumatining barpo etilishidagi faol ishtirokchilardan bo‘lgan. Muvaqqat hukumat tarkibida Saidnosirboy xazinachi lavozimida ishlagan. Muxtoriyat qonga botirilib, uning rahbarlari ta’qib ostiga olingach, xorijga ketishga majbur bo‘ladi. Dastlab Samaraga, so‘ng Turkiya va Tbilisida bo‘lib, Turkistonda ro‘y berayotgan xunrezliklarga chek qo‘yish yo‘llarini axtaradi. Bolsheviklar e’lon qilgan umumiy afvga ishongan holda 1921-yili vataniga qaytadi. U “Turkiston” savdo-sanoat shirkatini tashkil qilib, tushgan foyda evaziga “Ko‘mak” jamiyati orqali iste’dodli yoshlarni Germaniya va boshqa mamlakatlarga o‘qishga yuborish, “Nashri maorif” jamiyati faoliyatini avj oldirish ishiga o‘z ulushini qo‘shdi.

    Zarifa Saidnosirova otasining Moskvaga o‘qishga ketayotgan talabalarga bir necha bor ust-bosh olib bergani va xarajatlari uchun tilla tangalar bergani haqida o‘sha talabalarning o‘zidan eshitganini aytadi. “Bu gaplarni yozishdan murodim dadamning mehribonligi, qo‘li ochiqligi, saxiyligini qayd etish emas. Zinhor shunday deb o‘ylamang. Bular boylarning savdodan qilgan foydalari oldida bir tomchi, xolos! Buni men yaxshi anglayman. Ammo dadam ma’rifatchi boylardan edi, yoshlarning o‘qiyotganini ko‘rib, suyunardi”, — deya yozadi u.

    Olima otasining xislatlarini sanar ekan, uni kitobni sevadigan, qadriga yetadigan va ko‘p mutolaa etadigan deb ta’riflaydi.

    “Yaqinda men uyimizdagi bitma va bosma kitoblarni, shuningdek, 20-yillarda chop etilgan nodir kitoblarni tartibga solib, raqamlab chiqdim. Ularning soni 600 dan ortdi. Agar u zamonlar qo‘limizda tirikchilikdan ortadigan aqcha bo‘lganida, dadam juda katta bir kutubxonani yig‘ib ulgurgan bo‘lardi”, — deya qo‘shimcha qilgan.

    Saidnosirboy mutolaa qilgan Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari Oybek uy-muzeyida saqlanadi.

    Saidnosirboy mutolaa qilgan Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari Oybek uy-muzeyida saqlanadi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    1922-yil Germaniyaga o‘qishga yuborilgan talabalarning o‘qish va yashashi uchun barcha xarajatlarni o‘z hisobidan qoplaydi. Aynan shu talabalarni o‘qitib, josuslik va siyosiy josuslar tayyorlayotganlikda ayblangan Saidnosir Mirjalilov 1925-yil 12-dekabr kuni hibsga olinadi. Bir muddat Toshkentdagi NKVD ( Ichki ishlar xalq komissarligi — “Daryo” izohi) binosidagi qamoqda saqlanadi. U hatto qamoqda ham bekor o‘tirmay, o‘sha yerdagi rus matematigidan oliy matematika kursini o‘rgangani haqida ma’lumotlar bor. Oradagi bir-ikki suhbatlarida shu haqda qiziga gapira turib Saidnosirboy “Agar shunday zamonda tug‘ilib o‘sgan bo‘lsam, faqat ilm bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘lardim” deb afsuslangan.

    Qo‘lda yozilgan ingliz tili qoidalari Saidnosir Mirjalilovning ingliz tilini ham o‘rganganini ko‘rsatadi.

    Qo‘lda yozilgan ingliz tili qoidalari Saidnosir Mirjalilovning ingliz tilini ham o‘rganganini ko‘rsatadi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Mahbuslarning yaqinlari ko‘rishish va osh-ovqat berib ketishi uchun haftada ikki kun ajratilgan. Zarifa Saidnosirovaning xotirlashicha, u otasiga har gal kiyim va ovqat olib borganda juda qattiq tekshiruvdan o‘tkazilgan, o‘zaro ichki muloqot uchun ortiqcha narsa kirishiga ham, chiqishiga ham yo‘l qo‘yilmagan. Ammo Saidnosirboy baribir ilojini qilib, kiyimlarining qalin choklariga papiros qog‘ozida mayda qilib yozib, oilasining hol-ahvolini so‘rab turgan. Ular ham shu usulda javob qaytargan ekan.

    Saidnosir Mirjalilov 1925-yilning o‘zida Sibirga surgun qilinadi. Undan so‘ng 1932-yil Oq dengizdagi Solovki oroliga uch yilga badarg‘a etiladi. Zarifa Saidnosirova surgun yillarda dadasi masalasida Saidnosirboyning do‘sti, advokat Ubaydulla Xo‘jayev bilan maslahatlashib, Moskvaga ham borib kelgani, Toshkentga qaytguncha otangiz ham ozod qilinadi, deb aytilganiga qaramay, hech bir o‘zgarish bo‘lmagani haqida yozadi. Saidnosir Mirjalilovdan o‘zini oqlash evaziga ozodlikda yurgan safdosh do‘stlariga qarshi dalillar ham olmoqchi bo‘lingan.

    “To‘satdan dadam Toshkentga, GPU (NKVD qoshidagi davlat siyosiy boshqarmasi — “Daryo” izohi) yerto‘lasiga keltirilganidan xabar topdik. Meni chaqirdilar. Ertalab soat o‘nda GPUning ikkinchimi yo uchinchimi xonasiga borib, yo‘lakda qabul qilishlarini kutdim. Kech soat 5-6 ga qadar o‘tirdim. Ichimda 8 oylik bola, qadalib o‘tirish qiyin: goh o‘rnimdan turaman, goh o‘tiraman. O‘sha kunni eslasam, hozir ham bir olam azobni his etaman. Nihoyat, bir gruzinmi, armanimi, meni qabul qildi. Uni-buni so‘ragach, dadamga bir xat yozishni buyurdi. ‘Dadangiz o‘jar odam. Yozing, ko‘rgan-bilganlarining barini bizga so‘ylab bersin’, — dedi u. Men nedir yozdim-da, chiqib ketdim. Chamasi, dadam bu safar ham ularga kerakli ma’lumotlarni bermagan. Ozodlikda yurgan yor-do‘stlariga zarracha ham xiyonat qilmagan. Shundan keyin dadamni yana Solovkiga jo‘natdilar”, — deb olima Moskvadan umidsiz qaytgan yillaridan keyingi voqealarni eslaydi.

    Unga ko‘ra, Solovkidagi surgun Semipalatinsk viloyatida davom etadi. Viloyatdagi tatarlar istiqomat qiladigan Biysk shahrini Saidnosirboyning o‘zi tanlab, yashay boshlagan. Surgun shartlariga ko‘ra, uning Toshkentga, yo O‘zbekistonning boshqa biror shahariga kelishi uchun ruxsat bo‘lmagan. Zarifa Saidnosirova onasining bir-ikki marotaba otasini ko‘rish uchun Semipalatinskka borib kelgani haqida ham yozib o‘tgan.

    Nihoyat uzoq yillik surgun tugab, 1936-yil avgustida Saidnosirboy oilasi yoniga qaytadi. O‘tgan vaqt nafaqat qizlarni otasiz ulg‘aytirgan, balki otani ham hatto ularni tanimaydigan holatga solgandi. Saidnosir Mirjalilov bo‘yi yetib, kelinchak maqomiga ham erishgan qizlaridan birini ko‘rganda tanimasdan, “Bu kim?” deb so‘raydi.

    “Hozir u 18 yoshda, juda go‘zal, baland bo‘yli, yosh kelinchak. Ravzani 1935-yili 17 yoshida erga berganmiz. Dadam uni ko‘rib, tanimadi, sekingina mendan: ‘Bu kim?’ deb so‘radi vokzalda. Men kulib yubordim. Uyga kelib, allamahalga qadar dasturxon atrofida dadam bilan so‘zlasha-so‘zlasha o‘tirdik”, — deya o‘sha vaziyatni xotirlagan Zarifa Saidnosirova.

    Oybek uy-muzeyidagi Saidnosirboyga tegishli suratlar. Birinchida uning qizlari tushgan surat.

    Oybek uy-muzeyidagi Saidnosirboyga tegishli suratlar. Birinchida uning qizlari tushgan surat.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ammo bu baxt ham to‘kis bo‘lmadi. Bir yil o‘tib, oldingi voqealar yana takrorlandi. Takrorlanganda ham qayta o‘nglanmas bo‘lib. 1937-yil 21-iyul kuni hibsga olingan Saidnosir Mirjalilov shu yilning 25-oktabrida otib tashlanadi.

    “Gulrangning tug‘ilganiga ikki oy bo‘lgan. (Gulrang — Zarifa Saidnosirova va Oybekning qizi — “Daryo” izohi). Bir kuni oyimnikiga kelsam, dadam stol oldida turibdi. Rangi-ro‘yi oppoq qog‘ozday oqargan, yonida sovuqqina bir tatar kishi. NKVDdan. U bir rus qo‘shni guvohning huzurida akt tuzib o‘tiribdi. Oyim boyaqish ayvonda yig‘lab yuribdi. Dadam shu kuni hammomdan chiqib, yangi oq surp ko‘ylak kiyib, oyim bilan gangir-gungur so‘zlashib, nonushta qilib o‘tirganida shu tatar yigit baloday yetib kelgan. Dadam hammamiz bilan quchoqlashib xayrlashdi. So‘ng tatar yigitning oldiga tushib ketar ekan, yigirma qadamcha yurganidan so‘ng orqaga qaytdi. ‘Nabiramni bir o‘pay’, — deb qo‘limdan Gulrangni oldi. Bag‘riga bosib, peshonasidan ikki marta o‘pdi. ‘Umri uzoq bo‘lsin. Aqlli-hushli, xalqiga foydali kishi bo‘lib yetishsin!’, — duo qildi u.

    Yuraklarimiz qonga to‘ldi, ezilib ketdik shunda. Oradan qancha vaqt o‘tdi, bilmadim, dadamdan na xat, na xabar bor. Na ovqat oladilar, na biror darak beradilar. Bir necha vaqtdan so‘ng: ‘Izlamanglar! Xat yozishdan mahrum o‘laroq uzoqqa surgun qilingan’, deb aytdilar bizga. Lekin surgun qilinmagan, otib tashlangan, deb gumon qildik. Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Elbek, Usmon Nosir, qanchadan qancha ministrlar, markazqo‘m, obkom va raykom kotiblari, keksa va yosh ziyolilarning bari ketdi. Xalq madaniyati kallaklandi. Shunday qilib, dadam boyaqish 53 yoshida yo‘q bo‘ldi va shu qisqa umrining 11-12 yilini hibs va surgunlarda o‘tkazdi.

    Dadam o‘n bir yil zoriqib kutgani — ozodlikka erishganidan, oila oldida bo‘lganidan nihoyat xursand, o‘zini qayerga qo‘yishni, ne bilan mashg‘ul bo‘lishni bilmasdi. Bozorga borardi, qoplab bitma kitoblar, tosh bosma kitoblarni topib kelardi. Dadam tabiblar, ko‘pni ko‘rgan qariyalar bilan suhbatlashib, qadimiy tabobatdan ma’lumot to‘play boshlagan edi. U meteorologiyaga oid juda ko‘p xalq naqllarini, ob-havoga oid belgilarni yig‘ib, necha-necha daftarlarni to‘ldirardi. U hatto o‘zi to‘plagan ma’lumotlarni observatoriyaga eltib ko‘rsatgan. Observatoriya xodimlari dadamga u yig‘gan, to‘plagan ma’lumotlarni sotishni taklif etganlar, dadam esa rozi bo‘lmay, rad etgan. Afsuski, NKVD xodimlari bu yozuvlarning barini uning o‘ziga qo‘shib, olib ketganlar”, — deya padarining oxirgi umr yillari haqidagi xotiralarni keltiradi Zarifa Saidnosirova.

    Saidnosir Mirjalilovning qabri qayerdaligi noma’lum. U o‘limidan 54 yil o‘tib, 1991-yil oktabr oyida oqlandi.

    Saidnosir Mirjalilovni otishga buyurilgan va keyinchalik oqlanganini isbotlovchi hujjatlar.

    Saidnosir Mirjalilovni otishga buyurilgan va keyinchalik oqlanganini isbotlovchi hujjatlar.
    Foto: “Mytashkent.uz”

    Saidnosir Mirjalilovning otilgan kuni haqida ikki xil raqamlar uchraydi. Ayrim manbalarda 1937-yil 25-oktabr deb berilsa, boshqalarida 1937-yil 9-oktabr deyiladi. Ammo uning ayblangani va afv etilgani haqidagi ma’lumotlar aks etgan yuqoridagi fotosuratdan 1937-yil 9-oktabrda sudlangani va 25-oktabrda sud hukmi bajarilganini bilish mumkin.

    25.10.2021, 20:55   Izoh (0)   38521
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.