• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlarining 30 yilligi munosabati bilan soha xodimlari va faxriylarini tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyev 25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan soha xodimlari va faxriylariga tabrik yo‘lladi. Quyida Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan tabrik matni to‘lig‘icha taqdim etildi.

    Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari! Qadrli ofitser va generallar, serjant va safdorlar! Muhtaram faxriylar!

    Avvalo, siz, azizlarni bugungi kasb bayramingiz hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

    Ushbu qutlug‘ ayyomda o‘z hayotini el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashdek ezgu va olijanob ishga bag‘ishlagan sizlar kabi mard va sadoqatli, haqiqiy vatanparvar insonlar sha’niga samimiy tilaklarimizni bildiramiz.

    Ayni paytda, o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan fidoyi xodimlarning xotirasini cheksiz ehtirom bilan yod etamiz.

    Istiqlolimizning ilk davrida tashkil topgan ichki ishlar organlari o‘tgan sinovli yillar davomida mashaqqatli va sharafli yo‘lni bosib o‘tib, xalqimizning chinakam tayanchi va himoyachisi sifatida shakllandi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

    Sizlarning mustaqilligimizni mustahkamlash, jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish borasidagi mardona xizmatlaringizni butun elimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

    Aziz do‘stlar!

    Biz o‘z faoliyatimizni boshlagan dastlabki kunlardan ikkita eng ustuvor masalaga — jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash hamda aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratib kelayotganimiz, albatta, bejiz emas. Chunki tinchlik va sog‘liq — bu har bir inson, butun xalqimiz uchun hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan bebaho ne’matdir.

    Shu bois, so‘nggi besh yilda ichki ishlar tizimini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallashtirish, quyi bo‘g‘in bo‘linmalari natijadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

    Jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar ongida ‘Qonun — ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar’ degan hayotiy tamoyilni qaror toptirish bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar joriy etilmoqda.

    Ayni paytda Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati yanada optimallashtirilib, uning tuzilmalari negizida Tezkor-qidiruv, Jamoat xavfsizligi, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash, Jazoni ijro etish, shuningdek, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentlari tashkil etilgani tizimning eng quyi bo‘g‘inidan respublika darajasigacha samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkonini bermoqda.

    Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratildi. Xususan, har bir mahalla, oila va shaxs kesimida jinoyatchilikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishda ‘fuqarobay’, ‘oilabay’ va ‘mahallabay’ ishlash orqali huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasini ta’minlash amaliyoti joriy etildi.

    Bugungi kunda aholining ehtiyojmand qatlami, jumladan, ‘temir daftar’, ‘ayollar daftari’ va ‘yoshlar daftari’ga kiritilgan fuqarolarimiz bilan manzilli ishlashni tashkil etib, ularning muammolarini hal etishda ichki ishlar tizimi xodimlari ham muhim hissa qo‘shmoqda.

    ‘Xavfsiz mahalla’ va ‘Xavfsiz hudud’ tamoyillari asosida ichki ishlar organlarining Milliy gvardiya va mahalla jamoatchiligi bilan hamkorlikdagi ishlari qisqa vaqt ichida o‘zining ijobiy natijasini berayotgani biz uchun katta ahamiyatga ega.

    Hududlardagi kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, jinoyatlarning dinamikasi va sodir etilishiga ta’sir qilayotgan omillarni aniqlash va ‘ilmiy diagnoz’ qo‘yish orqali jinoyatchilikni prognozlash va uning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Biz yangi tariximizda ilk bor yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ilmiy asosda maktab ostonasidan, bolalarning huquqiy-psixologik tarbiyasidan boshladik. Shu maqsadda joriy yilda tizimga 1 ming 100 nafar inspektor-psixologlar ajratildi. Kelgusi yilda bu ko‘rsatkichni 2 ming nafarga yetkazamiz. Bundan ko‘zlangan maqsadimiz — farzandlarimizni maktab yoshidan boshlab qonunga hurmat ruhida kamol toptirishdan iborat. Ishonamanki, bu vazifani a’lo darajada bajaramiz.

    Hududiy bo‘linmalarning tezkorligini oshirish va ularning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash uchun sohaga 2016-2021-yillarda qo‘shimcha 3,5 mingga yaqin yangi transport, 16 mingdan ortiq maxsus va texnik vositalar ajratildi.

    Mutaxassislar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi yo‘lga qo‘yilib, xodimlarning malakasiga qarab xizmat bo‘yicha o‘sishini ta’minlash, shuningdek, rahbarlarning professional salohiyatini oshirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bakalavriat va magistraturani o‘z ichiga oladigan ikki bosqichli zamonaviy oliy ta’lim tizimi, o‘quv jarayoniga nazariya bilan amaliyot uyg‘unligini ta’minlash uchun yangi ta’lim mexanizmlari joriy qilindi.

    Yangi tashkil etilgan Jamoat xavfsizligi universitetida ichki ishlar sohasi uchun ham yetuk kadrlarni tayyorlash jarayoni boshlandi. Xodimlarni xizmat davrida uzluksiz o‘qitish uchun ilk bor Malaka oshirish instituti ochilib, zamonaviy yondoshuvlar asosida masofaviy va mobil sayyor kurslarni o‘tkazish amaliyoti joriy etildi.

    Tajriba almashish, o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish, xodimlarni o‘qitish sohasida hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida jahonning 29 ta davlati huquq-tartibot idoralari bilan erishilgan ikki tomonlama xalqaro kelishuvlarga muvofiq amaliy ishlar olib borilmoqda.

    Fidoyi xodimlarning mehnatini munosib baholash, ularni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha salmoqli ishlar qilindi. O‘tgan besh yil mobaynida 500 dan ortiq ichki ishlar xodimlari va harbiy xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

    Xizmat xususiyatidan kelib chiqqan holda, alohida sharoitlarda o‘z vazifalarini bajaruvchi 25 mingdan ortiq xodimlarning oylik maoshlariga ustama haqlar belgilandi. 7 246 nafar xodimlar xizmat uylari bilan ta’minlandi, shuningdek, imtiyozli ipoteka krediti asosida qurilgan ko‘pqavatli uylardan 2 ming 300 ga yaqin xonadonlar ajratildi.

    Hurmatli soha vakillari!

    Ayni paytda, global dunyodagi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat soha faoliyatini zamon talablariga mos ravishda mutlaqo yangicha usullarda tashkil etishni taqozo etmoqda.

    Shaxsning huquq va erkinliklari kafolatini kuchaytirish, surishtiruv va tergov faoliyatini adolatli, xolis va haqqoniy olib borish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish, kiberxavfsizlikni ta’minlash va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha izchil ish olib borishimiz lozim.

    Sohaga ilg‘or tajribalar va ish usullarini, innovatsion-raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, xodimlarning intellektual va kasbiy salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy saviyasi, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish, ularning mashaqqatli va fidokorona mehnatini munosib qadrlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilash talab etiladi.

    Muxtasar aytganda, ichki ishlar organlarini aholiga va har bir oilaga yanada yaqinlashtirish, bu tizimni chin ma’noda xalqchil tuzilmaga aylantirish borasidagi islohotlarimizni bundan keyin ham izchil davom ettiramiz.

    Men Yangi O‘zbekistonning ichki ishlar organlari xodimlari — Vatanimizning asl o‘g‘lonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, ma’naviy va ma’rifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarshi matonat bilan kurashishga tayyor xalqimizning chin ma’nodagi himoyachilari ekaningizga qat’iy ishonaman.

    Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga fayzu baraka, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, 25-oktabr O‘zbekiston Ichki ishlar organlari xodimlari kuni etib belgilangan.

    Mavzuga doir: “Ichki ishlar xodimlarining ish haqi 30 foizga, mahallada xizmat o‘tovchi xodimlarniki esa 60 foizga oshiriladi” – Shavkat Mirziyoyev

    24.10.2021, 22:16   Izoh (0)   19896
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: To‘y kuni saylovda ishtirok etgan Qashqadaryo, Surxondaryo va Namangandagi kelin-kuyovlar

    24.10.2021, 21:36

    O‘zbekistonda prezident saylovida ovoz berish yakunlandi

    24.10.2021, 20:39

    O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi manzaralari — suratlarda

    24.10.2021, 20:00

    O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan saylov xalqaro standartlarga javob beradi — MDH Parlamentlararo assambleyasi missiyasi

    24.10.2021, 19:13

    “Oilaviy” ovoz berish holatlari hamon uchramoqda — MSK raisi o‘rinbosari

    24.10.2021, 18:29

    “Sizlar to‘g‘ri yo‘ldasizlar, lekin bu oxirgi qadam emas”. YeXHT vakili O‘zbekistondagi saylov haqida fikr bildirdi

    24.10.2021, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.