O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi manzaralari — suratlarda
O‘zbekistonda 24-oktabr kuni mamlakat tarixidagi oltinchi prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatdagi 10 761 ta saylov uchastkasi Toshkent vaqti bilan soat 08:00 da ochilib, soat 20:00 gacha saylovchilarni qabul qildi. Soat 11:00 ga kelib jami saylovchilarning 33 foizdan ortig‘i ovoz berishda qatnashib bo‘lgan va saylovni “bo‘lib o‘tgan” maqomiga chiqargan edi. Saylovchilarning bunday faolligi keyingi soatlarda ham davom etdi: Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 17:00 holati bo‘yicha jami saylovchilarning 71,8 foizi yoki 14 258 780 kishi ovoz berish huquqidan foydalanib bo‘lgan edi. Prezidentlikka nomzodlar ovoz berishda oila a’zolari bilan birga ishtirok etdi.
“Daryo” O‘zbekistonning turli hududlaridagi saylov jarayonlaridan tayyorlangan fotolavhalarni bir sahifaga jamladi.
Andijon viloyati
Andijon shahrida joylashgan Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida tashkil etilgan 35-saylov uchastkasida saylov kutilarini plombalayotgan xodimlar.Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov
Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida joylashgan Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan 617-saylov uchastkasida saylovchilarni kutib olayotgan davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimi.Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov
Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida joylashgan Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan 617-saylov uchastkasida saylovchilarni ro‘yxatga olayotgan uchastka saylov komissiya a’zolari.Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov
Andijon viloyati, Balichqi tumani “Avesto” mahallasida yashovchi, o‘z uyida ovoz berayotgan 78 yoshli Mahmudjon Karimov.Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov
Andijon viloyati Baliqchi tumani, “Navnihol” mahallasida joylashgan xususiy ishlab chiqarish korxonasida tashkil etilgan 284-saylov uchastkasida ovoz berayotgan yangi kelin-kuyovlar Shohrux Qurboyev va Feruza Valijonova.Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov
Andijon viloyati Baliqchi tumani, “Navnihol” mahallasida joylashgan xususiy ishlab chiqarish korxonasida tashkil etilgan 284-saylov uchastkasiga oilaviy ovoz berish uchun kelayotgan Umarovlar oilasi.Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov
Andijon viloyati Baliqchi tumani “Sirmoq” mahallasida joylashgan Baliqchi tibbiyot kollejida tashkil etilgan 292-saylov uchastkasiga ovoz berish uchun kirib ketayotgan saylovchilarni nazoratdan o‘tkazayotgan ichki ishlar xodimi.Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov
Andijon viloyati Baliqchi tumani “Sirmoq” mahallasida joylashgan Baliqchi tibbiyot kollejida tashkil etilgan 292-saylov uchastkasiga saylov byulleteniga o‘zi munosib deb bilgan nomzodni belgilayotgan saylovchilar.Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov
Buxoro viloyati
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi akademik litsey binosida joylashgan 3-Buxoro saylov okrugiga qarashli Buxoro shahridagi 23-saylov uchastkasiga onasi bilan kelgan qizaloq saylov taklifnomasiga hayrat va qiziqish bilan qaramoqda.Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova
Buxoro shahridagi “Jo‘ybor” mahallasidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joylashgan 34-saylov uchastkasiga kelgan imkoniyati cheklangan fuqarolar brayl alifbosi asosida nashrdan chiqqan prezident sayloviga doir saylov varaqasini to‘ldirmoqda.Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova
Buxoro shahridagi “Jo‘ybor” mahallasidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joylashgan 34-saylov uchastkasiga kelgan imkoniyati cheklangan fuqarolar brayl alifbosi asosida nashrdan chiqqan prezident sayloviga doir saylov varaqasini to‘ldirmoqda.Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova
G‘ijduvon tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil etilgan 548-saylov uchastkasiga tuman hokimi o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berish uchun oilasi bilan kirib kelmoqda.Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova
Xalqaro kuzatuvchilar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialida joylashgan 73-saylov uchastkasida elektron ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari bilan tanishmoqda.Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova
Buxoro davlat universiteti rektori Buxoro shahridagi 20-saylov uchastkasiga kelgan qozog‘istonlik Xalqaro kuzatuvchilar bilan tashrif qog‘ozini almashdi.Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani, “Qapchug‘ay” mahallasi hududidagi 730-saylov uchastkasi. Saylovda ovoz berayotgan O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murotova.Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani, “Qapchug‘ay” mahallasi hududidagi 730-saylov uchastkasi. Saylovga velosipedda kelayotgan otaxon.Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
Farg‘ona shahridagi 42-maktab binosida joylashgan 24-saylov uchastkasi. Davlat madhiyasi ijro etilmoqda. Yuziga himoya vositasi taqib olgan uchastka saylov komissiyasi a’zolari.Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
Farg‘ona davlat universiteti binosida joylashgan 71-saylov uchastkasi. Saylovda ovoz berayotganini tarixga “muhrlayotgan” talaba qiz.Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi binosida joylashgan 88-saylov uchastkasi. Saylovga yosh bolasi bilan kelgan oila.Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
Farg‘ona shahridagi gimnastikaga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosida joylashgan 61-saylov uchastkasi. Qo‘lida byulleten ushlagan onaxon va unga byulletenni qutiga qanday tashlashni o‘rgatayotgan uchastka saylov komissiyasi a’zosi.Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi binosida joylashgan 88-saylov uchastkasi. Ovoz berish uchun navbatda turgan saylovchilar.Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
Namangan viloyati
Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida joylashgan 114-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari boshlanishidan oldin duo-fotiha qilinmoqda.Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
Namangan shahridagi 83-saylov uchastkasidan chiqib kelayotgan ayol.Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
Namangan shahridagi 149-saylov uchastkasiga ovoz berish uchun kirib kelayotgan nuroniylar.Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
Namangan shahridagi 142-saylov uchastkasida prezidentlikka nomzodlar plakatlarini kuzatayotgan ona.Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida joylashgan 114-saylov uchastkasiga nabiralari hamrohligida ketayotgan otaxon.Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida joylashgan 114-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlarini kuzatayotgan xorijiy kuzatuvchilar.Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
Namangan shahridagi 119-saylov uchastkasida ovoz berib qaytayotgan ayol.Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
Namangan shahridagi 1-saylov uchastkasida ovoz berayotgan yosh oila.Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
Namangan shahridagi 1-saylov uchastkasiga kiraverishdagi ko‘rinish.
Qashqadaryo viloyati
Bola ko‘targan qashqadaryolik ayol prezidentlik saylovida ishtirok etmoqda.Foto: Otabek Qo‘ldoshev
Dehqonobodlik ayol farzandi bilan birga 220-saylov uchastkasida prezidentlik saylovida ovoz bermoqda.Foto: Otabek Qo‘ldoshev
Saylovda ovoz berayotgan qashqadaryolik ona va uni kutib turgan qizalog‘i.Foto: Otabek Qo‘ldoshev
Dehqonobodlik fuqarolar 221-saylov uchastkasida.Foto: Otabek Qo‘ldoshev
Saylovdan qaytayotgan qashqadaryolik momo va nabirasi.Foto: Otabek Qo‘ldoshev
Qashqadaryodagi saylov uchastkalaridan birida.Foto: Otabek Qo‘ldoshev
Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev va o‘g‘li tumandagi 984-saylov uchastkasida.Foto: Sherzod Hasanov
Samarqand viloyati
Samarqand sharidagi “Nurli kelajak” mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi 80 yoshli Omon Umrzoqov va Tatyana Mironenko. 7-okrug. 102-saylov uchastkasi.Foto: “Daryo”
Urgut tumani “Chag‘izmon” mahallasida joylashgan 1062-saylov uchastkasida saylovchining haroratini tekshirib ko‘rayotgan xodim. Saylov uchastkasida 2964 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan.Foto: Daryo
Samarqand tumani 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joylashgan 823-saylov uchastkasida saylovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.Foto: “Daryo”
Payariq tumani 667-saylov uchastkasida bugun baxt ostonasiga qadam qo‘yayotgan “Tohirshayx” mahallasi fuqarolari kelin-kuyov Haqnazar Lapasov va Nilufar Mavlonova o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.Foto: “Daryo” / Dilshod Hamidov
Mirobod tumani “Baynalminal” mahallasidagi 116-saylov uchastkasida ovoz berayotgan ayol yaqinida buvisining ovoz berib bo‘lishini kutayotgan qizaloq.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Mirobod tumani “Baynalminal” mahallasidagi 116-saylov uchastkasida ovoz berish oldidan nevarasiga qarab qo‘yayotgan erkak.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Mirobod tumani “Baynalminal” mahallasidagi 116-saylov uchastkasida uchastka xodimiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatayotgan ayol.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Izoh (0)