• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sizlar to‘g‘ri yo‘ldasizlar, lekin bu oxirgi qadam emas”. YeXHT vakili O‘zbekistondagi saylov haqida fikr bildirdi

    Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) maxsus koordinatori, tashkilotning O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarini kuzatuvchi qisqa muddatli missiyasi rahbari, avstriyalik deputat Reynxold Lopatka jurnalistlar bilan suhbatda saylov kampaniyasi va prezident saylovi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Saylov kuzatuvchisi sifatida Toshkentdagi qator saylov uchastkalariga tashrif buyurgan Reynxold Lopatkaninig ta’kidlashicha, prezident saylovi u kuzatuvchi bo‘lgan 2019-yil dekabrdagi parlament saylovlari kabi, yaxshi darajada tashkillashtirilgan. Bundan tashqari, Reynxold Lopatka so‘nggi yillarda saylovlar sohasida mamlakatda rivojlanish bo‘lganini qayd etdi. “Sizlar to‘g‘ri yo‘ldasizlar, lekin bu oxirgi qadam emas, navbatdagi qadamlarni qo‘yish kerak”, — deb ta’kidlagan u.

    Shu bilan birga, YeXHT vakili saylovdagi ayrim kamchiliklarni ham qayd etgan. “[Saylov uchastkalaridan birida] bir kishining, nega bilmadim, saylov qutisiga ikkita byulleten tashlaganini ko‘rdim”, — degan u.

    Reynxold Lopatkaning fikricha, saylov kampaniyalari davomida prezidentlikka nomzodlarning aytgan gaplarida katta farq kuzatilmagan.

    “Avstriyada nomzodlar o‘rtasida raqobat va kurash ancha kuchliroq. Hatto siz saylangan prezident bo‘lsangiz ham, boshqa nomzodlar kampaniya davomida siz haqingizda tanqidiy fikrlar bildirishi mumkin. Bu mening yurtim va O‘zbekiston o‘rtasidagi juda katta farq”, — deydi Reynxold Lopatka.

    Nomzodlarning saylov kampaniyasini yoritish borasida esa Reynxold Lopatka “albatta, u teng bo‘lmadi, lekin amaldagi prezidentni boshqa nomzodlarga qaraganda ko‘proq yoritish g‘arb mamlakatlarida ham kuzatiladi”, deya fikr bildirgan.

    Ma’muriy resurslarning sarflanishi borasida esa u shunday degan: “Yevropaning ayrim davlatlarida talablar qat’iy va undan foydalanishning iloji yo‘q. Aniq talablar bo‘lishi, qonunchilik bilan belgilanishi doim muhim”.

    Reynxold Lopatka muhokama qilinishi lozim bo‘lgan masalalar qatoridan nomzodlarni faqat siyosiy partiyalardan ko‘rsatish shartini ham qayd etib o‘tgan. “Ayrim partiyalar ro‘yxatga olinmagan”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni 24-oktabr kuni soat 20:00 ga qadar davom etadi. Toshkent vaqti bilan soat 17:00 holatiga ko‘ra ro‘yxatga olingan jami saylovchilar (19 859 127 kishi)ning 71,6 foizi yoki 14 258 780 kishi ovoz berib bo‘ldi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston prezidenti saylovi uch soatda “o‘tgan” maqomiga ega bo‘ldi. Barcha nomzodlar ovoz berib bo‘ldi

    24.10.2021, 18:12   Izoh (0)   16921
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston prezidenti saylovida 100 yoshdan oshgan fuqarolar ham saylov uchastkasiga borib, ovoz bermoqda (video, foto)

    24.10.2021, 17:32

    O‘zbekistonda soat 15:00 ga qadar saylovchilarning 64,2 foizi ovoz berib bo‘ldi

    24.10.2021, 17:14

    Yurt ravnaqi, xalq farovonligi va islohotlar davomiyligi uchun berilgan ovoz

    24.10.2021, 17:12

    “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanish cho‘qqisida” — Abdulaziz Komilov

    24.10.2021, 16:31

    Xorijdagi 120 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar 14—20-oktabr kunlari muddatidan oldin ovoz berdi — TIV

    24.10.2021, 16:10

    O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov saylovda ovoz berdi (foto)

    24.10.2021, 15:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.