Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 1/4 finalida “An-Nasr” 16-oktabr, shanba “Al-Vahda” bilan bahs yuritdi.
Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. 7-daqiqada Abdurazzoq Hamdallah o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipovning uzatmasini golga aylantirdi. Shundan Saudiya Arabistoni klubi yana 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi, ushbu gollarning ikkitasini Masharipov o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar Ismoil Matarning yagona goli evaziga hisobni qisqartirishga erishdi.
Shu tariqa “An-Nasr” BAA klubini mag‘lub etib, Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.
Qayd etish kerak, “Al-Vahda” o‘tgan bosqichda boshqa bir o‘zbekistonlik futbolchi Otabek Shukurov harakat qiladigan “Sharja”ni ortda qoldirgandi.
OChL
1/4 final bahsi
16-oktabr, shanba
Izoh (0)