• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev MDH rahbarlari kengashining yubiley majlisida ishtirok etdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tgan yubiley majlisida ishtirok etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko raisligida o‘tgan sammit ishida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Moldova bosh vaziri Natalya Gavrilitsa, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Gurbanguli Berdimuhamedov, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, MDH ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev ham qatnashdi.

    Kun tartibiga muvofiq delegatsiyalar rahbarlari tashkilot faoliyatining 30 yillik davrida ko‘p tomonlama hamkorlikning rivojlanishi va erishilgan yutuqlar yuzasidan fikr almashdilar, iqtisodiy, huquqiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

    Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida MDH doirasidagi sheriklikni mustahkamlashning muhim yo‘nalishlari yuzasidan nuqtayi nazarini bayon qildi.

    Hamdo‘stlik mamlakatlarida barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash muhim ekani alohida ta’kidlandi.

    Pandemiya oqibatlari o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan bugungi sharoitda savdo-iqtisodiy sheriklikda ijobiy sur’at saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2021-yil boshida O‘zbekistonning MDHdagi hamkorlari bilan ikki tomonlama savdosi hajmi qariyb o‘ttiz foizdan ziyod oshdi. Ayni paytda tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari ham miqdor, ham sifat jihatidan ortib bormoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bilan bir qatorda Hamdo‘stlik makonida erkin savdo hududining istisnolik va cheklovlarsiz, to‘laqonli faoliyat yuritishi zarurligi qayd etildi. Shu munosabat bilan kompleks tahlil asosida birlashma doirasidagi savdo siyosatini yanada liberallashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish taklif etildi.

    Qo‘shma loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va biznesning uzoq muddatli loyihalarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishni MDH makonining 2022-yilgi iqtisodiy kun tartibining muhim masalasi sifatida belgilashni taklif qildi.

    Bugungi kunda O‘zbekiston tashabbusi bilan hamkorlik bo‘yicha tegishli uzoq muddatli dastur tayyorlanmoqda. 2022-yilda O‘zbekistonda Hamdo‘stlikda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha forum va ko‘rgazma o‘tkaziladi.

    Davlat rahbari samarali mintaqalararo va transqit’aviy transport yo‘laklari tizimini, shu jumladan, yuk tashish tariflarini pasaytirish va tartibotlarini soddalashtirish orqali yanada rivojlantirish zaruriyatiga alohida e’tibor qaratdi.

    O‘zbekiston qo‘shma innovatsion dasturlarni faol ilgari surish va yosh tadbirkorlarni jalb qilgan holda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning ham tarafdoridir. Hamdo‘stlik mamlakatlarining texnologik va IT-parklari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha dastur ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.

    MDH Iqtisodiy kengashi faoliyatiga mamlakatlarning ishbilarmon doiralari va hududlari vakillarini jalb qilish orqali kengash faoliyatini kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

    Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va “yashil” kun tartibini ilgari surish, biologik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, mehnat bozorini takomillashtirish, o‘zaro sayyohlar oqimini qayta tiklash va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Afg‘onistondagi vaziyat to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston Prezidenti afg‘on xalqiga insonparvarlik va iqtisodiy yordamni davom ettirish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ayni paytda terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

    Davlat rahbarini so‘zining yakunida O‘zbekiston MDH mamlakatlari xalqlarining farovonligi yo‘lidagi sheriklikda aniq natijalarga erishish maqsadida konstruktiv muloqotni davom ettirish va yaqindan hamkorlik qilishda qat’iy ekanini tasdiqladi.

    Sammit yakunida tashkilotning 30 yilligi munosabati bilan bayonot, biologik xavfsizlikni ta’minlash, migratsiya sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bayonotlar, Oliy sudlar vakillarining kengashini tuzish to‘g‘risida bitim hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlariga doir boshqa qator muhim hujjatlar qabul qilindi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklidagi yig‘ilishida ishtirok etdi
    • Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi “Farhod” madaniyat saroyida viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdi

    15.10.2021, 20:11   Izoh (0)   11063
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda quvur nosozligi sabab uy ichida yuz bergan toshqinni bartaraf etish uchun qutqaruvchilar chaqirildi

    15.10.2021, 19:30

    Namangandagi korxona 10 ming xonadonning 1 kunlik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

    15.10.2021, 18:43

    Sergey Lavrov O‘zbekistonda rus maktablarini ochish dasturi tayyorlanayotganini ma’lum qildi. XTV esa o‘zida bunday ma’lumot yo‘qligini bildirdi

    15.10.2021, 18:41

    O‘zbekistonda o‘tkazilgan 2 kunlik reydda 338 nafar maktab o‘quvchisi bozorlarda savdo-sotiq va aravakashlik qilib yurgani aniqlandi

    15.10.2021, 18:14

    “Vatanparvar” rahbari Husan Botirov: “Har qanday holatda ham yo‘l-transport hodisalarining asosiy sababchisi – haydovchi”

    15.10.2021, 17:42

    O‘zbekistonga Germaniyadan ilk bor ko‘chma mobil PZR laboratoriyasi olib kelindi

    15.10.2021, 17:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.