Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Sizlarga ma’lumki, yurtimizdagi ahillik, totuvlikni mustahkamlashga alohida e’tibor beryapmiz. Buning natijasida hayotingizda nimalar o‘zgardi? Nima muammolar, qanday takliflar bor? Shular haqda sizlar bilan yurakdan gaplashgani keldim”, — dedi Prezident.

Ko‘p millatli Navoiy viloyati — xalqlar do‘stligi va o‘zaro anglashuvining yorqin ifodasi. O‘zbek, qozoq, qoraqalpoq, tojik, rus, koreys va ko‘plab boshqa millat vakillari bir oila a’zolaridek yashab, mamlakat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Viloyatda 8 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Maktablarda o‘qitish 7 tilda yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uchrashuvda qatnashgan turli millat va elat vakillari ularning o‘qib, ishlashi, madaniyatini saqlashi uchun keng sharoit yaratilganini ta’kidlashdi. O‘zlari, farzandlari erishayotgan muvaffaqiyatlarni so‘zlab berdi. Madaniy markazlar uchun binolar ajratilgani, 30-iyul mamlakatda Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilangani qayd etildi.

“Bugun saylovchilar bilan uchrashuvda bu qutlug‘ bayramni kelgusi yili Navoiy viloyatida katta tantana bilan nishonlash taklifini bildirdim. Shuningdek, 2022-yilda Navoiyda ko‘p millatli xalqimiz birligining ramzi sifatida Do‘stlik bog‘ini barpo etishni rejalashtirganmiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident mamlakatda yashayotgan barcha millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari shu bilan Navoiy viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.