• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Polshada mamlakat konstitutsiyasi Yevroittifoq qonunlaridan ustun qo‘yildi. Butun mamlakat bo‘ylab muxolifat Yevroittifoqni qo‘llab-quvvatlab namoyishlar o‘tkazmoqda. Polsha Yevroittifoqdan chiqadimi?

    Oktabr boshida Polsha Konstitutsiyaviy sudi mamlakat konstitutsiyasi Yevropa Ittifoqi qonunlaridan ustun turishi haqida qaror chiqardi. Rasman olib qaraganda, Polsha hukumatining bu harakati mamlakatni Yevroittifoqdan chiqarishga qo‘yilgan qadamdir. Boz ustiga anchadan buyon Yevroittifoq mamlakat konservativ hukumatining mustaqil ommaviy axborot vositalari va fuqarolik erkinliklariga qarshi tazyiqlaridan norozi bo‘lib keladi. Polsha muxolifati allaqachon butun mamlakat bo‘ylab va chet elda Yevropani qo‘llab-quvvatlovchi yirik namoyishlarni boshlab yuborgan. Jurnalist Stanislav Kuvaldin “Polekzit” — Polshaning Yevroittifoqdan chiqishi ehtimoli qanchalik haqiqatga yaqinligini tushuntirib berdi

    Polsha va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini ko‘tarib olgan kishilar Varshavadagi Qal’a maydonida mamlakat Konstitutsiyaviy sudining milliy qonun ustuvorligi haqidagi qaroriga qarshi ommaviy namoyish o‘tkazmoqda.

    Polsha va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini ko‘tarib olgan kishilar Varshavadagi Qal’a maydonida mamlakat Konstitutsiyaviy sudining milliy qonun ustuvorligi haqidagi qaroriga qarshi ommaviy namoyish o‘tkazmoqda.
    Foto: AP Photo

    Polsha Konstitutsiyaviy sudi aynan qanday qaror qabul qildi? Nima uchun bu mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi xavfini uyg‘otadi?

    Polsha hukumati rahbari Mateush Moravetskiyning murojaatiga javoban Polsha Konstitutsiyaviy sudi 7-oktabr kuni Yevropa Ittifoqi sudi Polsha sud organlarining vakolatiga taalluqli qarorlar chiqarish huquqiga ega yoki yo‘qligini hal qildi. Yana bir muhim savol kun tartibida turardi: Polsha sudyalari Yevropa Ittifoqi sudining Polsha qonuni me’yorlariga zid bo‘lgan va boshqa Polsha sudyalarining qonuniyligini shubha ostiga qo‘yadigan qarorlariga murojaat qila oladimi? Oxir-oqibat Konstitutsiyaviy sud Yevroittifoq asosiy sud organining bunday qarorlari Polsha konstitutsiyasiga zid degan qarorga keldi, chunki bu holda Polsha suveren davlat sifatida ish olib borolmaydi.

    Bosh vazirning shikoyatiga Yevroittifoqning 2021-yil 2-martdagi qarori sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra, Yevroittifoq Oliy sud organi Polsha sudlariga Polsha qonunchiligi me’yorlarining Yevroittifoq qonunlariga muvofiqligini mustaqil ravishda baholash, aniqlangan har qanday nomuvofiqlikni Ittifoq me’yorlari bilan tenglashtirish huquqini berdi.

    Xuddi shu qaror bilan Polshaning turli instansiya sudlariga 2018-yildan keyin tayinlangan sudyalarning vakolatlari va Milliy Sud kengashining islohotlarini shubha ostiga olish vakolati berildi. Bu qaror asosiy o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lgan sudni hukmron partiya nazorati ostiga qo‘ydi va uni mustaqillikdan mahrum qildi.

    Bir tomondan Yevropa Ittifoqi sudining qarori gipotetik jihatdan Polshadagi sud tizimining falajlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sof pragmatik nuqtayi nazardan Polsha ijroiya hokimiyatining vaziyat xavfli tomonga rivojlanishini to‘xtatish yo‘lidagi motivlarini tushunish mumkin. Biroq buning uchun tanlangan vosita yanada xavfliroq bo‘lishi mumkin. Yevroittifoq sudi o‘zining 2-martdagi qarorida Ittifoqning ta’sis hujjati Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaga va aniqrog‘i, ushbu shartnomaning 19-moddasiga ishora qiladi. U Yevropa Ittifoqi sudining “milliy yurisdiksiya organlarining iltimosiga binoan Ittifoq qonunini talqin qilish yoki institutlar tomonidan qabul qilingan aktlarning haqiqiyligi to‘g‘risida” qaror qabul qilish huquqini belgilaydi.

    Bu qarorning bosh mohiyati esa 2-moddani nazarda tutadi: unda Ittifoq barcha a’zo davlatlar tomonidan hurmat qilinishi kerak bo‘lgan qiymat birligiga asoslangani aytilgan. Polsha Konstitutsiyaviy sudi ushbu shartnomaning bandlarini rasman shubha ostiga olmadi, lekin sudga Polsha sud tizimini baholash uchun ularni qo‘llashga imkon beruvchi “talqin”ga qo‘shilmadi: bu Polsha konstitutsiyasiga zid deb hisobladi.

    Bundan kelib chiqadiki, Polsha konstitutsiyasi xalqaro shartnomalardan yuqori qo‘yilgan. Bir qator polshalik huquqshunoslarning fikricha, vaziyatdan to‘g‘ri chiqish yo‘llari sanoqli: yo Polsha qonunlarini, jumladan, konstitutsiyani o‘zgartirish yoki Polshani Yevropa Ittifoqidan chiqarish.

    Bu Polsha hukumatiga nima uchun kerak?

    Polshadagi hukmron “Qonun va Adolat” partiyasi (QvA) 2015-yilda hokimiyatga kelishi bilanoq “ma’muriy resurs”dan foydalana boshladi. U qo‘llagan usullardan biri — davlat OAVlari ustidan, xususan ularning tahririyat siyosati ustidan nazoratni kuchaytirish, boshqa biri, ehtimol, yanayam muhimrog‘i esa — sud tizimi ustidan nazorat o‘rnatish edi.

    2015-yilda QvA Konstitutsiyaviy sud atrofida inqiroz keltirib chiqardi. QvA ko‘pchilik o‘rinni egallagan seym (Polsha parlamentining quyi palatasi)ning yangi tarkibi o‘zidan avvalgi parlament chaqirig‘i bilan tayinlangan beshta sudyaning qonuniyligini tan olmadi va ularning o‘rniga o‘z nomzodlarini tanladi.

    Yangi beshta sudyadan uchtasining vakolatlari haligacha siyosatchilar va Konstitutsiyaviy sud hakamlari tomonidan “noaniq” deb hisoblanadi — ularning o‘rnida seymning avvalgi tarkibi tomonidan tanlangan va Konstitutsiyaviy sudning o‘zi tan olgan nomzodlar bor. Shunga qaramay, bu sudyalar o‘z vazifalarini bajarishga kirisha olmadi, chunki QvA vakili Polsha prezidenti Anjey Duda ularning qasamyodini qabul qilishdan bosh tortdi.

    Yangi sudyalar qatoridan Yuliya Pshilembskaya joy olgan. 2001-yilda Polshaning Berlindagi konsulxonasida bir muddat ishlagan Pshilembskaya o‘zining sudyalik maqomini tiklamoqchi bo‘lganida, uning ilgarigi sud ishlari sifatini tekshirgan professional sudyalar hay’ati qarori bilan unga rad javobi berilgandi. Bir necha yil o‘tib, bunday tekshiruvlar bekor qilingandan so‘ng Pshilembskaya sudyalikka qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Pshilembskaya Konstitutsiyaviy sudga qo‘shilganidan ko‘p o‘tmay prezident Dudaning qarori bilan sud raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    O‘shandan beri jamiyatning muxolifat kayfiyatidagi qismi Konstitutsiyaviy sudning qonuniyligini butunlay rad etib, uni “Pshilembskayaning konstitutsiyaviy sudi” deb ataydi — bu birinchi navbatda, zaxiradagi sudyalar ishtirokida qabul qilingan qarorlarga taalluqlidir. 7-oktabr kuni Moravetskiyning iltimosini ko‘rib chiqishda ular ham ishtirok etgan.

    Bundan tashqari, 2018-yilda sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlaydigan, sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish maxsus organi bo‘lgan Sud Milliy Kengashi (Krajowa Rada Sądownictwa) to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi. Kengash turli instansiya sudyalari, jumladan, Oliy sud sudyalarining nomzodlarini tasdiqlaydi. Endi QvA tomonidan nazorat qilinuvchi seym kengash a’zolarini tanlashdagi ta’sirini sezilarli darajada kengaytirdi, bu esa kengashni hokimiyatning boshqa tarmoqlaridan mustaqil bo‘lishini hech bo‘lmaganda qisman yo‘qqa chiqaradi.

    Milliy Sud kengashining noaniq maqomi avtomatik ravishda uning yordamida tanlangan sudyalarning qonuniyligiga shubha tug‘diradi. Bu, birinchi navbatda, 2018-yilda tuzilgan maxsus organ — Oliy sudning intizom palatasiga taalluqlidir. Uning vakolatlariga advokatlar, prokurorlar va sudyalar tomonidan protsessual va intizomiy buzilishlarni tekshirish, shuningdek, sudya va prokurorlardan daxlsizlikni olib tashlash kiradi. Palata tarkibi to‘liq Milliy Sud kengashi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar orasidan tanlanadi, uning vakolatlari esa Polsha jamiyatining katta qismida, siyosatchilar va yuridik hamjamiyatda shubha uyg‘otadi.

    Ya’ni hozirda Polsha sud tizimida so‘zsiz avtoritetga ega birorta organ yo‘q hisobi.

    Yevropa Ittifoqi nimalar qilishga ulgurdi? Polsha hukumati bunga qanday munosabat bildirdi?

    Polsha sud tizimidagi vaziyat uzoq vaqtdan beri Yevropa Ittifoqini tashvishga solib keladi. Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra, Ittifoqning qadriyatlari “inson qadr-qimmatini hurmat qilish, erkinlik, demokratiya, tenglik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini, shu jumladan, ozchiliklarga mansub shaxslarning huquqlarini hurmat qilish”ni o‘z ichiga oladi. QvAdagi konservatizm va yevroskeptitsizm ancha oldin Bryusselni g‘azabini qo‘zg‘atgan, lekin sud hokimiyati mustaqilligining buzilishi — QvA tomonidan ko‘rilgan choralarni shunday izohlash mumkin — reaksiya bildirish uchun asosli sabab bo‘ldi.

    2016-yilda Yevropa Komissiyasi Polshada qonun ustuvorligi tamoyillariga tahdidlar borligini qayd etib, maxsus tartibni ishga tushirdi, uning yakuniy qismi Polshani Yevropa Kengashida ovoz berish huquqidan mahrum qilishi, ya’ni ittifoq darajasida eng muhim qarorlarni qabul qilishdan chetlatishi mumkin edi.

    Uning oqibatlarini oldindan aytib bo‘lmasligi sababli Yevropa Ittifoqi jarayonni oxiriga yetkazishga jur’at eta olmadi. Biroq Polsha Yevropa Ittifoqi ma’muriy tuzilmalarining ro‘yxatiga tushdi. Polshani Yevropa Kengashida ovoz berish huquqidan mahrum qilish jarayoni tugallanmagan bo‘lsa-da, u ittifoqchilar va Yevropa Ittifoqi rahbariyatining mamlakat haqidagi boshqa qarorlariga ta’sir qilishi mumkin.

    Masalan, Yevropa Ittifoqining 2021–2027-yillar uchun yangi uzoq muddatli moliyaviy rejasini muhokama qilishda Yevropa budjetidan to‘lovlarni Ittifoqning turli mamlakatlarida qonun ustuvorligiga hurmat tamoyillari bilan bog‘lash g‘oyasi ko‘rib chiqildi. Taklif donor mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va to‘g‘ridan to‘g‘ri Polshaga bog‘landi, chunki u Yevropa budjetidan eng ko‘p grant va subsidiyalar oluvchi davlat.

    2020-yil fevral oyida Polshada sudyalarga boshqa sudyalarning vakolatlarini va ularning harakatlari qonuniyligini ochiqchasiga shubha ostiga qo‘yishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi (ular Yevropa Ittifoqi qonunlariga murojaat qilish orqali shunday qilishi mumkin edi). Bu qonun Polsha muxolifati orasida “tumshuqbog‘lar to‘g‘risidagi qonun” nomi bilan tanildi. 2020-yil aprel oyida Yevropa Komissiyasi Polshadan uni bekor qilishni talab qildi va mamlakatni Yevropa Ittifoqi qonunlarini buzganlikda aybladi. Polshadan hech qanday javob olmagach, Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi sudiga murojaat qildi.

    2021-yil 14-iyulda Yevropa Ittifoqi sudi “tumshuqbog‘lar to‘g‘risidagi qonun” bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi va intizom palatasi o‘z faoliyatini butunlay to‘xtatishi kerakligini tasdiqladi. Polsha hukumati bularning hech birini amalga oshirmadi.

    Xo‘sh, Polsha Yevropa Ittifoqidan chiqadimi? Bu mamlakat uchun qanday xavf tug‘dirishi mumkin?

    Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishidan mamlakat hukumatining o‘zi ham, Yevropa Ittifoqi ham biror manfaat ko‘rishi dargumon. Shunga qaramay, Ittifoqning “xavotirli izhorlarini” e’tiborsiz qoldirish yo‘lini tanlagan Polsha chetlab o‘tish mushkul bo‘lgan oqibatlarga duch keldi.

    Birinchidan, Polshaning Yevropa Ittifoqi qonunlari va uning sudlari qarorlariga ochiqdan ochiq hurmatsizligi ittifoqdagi nufuzli davlatlarni g‘azablantirgani aniq. Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari allaqachon qo‘shma bayonot berdi va unda Polshaning Yevropa Ittifoqi qonunlariga rioya qilishi bo‘yicha huquqiy va ma’naviy majburiyati haqida gapirdi.

    Pandemiyadan keyin Ittifoq iqtisodiyotini tiklash uchun Yevropa Ittifoqining tiklanish va barqarorlik fondidan Polshaga pul ajratishi jiddiy so‘roq ostida. Bu fonddan Polshaga 57 milliard yevro ajratilishi kerak. Biroq Polshani tiklash milliy rejasi Vengriyaning xuddi shunaqa rejasi kabi haligacha Yevropa Komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan.

    Vengriyaga mablag‘ ajratishning kechikishi Yevropa Ittifoqining Viktor Orban hukumatining avtoritar tendensiyalaridan, Vengriya tomonidan LGBTga qarshi konservativ qonunlar qabul qilinishidan va rejim tomonidan tashlangan boshqa ziddiyatli qadamlardan noroziligi bilan izohlanadi, endi esa Bryussel Vengriya unga siyosiy yon bosishini kutyapti.

    Polsha reja summasining 13 foizi miqdorida avans olishga umid qilishi mumkin edi. Vaziyatdan xabardor manbalarning tasdiqlashicha, Yevrokomissiya avans to‘lovini Yevropa Ittifoqi sudi qarorlarining bajarilishi bilan bog‘lagan. Konstitutsiyaviy sud qarori bilan bog‘liq demarshdan keyin butun summani muzlatish yoki hatto yo‘qotish masalasi ko‘tarilmoqda. Yevropa parlamenti spikeri o‘rinbosari Katrina Barli Polshaning muxolifatchi nashri “Gazeta Viborcha”ga bergan intervyusida hozirgi vaziyatda kimdir bu pulni Polshaga ajratishini “tasavvur qila olmasligini” aytdi. Yevrokomissiyaning keyingi qadamlari hali noaniq, lekin vaziyatning keskinligini hisobga olsak, ularning Varshava foydasiga tashlanishi dargumon.

    Polsha sud jamoatchiligidagi holat tarqoqligicha qolmoqda, ularni faqat repressiya orqali itoat qildirish mumkin, vaziyat Konstitutsiyaviy sud qaroridan keyin ham o‘nglangani yo‘q. Polshaning Yevropa Ittifoqidagi mavqeyi haqidagi savolning keskinlashuvi va hech bo‘lmaganda ittifoqdan chiqish haqidagi faraziy xavf muxolifat kuchlariga (ularning ko‘pchiligi kelajakni Yevropa Ittifoqi bilan bog‘laydi) kelgusi harakatlar uchun aniq kun tartibini belgilaydi.

    10-oktabr kuni Varshavadagi Qal’a maydonida 100 mingdan ziyod odam ishtirokida katta miting bo‘lib o‘tdi, Polshaning boshqa shaharlaridagi aksiyalar esa mamlakat muxolifat kuchlarini birlashtirdi. Mamlakatning amalda Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqish ehtimoli past bo‘lsa ham bunday xavf, Polsha jamiyatidagi liberal va so‘lchilar qismining fikricha, Polshani Yevropadan “sivilizatsiya jihatdan” uzishga intilayotgan QvAdan eng yomon umidlar kutilayotganini tasdiqlaydi.

    Ammo bunday nuqtayi nazar bilan o‘ylamaydigan polshaliklar uchun ham Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarning murakkablashuvi yaxshi yangilik emas. Yevropa byudjetidan olinadigan puldan ayrilish ehtimoli bilan bir qatorda, bu Yevropa universitetlarida ta’lim olish, chet elda ishga joylashish shartlari va hatto pandemiyada ham qisman saqlanib qolgan umumyevropa makonidagi boshqa imtiyozlar haqida tashvishlanish zarurligini anglatishi mumkin.

    Brexit oqibatida Britaniya orollarida yashovchi har beshinchi Polsha fuqarosi vaqtincha bo‘lsa ham vataniga qaytishga majbur bo‘lgandi. Bu esa mavjud muammolarni jiddiy qabul qilishga undaydi. Ular faqatgina Polsha hukumatiga xayrixohlarni o‘ylantirish bilan cheklanmaydi.

    Mavzuga doir: Shotlandiyadagi parlament saylovlarida mustaqillik tarafdorlari ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritdi. Ular Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazishni rejalashtirmoqda

    15.10.2021, 19:44   Izoh (0)   19991
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Rossiyaning Yekaterinburg shahrini botqoqlikdan chiqayotgan tutun qoplab oldi

    15.10.2021, 19:15

    “Tolibon” uchun narkobiznesdan tushadigan daromaddan voz kechish qiyin bo‘ladi — Putin

    15.10.2021, 18:29

    Afg‘onistonda “Tolibon” va qarshilik kuchlari o‘rtasida shiddatli janglar bormoqda

    15.10.2021, 16:12

    Latviya prezidenti koronavirusga chalindi, Janubiy Koreya rahbari qayta emlandi, Braziliya prezidenti esa emlanishdan bosh tortdi. Koronaxabarlar

    15.10.2021, 13:39

    AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton kasalxonaga yotqizildi

    15.10.2021, 12:45

    Norvegiyada kamon va nayzalar bilan amalga oshirilgan hujum terakt deb baholandi. U qurbonlar soni bo‘yicha mamlakat tarixidagi ikkinchisi bo‘ldi

    15.10.2021, 12:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Shrek-5” multfilmining syujetini oshkor qildi — voqealar real hayotda yuz beradi

    Madaniyat | 10 may, 15:50

    “Agar AQSH Rossiyaga hujum qilsa, yordamchi qo‘shin yuboramiz” — Kim Chen In

    Dunyo | 10 may, 15:20

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    Dunyo | 10 may, 15:00

    Yuzga nafis yaltirash beruvchi xaylayterni to‘g‘ri qo‘llashning 5 usuli

    Layfstayl | 10 may, 14:40

    Soliq mobil ilovasida salkam 11 mln odam ro‘yxatdan o‘tgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 14:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.