• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Norvegiyada kamon va nayzalar bilan amalga oshirilgan hujum terakt deb baholandi. U qurbonlar soni bo‘yicha mamlakat tarixidagi ikkinchisi bo‘ldi

    Norvegiyada kamon va nayzalar bilan qurollangan erkak besh kishini o‘ldirdi. Bu 13-oktabr kuni kechqurun mamlakat janubida joylashgan va qariyb 25 ming aholisi bo‘lgan Kongsberg shahrida yuz berdi. Jinoyatchi shahar markazi bo‘ylab yurib, o‘tkinchilarga hujum qilgan. Politsiya fikricha, u o‘z qurbonlarini tasodifiy ravishda tanlagan. 50—70 yosh oralig‘idagi to‘rt ayol va bir erkak halok bo‘ldi. Yana ikki kishi, jumladan bir politsiyachi yaralandi, ularning hayoti xavf ostida emas.

    Politsiyachilar Kongsbergdagi otishma joyida

    Politsiyachilar Kongsbergdagi otishma joyida
    Foto: EPA

    Hujum qilgan shaxsni qo‘lga olishga yarim soat vaqt ketdi. Politsiyaga hujum haqidagi birinchi xabar mahalliy vaqt bilan 18:13 da kelib tushgan. Besh daqiqadan keyin patrul xodimlari jinoyatchini ko‘rib, uni qo‘lga olishga uringan, biroq u politsiyachilarga qarata o‘q uzgan va qochib ketgan, ularda esa qurol bo‘lmagan. Bir necha daqiqa o‘tib, bu yerga qo‘shimcha qurollangan patrullar yuborildi, 18:47 da esa gumonlanuvchi ushlandi. Hibsga olishdan avval politsiyachilar havoga ogohlantiruvchi o‘q uzgan. Hodisadan keyin politsiyachilarga qurollanish buyurildi, odatda esa Norvegiyada ular qurol olib yurmaydi.

    Hujum qilgan shaxs 37 yoshli Daniya fuqarosi bo‘lib chiqdi. Politsiya hozircha uning ismini oshkor qilmayapti, ammo shu narsa ma’lumki, politsiyaga uning “radikallashgani” haqida xabarlar kelib tushgan. Bunday xabarlarning so‘nggisi 2020-yil sanasiga tegishli.

    VG nashriga ko‘ra, gumonlanuvchi Norvegiyada tug‘ilgan va butun umr shu yerda yashab kelgan. 2000-yillar boshidan buyon u rasman ishsiz hisoblanadi. NRK ma’lumotlariga qaraganda, u o‘g‘rilik va narkotiklar sotib olish bo‘yicha muqaddam sudlangan, yarim yil oldinroq esa o‘ldirish bilan tahdid qilgan ikki qarindoshiga yaqinlashmaslik bo‘yicha suddan taqiq olgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u bu taqiqni kamida bir marta buzgan.

    Hujumchining maqsadi hozircha noma’lum. 14-oktabr kuni ertalab uning advokati gumonlanuvchi o‘z maqsadlarini ochib beruvchi ko‘rsatmalarni taqdim etayotganini aytgandi, ammo ularning mohiyatiga aniqlik kiritmadi. Gumonlanuvchining sheriklari bo‘lmagan. Norvegiya xavfsizlik politsiyasi ayni paytda hujum terakt sifatida baholanayotganini ma’lum qildi. Muassasa xabarida ta’kidlanishicha, hujumdan ko‘zlangan maqsad bo‘yicha yanada batafsilroq ma’lumotlar tergov jarayonida aniqlanadi. Mamlakatda terrorchilik xavfi “o‘rtacha” darajada qolmoqda.

    Kongsbergdagi ommaviy qotillik — qurbonlar soni bo‘yicha Norvegiya tarixidagi ikkinchisi. Bundan ko‘proq odamlar Anders Breyvik tomonidan amalga oshirilgan teraktda halok bo‘lgan. 2011-yil iyulida o‘ta o‘ng qarashlarga ega Breyvik Oslo markazida bomba portlatib, so‘ng Utoyya orolidagi yoshlar lagerida otishma sodir etgan. Oqibatda 77 kishi halok bo‘lgan, ularning ko‘pchiligini o‘smirlar tashkil qilgan. Terrorchi Norvegiyada mumkin bo‘lgan maksimal jazo — 21 yillik qamoqqa hukm qilindi, agar hukumat jamiyat uchun hamon xavf tug‘diradi, degan xulosaga kelsa, muddat uzaytirilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Norvegiyada kamon va nayza bilan qurollangan erkak o‘tkinchilarga hujum qildi. Besh kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi
    • 77 kishini o‘ldirgan norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik muddatidan oldin ozodlikka chiqish bo‘yicha iltimosnoma yo‘lladi

    15.10.2021, 12:15   Izoh (0)   16103
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayrut markazida norozilik namoyishlari qonli otishma bilan yakunlandi. Olti kishi halok bo‘ldi

    15.10.2021, 10:26

    OAV: AQSh Iroq va Suriyadagi qo‘shinlarini to‘liq olib ketishni rejalashtirmayapti

    14.10.2021, 22:44

    Saakashvili Gruziya yerlarini Ozarbayjonga berganlikda ayblanib, sudga tortilishi mumkin

    14.10.2021, 21:43

    Xabar biznesini yaratgan va maxsus xizmatlardan ham ko‘proq ma’lumotga ega Reuters. Axborot sohasi gigantining rivojlanish yo‘li

    14.10.2021, 20:26

    JSST 70 yil oldin vafot etgan afroamerikalik Genriyetta Laksni mukofotladi. Uning “abadiy” hujayralari ko‘plab ilmiy kashfiyotlarda yordam bergan

    14.10.2021, 18:27

    Moldovada gaz yetishmasligi tufayli yuqori shaylik rejimi e’lon qilindi

    14.10.2021, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina avgust oyining oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi” — Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi

    Dunyo | 24 iyul, 00:39

    “Svetni o‘chirib-yoqaverib, texnikalarimizni ishdan chiqaryapsiz” — aktyor Mehriddin Rahmatov energetika tizimi masʼullariga murojaat qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 23:46

    Fransiya Isroilni ommaviy ocharchilikni keltirib chiqarishda ayblamoqda

    Dunyo | 23 iyul, 23:15

    MMA tarixidagi eng xato qarorlar top-10 ligi

    UFC | 23 iyul, 22:59

    Surxon qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Besh gektar yerni qamragan olovni 250 kishi o‘chirmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 22:56

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.