O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 3,4 trillion so‘mni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi 2010-yil bilan solishtirilganda 13 baravarga oshgan.
Avvalroq qo‘mita O‘zbekistonda 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 1216 tani tashkil etganini ma’lum qilgandi. Shundan 147 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Viloyatlar kesimida shifoxonalar soni bo‘yicha Andijon viloyati birinchi o‘rinda (154 ta).
2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda har 10 ming aholiga 27 nafar shifokor to‘g‘ri kelgan.