• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Zidanni ortda qoldirgan Benzema, yana jarohat olgan “billur oyoqli” Azar va APLda tengsiz bo‘lgan Ronaldu. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 8-oktabr kunining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 3 ta medal qo‘lga kiritildi

    Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

    Foto: MOQ matbuot xizmati

    Foto: MOQ matbuot xizmati

    Unda -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ozoda Hojiyeva 2 ta medalga sazovor bo‘ldi. Ozoda siltab ko‘tarish bahslarida ilk urinishda — 92 kg, ikkinchi urinishda — 95 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. So‘nggi urinishda esa 98 kilogrammni ko‘tara olmadi. Shunday bo‘lsa-da, u siltab ko‘tarishda uchinchi o‘rinni band etdi.

    Yakuniy hisobga ko‘ra, 172 kg natija qayd etgan Ozoda ikkinchi o‘rinni egalladi va O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga jahon chempionatining birinchi kumush medalini qo‘shib qo‘ydi.

    Foto: MOQ matbuot xizmati

    Foto: MOQ matbuot xizmati

    -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyorbek Ermatov esa dast ko‘tarish mashqida 132 kg natija qayd etdi va ushbu yo‘nalishda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun musobaqadagi dastlabki oltin medal bo‘ldi.

    Shuningdek, Ermatov siltab ko‘tarish bahslarida ham o‘z kuchini sinab ko‘rdi. Biroq sovrinli pog‘onalardan joy ololmadi — 5-o‘rin.

    Superliganing sentabr oyidagi eng yaxshilari aniqlandi

    PFL matbuot xizmati

    PFL matbuot xizmati

    O‘zbekiston professional futbol ligasi (PFL) sentabr oyining eng yaxshilarini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.

    Unga ko‘ra, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Qarshi klubi Berdiyev qo‘l ostida 3 o‘yinda 3 g‘alaba qayd etdi. To‘plar nisbati esa 9:1 ni tashkil qildi.

    Jamoa hujumchisi Husayn Norchayev esa oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Norchayev 3 o‘yinda o‘z nomiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.

    Jahon

    Zidanni ortda qoldirgan Benzema

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Real” hujumchisi Karim Benzema Millatlar Ligasi doirasida Belgiyaga qarshi o‘yinda (3:2) gol urdi.

    Bu hujumchi uchun “uchranglilar” safidagi 32-gol bo‘ldi. Shu tariqa Benzema terma jamoadagi gollar soni bo‘yicha sobiq yarim himoyachi Zinedin Zidanni (31 ta gol) ortda qoldirdi va 6-o‘ringa ko‘tarildi. To‘purarlar ro‘yxatini esa hamon hisobida 51 ta gol bo‘lgan Tyerri Anri boshqarmoqda.

    “Billur oyoqli” Azar yana jarohat oldi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar Fransiyaga qarshi o‘yinda son mushaklarini shikastlab olgani ma’lum bo‘ldi.

    Biroq Marca uning jarohati jiddiy emasligi va tekshiruvlar natijasi mushaklarga ortiqcha yuklama tushganini ko‘rsatgan deb yozmoqda.

    Qayd etish kerak, Azar 2021/22-yilgi mavsumda birorta ham o‘yinda to‘liq harakat qilmadi.

    APLning sentabr oyidagi eng yaxshilari aniqlandi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

    Portugaliyalik sentabr oyida Angliya Premyer Ligasida 3 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.

    Shu tariqa Ronaldu Premyer Ligada 5-marta oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. U oxirgi marta mazkur sovringa 2008-yilda ega chiqqandi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta esa o‘tgan oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi. Uning qo‘l ostidagi “kanonirlar” sentabr oyidagi 3 ta o‘yinda ham g‘alaba qozondi.

    Angliyaning “Nyukasl” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlanishi mumkin

    Saudiyaliklar tomonidan sotib olgan “Nyukasl” yangi murabbiy qidirishni boshlab yubordi. La Gazzetta dello Sport nashriga ko‘ra klubning asosiy maqsadi Antonio Konte bo‘lib turibdi. Biroq tomonlarning hali muzokaralarni boshlamagani qo‘shimcha qilingan.

    Shuningdek, nomzodlar qatorida Stiven Jerrard va Frenk Lempard ham tilga olinmoqda.

    Avvalroq Saudiya Arabistoni fondi klubni sotib olgani haqida xabar berilgandi.

    France Football yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi

    France Football nashri 2021-yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi. Mukofotni 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar qo‘lga kiritadi.

    Raymon Kopa—2021 mukofotiga nomzodlar:

    Meyson Grinvud (“Manchester Yunayted”, 20 yosh)

    Bukayo Saka (“Arsenal”, 20 yosh)

    Pedri (“Barselona”, 18 yosh)

    Jeremi Doku (“Renn”, 19 yosh)

    Rayan Gravenberx (“Ayaks”, 19 yosh)

    Jamal Musiala (“Bavariya”, 18 yosh)

    Florian Virts (“Bayer”, 18 yosh)

    Jud Bellinghem (“Borussiya D”, 18 yosh)

    Jovanni Reyna (“Borussiya D”, 18 yosh)

    Nunu Mendesh (“PSJ”, 19 yosh).

    2018-yilda ilk bor ushbu sovrinni Kilian Mbappe qo‘lga kiritgandi. 2019-yilda Matteys de Ligt sovrinni o‘ziniki qilgan bo‘lsa, 2020-yilda mukofot koronavirus pandemiyasi tufayli topshirilmadi.

    Shuningdek, France Football dunyoning eng yaxshi darvozaboni — Lev Yashin mukofotiga nomzodlarni ham e’lon qildi.

    Ro‘yxatdan Janluiji Donnarumma (“Milan” / “PSJ”), Manuel Noyer (“Bavariya”), Ederson (“Manchester Siti”), Yan Oblak (“Atletiko”), Samir Handanovich (“Inter”), Kasper Shmeyxel (“Lester”), Tibo Kurtua (“Real”), Eduard Mendi (“Chelsi”), Emiliano Martines (“Aston Villa”) va Keylor Navas (“PSJ”) joy oldi.

    G‘oliblarni taqdirlash marosimi 29-noyabr kuni Parijda o‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, Yashin “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan tarixdagi yagona darvozabon hisoblanadi. Bu 1963-yilda sodir bo‘lgan.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    08.10.2021, 22:18   Izoh (0)   20728
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiya 5 ta gol urilgan o‘yinda Belgiyani mag‘lub etib, Millatlar Ligasi finaliga chiqdi

    08.10.2021, 01:39

    Uch yillik tanaffusdan keyin Superligaga qaytgan “Neftchi”, yengilmas Italiyani to‘xtatgan “qizil furiya” va Saudiya fondi sotib olgan ingliz klubi. Eng so‘nggi sp...

    07.10.2021, 22:18

    Usmon Toshev O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. Aziz Haydarovning o‘rnini egallagan mutaxassis aslida kim o‘zi? Tafsilotlar

    07.10.2021, 21:47

    Pro-Liga. “Neftchi” muddatidan avval Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    07.10.2021, 18:27

    “Aral Samali” klubi moliyaviy muammolar ichida qolgan. Qoraqalpoq jamoasi 1 yil oldin Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Pro-Ligaga chiqqandi

    07.10.2021, 16:19

    Srechko Katanes: “O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga ko‘plab yangi nomlarni jalb qildik”

    07.10.2021, 10:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.