Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-Ligasining 16-turida “Neftchi” 7-oktabr, payshanba kuni “Nurafshon”ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Farg‘onaliklar safida Oybek Qilichev dubl qayd etgan bo‘lsa, Akmal Shorahmedov va Marko Obradovich bittadan golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Mezbonlarning yagona javob to‘piga San’at Shixov muallif bo‘ldi.
Shu tariqa “Neftchi” mavsum tugashiga to‘rt tur qolganda Superliga yo‘llanmasini muddatidan avval hal qildi. Farg‘ona klubi hisobda 40 ochko mavjud va ular uchinchi o‘rindagi buxoroliklardan 16 ochkoga ilgarilab ketdi. Eslatib o‘tamiz, Pro-Ligada dastlabki ikki o‘rinni olgan jamoalar Superligaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
“Neftchi” uch yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston oliy divizioniga qaytdi.
Pro-Liga
16-tur bahsi
7-oktabr, payshanba
Izoh (0)