• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Turkmaniston transport sohasida hamkorlikni faollashtirishga kelishdi

    Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 5-oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi va prezidentlar o‘rtasidagi tor doiradagi uchrashuvdan so‘ng ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralar kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli birodar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.

    Davlat rahbarlari keyingi yillardagi o‘zaro savdo sur’atini mamnuniyat bilan qayd etib, tovar ayirboshlash hajmini yanada ko‘paytirish uchun mavjud barcha resurs va imkoniyatlarni ishga solishga kelishib oldi. Savdo uylarini tashkil etish va uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqishni nazarda tutgan holda o‘zaro yetkazib berilayotgan mahsulotlarning nomenklaturasini kengaytirish va diversifikatsiya qilish — bu boradagi yo‘nalishlardan biridir.

    Uchrashuvda, shuningdek, turli tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, shu jumladan avtomobillar yig‘ish, kimyoviy mahsulotlar, elektr texnikasi va maishiy texnika, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, paxta tolasi va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, logistika infratuzilmasini yaratish ham ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.

    O‘zbekiston Prezidenti tegishli “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashni taklif qildi.

    Tomonlar transport sohasida va tranzit yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar. Ashxobod bitimini birgalikda ilgari surish hamda Turkmanboshi dengiz portining noyob imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

    Bu boradagi o‘zaro muvofiqlashtirilgan qo‘shma sa’y-harakatlar yuk tashishlar hajmini oshirish hamda tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratadi.

    Ikki mamlakat hududlaridagi imkoniyatlarni yanada to‘liq ishga solish muhim ekani qayd etildi. Hamkorlikning yangi mexanizmi — hududlararo forum o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.

    Suv xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik yuksak baholandi. Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani olqishlandi. Tuyamo‘yin suv omborining Sulton Sanjar to‘g‘onini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda turkman millatiga mansub 200 ming nafardan ziyod fuqaro istiqomat qilayotganini, ular o‘z tili, madaniyati, an’ana va urf-odatlarini rivojlantirishlari uchun bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratilishini ta’kidladi. “Ishonchim komil, hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich tashabbusi bilan Ashxobodda barpo etilayotgan ‘Toshkent’ bog‘i xalqlarimiz do‘stligining navbatdagi yangi ramzi bo‘ladi”, — deb qayd etgan Prezident.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Muzokaralarda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror taraqqiyot garovi ekani ta’kidlandi.

    Prezidentlar xalqaro maydonda, shu jumladan, BMT, MDH, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorligi tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin muloqotni davom ettirish va tashabbuslarni birgalikda ilgari surishga kelishib oldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Muzokaralar yakunida prezidentlar ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraislariga erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga topshiriq berdi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida havo va avtomobil transport qatnovi qayta tiklanishi mumkin

    05.10.2021, 15:41   Izoh (0)   27559
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi

    05.10.2021, 15:27

    Shavkat Mirziyoyev: “Afg‘on xalqiga zarur insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirishga tayyormiz”

    05.10.2021, 15:12

    Toshkentda ro‘mol o‘ragan qizlar maktabga kiritilmagani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirildi

    05.10.2021, 14:11

    “O‘zgidromet” oktabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi

    05.10.2021, 13:34

    Аfg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning qator hududlarida sezildi

    05.10.2021, 13:21

    Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    05.10.2021, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.