Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ashxobod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari sharafiga “Toshkent” istirohat bog‘ini qurish ishlari boshlandi. U Mahtumquli shoh ko‘chasida, “Gunesh” bog‘i hududida joylashadi, deyiladi “Xronika Turkmenistana” xabarida.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Qariyb 30 ming metr kvadrat maydonda landshaftli bog‘, favvoralar, madaniy-ommaviy tadbirlar uchun maydon va sahna, o‘zbek taomlari tortiladigan ikki qavatli choyxona, shuningdek, Toshkentning diqqatga sazovor joylariga o‘xshatib yasaladigan 20 dan ortiq obyektlar joylashadi.

Toshkentda 2017-yil oktabrida “Ashxobod” saylgohi ochilgan bo‘lib, u yerga sakkiz qirrali yulduz shaklidagi favvora, gulzorlar, shuningdek, me’moriy jihatdan Ashxoboddagi xalqaro aeroportni eslatadigan amfiteatr qurilgan.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

17-fevral kuni Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni qabul qilib, Ashxobodda “Toshkent” istirohat bog‘i ochilishini aytgan edi.

18-fevral kuni “Neytralniy Turkmenistan” gazetasi Qurilish va arxitektura vazirligi Ashxobod hokimligining buyurtmasi bilan “Toshkent” istirohat bog‘ining qurilishi uchun tender e’lon qilgani va arizalarning 5-aprelgacha qabul qilinishi haqida xabar berdi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

17-mart kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Ashxobodga bordi va “Toshkent” istirohat bog‘ining dastlabki qurilish loyihasi bilan tanishdi.

26-aprel kuni esa Turkmaniston amaldorlari Gurbanguli Berdimuhammedovga “Toshkent” istirohat bog‘ining qurilishi to‘g‘risida hisobot berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi