• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasini xususiylashtirish rasman yakunlandi

    O‘zbekiston hukumati Coca-Cola Bottlers Uzbekistan (CCBU) kompaniyasidagi davlat ulushini sotish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bitimni imzolash marosimi 29-sentabr kuni Toshkentda o‘tkazilayotgan Iqtisodiy forum doirasida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Moliya vazirligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: Moliya vazirligi

    Foto: Moliya vazirligi

    Ma’lum qilinishicha, 57,118 foizga teng bo‘lgan davlat ulushini Coca Cola İçecek A. Ş. (CCI, Turkiya) kompaniyalar guruhi unga to‘liqligicha qarashli bo‘lgan CCI International Holland B.V. sho‘ba korxonasi orqali 252,28 million dollarga sotib olgan. Kompaniyadagi qolgan 42,88 foiz ulush The Coca Cola Export Corporation’ga tegishli. Shunday qilib, O‘zbekistondagi alkogolsiz gazli ichimliklar ishlab chiqaruvchi mazkur kompaniya to‘liq xususiy sektor tasarrufiga o‘tdi.

    Bitim Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan 6-avgustda ma’qullangan edi. Shunga qaramay, bitimni yakunlash jarayoni tartibga soluvchi organlar tomonidan beriladigan muayyan ruxsatlar olinishini talab qilishi aytilgan edi.

    Moliya vazirligining xabar berishicha, 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan forum doirasida tegishli va bojxona ruxsatnomalari, shu jumladan, davlat ruxsatnomalarini olish bilan xususiylashtirish rasman yakunlangan.

    Spot nashrining Bigpara (Hurriyet turk nashrining bir qismi) ma’lumotlariga tayanib yozishicha, CCI’ning 351 022 ta aksiya uchun to‘lovni naqd pulda amalga oshirgan.

    CCI bosh direktori Burak Basharirning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya CCBU’ning nazorat paketiga ega bo‘lish imkoniyatidan mamnun.

    “Bu bitim bizning Coca-Cola tizimidagi eng kuchli hamkorlardan biri sifatidagi pozitsiyamizni mustahkamlaydi. Bu, shuningdek, FMCG bo‘yicha mintaqada eng yaxshi o‘yinchi bo‘lish maqsadimizga xizmat qiladi… Shuningdek, biz O‘zbekiston alkogolsiz ichimliklar bozorining qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda barqaror va daromadli o‘sishining ulkan salohiyatiga ishonamiz”, — deydi u.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqovning ta’kidlashicha, mazkur bitimni xususiylashtirishning ilk muvaffaqiyatli namunalaridan biri deb hisoblash mumkin.

    Coca-Cola Bottlers Uzbekistan — O‘zbekistondagi yirik gazlangan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchisi hisoblanib, Toshkent, Namangan va Urganchda ishlab chiqarish quvvatlari va omborlari mavjud. 2020-yil yakunlari bo‘yicha kompaniyaning sof daromadi 205 milliard so‘mni tashkil etgan.

    Coca-Cola İçecek esa Coca-Cola tuzilmasidagi yirik korxonalardan hisoblanadi. Uning asosiy egalari Anadolu Efes va The Coca-Cola Company.

    Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekiston hukumati Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd QKdagi ulushini xorijiy investorga sotmoqchi ekanligi ma’lum qilingan edi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bitimda vositachi sifatida ishtirok etishi kerak edi. Biroq keyinroq mamlakat hukumatining ustuvor rejalari o‘zgargani sabab jarayon to‘xtab qolgan edi. 2020-yilning mart oyida esa Coca-Cola O‘zbekistonga 31 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirayotgani, iyun oxirlarida esa Coca-Cola kompaniyasi ommaviy savdolar asosida xususiylashtirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 2020-yilning avgustida esa Coca-Cola’ning davlat ulushi ikkinchi marotaba sotuvga qo‘yilgandi.

    Mavzuga doir: UzAuto Motors va 10 yirik davlat korxonasi xususiylashtiriladi

    30.09.2021, 14:13   Izoh (0)   28026
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Digital Holding O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlamoqda. Unga Ucell’ning sobiq bosh direktori rahbarlik qiladi

    30.09.2021, 13:48

    O‘zbekistonda kriptovalyutalarni ayirboshlash bilan bog‘liq noqonuniy platformalar faoliyati avj olgani ma’lum bo‘ldi

    30.09.2021, 13:24

    “Shifokorlar ‘imkoniyating yetsa, Hindistonga olib bor’, deyishgandi”. Bolasining hayotini “Ayollar daftari” orqali saqlab qolgan Durdonaning hikoyasi

    30.09.2021, 12:55

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-oktabr kuni yomg‘ir yog‘adi

    30.09.2021, 12:41

    O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining dastlabki partiyasi ishlab chiqarildi

    30.09.2021, 12:26

    Uzcard bankomatlarida xorij valyutasini ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi

    30.09.2021, 12:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.