• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shifokorlar ‘imkoniyating yetsa, Hindistonga olib bor’, deyishgandi”. Bolasining hayotini “Ayollar daftari” orqali saqlab qolgan Durdonaning hikoyasi

    Durdona Nishonboyeva ikkinchi farzandini dunyoga keltirishi arafasida shifokorlar unga og‘ir bir xabarni yetkazgan — bola yurak nuqsoni bilan tug‘iladi va, katta ehtimol bilan, yashab ketolmaydi. “Bunday gapni eshitish juda yomon bo‘larkan, yomon ahvolga tushganman”, — deya tan oladi ona. Hayotga, yashashga intilishi kuchli bola tug‘ilgan, yuragida bir marta jarrohlik amaliyotini ham o‘tkazgan.

    Ammo bolaning ahvoli yanada yaxshilanishi uchun ikkinchi operatsiyani ham o‘tkazish zarur edi. Shu bois ona va bolani Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (xalq tirida “Grudnoy”)ga yuborishgan. Markaz mutaxassislari bola kuchga to‘lishi, hech bo‘lmasa uch yosh bo‘lishi kerakligini, yo‘qsa operatsiyani ko‘tara olmasligini tushuntirib, oxirida: “Imkoniyatingiz bo‘lsa, Hindistonga olib boring”, deb taklif qilgan.

    Durdonaning oilasida bunday imkoniyat yo‘q edi. Ammo ayni shu vaqtda O‘zbekistonda u kabi turmushda qiynalgan ayollarning mushkulini oson qilishda o‘rni katta bo‘lgan “Ayollar daftari” joriy qilinib, yordamga muhtoj ayollarning ro‘yxatlari shakllantirila boshlangan edi. Durdona Nishonboyeva ham mahalla orqali ushbu “daftar”ga kiritildi va o‘g‘lining ikkinchi operatsiyasi uchun zarur bo‘lgan mablag‘ shu “daftar” orqali to‘lab berildi.

    “To‘g‘risi, ikkinchi operatsiyasida rosa qo‘rqdim. Shifokorlar bola tirik chiqmasligi ham mumkinligi, bir yog‘i Xudodan ekanini aytgandi. Yo‘q, keyin jarroh ham operatsiyadan xursand chiqdi. O‘sha lahzada mendan baxtli odam yo‘q edi, chunki menga bolamni qaytarib berishdi. Prezident tashabbusi bilan ‘Ayollar daftari’ ochilgani, ayollarga shunchalik yordam ko‘rsatilgani sabab bolam shu holatga keldi”, — deydi minnatdorlik bilan ona.

    “Ayollar daftari” haqida

    2020-yil avgustida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishsiz yoshlar uchun “Yoshlar daftari”, ishsiz ayollar yoki boquvchisiz qolgan oilalar uchun “Ayollar daftari”ni joriy etishni taklif qilgan edi. Bundan avvalroq yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar haqidagi axborotni o‘zida jamlagan “Temir daftar” ro‘yxati joriy etilgan edi.

    2021-yil yanvarida “Ayollar daftari” tushunchasi qonunchilikda o‘z aksini topdi. Bunda ushbu ro‘yxatga kimlar kiritilishi, shuningdek, ro‘yxatga kiritilgan ayollarga ko‘rsatiladigan yordam turlari belgilab qo‘yildi. Xususan, ushbu ro‘yxatga kiritilgan ayollarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari (36,75 million so‘m)gacha bo‘lgan miqdorda kreditlar beriladi.

    O‘zbekiston prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Maqsuda Vorisova UzReport telekanaliga bergan intervyusida “...‘Ayollar daftari’ yaxshi tashabbus bo‘lgani, biroq uni joylarda to‘g‘ri tushunib, ishni to‘g‘ri tashkil qilishganmi, degan savollar ochiq qolgani” haqida fikr bildirgan.

    Bunga javoban amaldagi prezident (ayni vaqtda O‘zLiDePdan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod) Shavkat Mirziyoyev, jumladan, shunday dedi: “Bir xillar chiqib aytyapti, ‘Temir daftar’ noto‘g‘ri bo‘ldi, ‘Ayollar daftari’ noto‘g‘ri bo‘ldi... Agar u daftar bo‘lmaganda, koronavirusda kimga berardik yordamni? Agar ‘Temir daftar’ bo‘lmaganida, u bechora oilaga kim borib qarardi?”.

    30.09.2021, 12:55   Izoh (0)   20222
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-oktabr kuni yomg‘ir yog‘adi

    30.09.2021, 12:41

    O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining dastlabki partiyasi ishlab chiqarildi

    30.09.2021, 12:26

    Uzcard bankomatlarida xorij valyutasini ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi

    30.09.2021, 12:12

    Rossiya Bosh prokuraturasi 4 nafar O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi

    30.09.2021, 11:42

    Farg‘onadagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda 4 nafar fuqaro o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qutqarildi

    30.09.2021, 11:12

    O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlari 2023-yilgacha idoralararo hamkorlik qilish bo‘yicha dasturni imzoladi

    30.09.2021, 10:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.