Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Coca-Cola kompaniyasi 2019-yilda jahonning yetakchi xorijiy tadqiqotchi kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning salqin ichimliklar bozorida o‘rganishlar olib bordi. Unga ko‘ra, kelgusi 10 yillikda aholi sonining o‘sishi, daromadlarning oshishi hamda hududlarning turistik salohiyati kengayib borishi hisobiga salqin ichimliklar sotish bozori hajmi 1,8 barobarga ko‘payishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi ma’lum qildi.

Foto: Coca-Cola

Foto: Coca-Cola

Xabar berilishicha, Coca-Cola kompaniyasi 2020—2021-yillarda O‘zbekistonga 31 million dollar miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirgan. Kiritiladigan investitsiyalar Xorazm viloyati va Toshkent shahridagi zavodlar modernizatsiyasi, mavjud quvvatlarni ko‘paytirish uchun sarflanadi.

Mazkur loyihalar hududlarda aholi bandligi darajasini oshirishga, ishlab chiqarilayotgan keng turdagi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha logistika xarajatlarini iqtisod qilishga, respublikaning janubiy va g‘arbiy hududlari aholisini salqin ichimliklar bilan yanada kengroq ta’minlashga, ishlab chiqarish zavodlari joylashgan hududlarda soliq tushumlarining ko‘payishiga imkon yaratadi.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. kompaniyasining mamlakat salqin ichimliklar bozoridagi ulushi 2019-yilda 25 foiz, shirin gazlangan ichimliklar bozoridagi ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan. Xususan, kompaniyada salqin ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 2018-yilda 38 foizga, 2019-yilda 33 foizga oshgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi