• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Jasur Yaxshiboyevning “Sherif”i raqamlarda: o‘zidan 64 karra qimmat “Real”ni yengdi va YChLdagi ikkita o‘yinda 4 yillik budjetiga teng pulni jamg‘arib qo‘ydi

    “Sherif” Chempionlar Ligasining asosiy sensatsiyasiga aylandi. Moldova jamoasi saralash bosqichida Albaniyaning “Teutu”, Armanistonning “Alashkert”, Serbiyaning “Srvena Zvezda” va Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb”ini yengib, guruh bosqichiga chiqqanda hamma hayron bo‘lgan edi. Bu hali boshlanishi bo‘lgan ekan. Chempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi turida “Sherif” “Shaxtyor”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi turda esa “Santyago Bernabeu” stadionida sensatsion ravishda “Real” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tarixiy voqeaning asosiy faktlariga e’tibor qaratamiz:

    • “Sherif” “Real”ning mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatiga sababchi bo‘ldi. Madridliklar mavsumni a’lo darajada boshladi: 7 turdan so‘ng 5 ta g‘alaba, 2 ta durrang bilan La Liga yetakchisi. YChLning birinchi turida Milanda “Inter” ustidan g‘alaba qozondi, ikkinchi turda esa bu voqea sodir bo‘ldi.
    • Ikkinchi turdan so‘ng musobaqa jadvali shunday ko‘rinish olgan: “Sherif”da 6 ochko, “Real”da 3 ochko, “Inter” va “Shaxtyor”da 1 ochkodan.
    • “Sherif” saralash o‘yinlari bilan hisoblaganda Chempionlar Ligasida 10 ta o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti — 8 g‘alaba, 2 ta durang.
    • Tiraspolliklar fantastik statistika qayd etdi: 4 ta zarba, 3 tasi aniq va 2 tasi gol. Madridliklar esa darvoza tomon 31 ta zarba berdi, shulardan 11 tasi aniq. Anchelotti shogirdlari yagona golni penaltidan urdi. Mehmonlar posboni Georgios Atanasiadisni ham esdan chiqarmaslik lozim. Darvozabon uchrashuvda 10 ta seyv amalga oshirdi.
    • Birinchi bo‘limda “Real” 13 ta zarba berdi va gol ura olmadi. Bundan ko‘proq golsiz zarbalar (14) oxirgi marta 2014-yil may oyida “Valensiya”ga qarshi o‘yinda bo‘lgan edi.

    “Sherif”ning ikkala gol muallifi ham tarixda qoladi

    25-daqiqada Jasur Yaxshiboyev hisobni ochdi. Maksim Shatskixdan so‘ng Chempionlar Ligasida “Real”ga gol urgan ikkinchi o‘zbek futbolchisi. Kiyevning “Dinamo” jamoasi sobiq hujumchisi 2006-yilda “Real”ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etgandi, 86 va 88-daqiqalarda esa Ronaldo o‘z dubli bilan javob qaytargan. O‘yin 2:2 hisobida yakunlangan.

    Yaxshiboyev ham “Dinamo Kiyev”da o‘ynashi mumkin edi. Kiyevliklar 2020-yil dekabr oyida o‘zbekistonlik futbolchiga taklif bilan chiqqan. Ammo Jasur rad javobini berdi va yakunda Polshaning “Legiya” jamoasiga o‘tdi. “Sherif” esa Yaxshiboyevni ijaraga oldi. Moldova jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Vernidub ikki hafta avval bundan xursand ekanligini aytgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Men Jasurni juda yaxshi bilaman. Uni jamoamizga olib kelishga imkon borligini bilgach, ikki qo‘limni ko‘tarib, bunga rozilik berganman. Unda Xudo yuqtirgan iqtidor bor. ‘Dinamo’ Yaxshiboyevni xarid qilishga urinib ko‘rganidan xabarim bor. Bilmadim, nega u Kiyevga ketmadi. Lekin Jasurning biz bilan ekani quvontiradi. Momo Yansane ikkalasi jamoaga yordam beradi. Ular yuqori darajadagi futbolchilar.

    Yuriy Vernidub, “Sherif” bosh murabbiyi

    Sebastyan Till 89-daqiqada g‘alaba golini urdi. U Chempionlar Ligasida gol urgan birinchi lyuksemburglik futbolchiga aylandi. Yil boshida “Tambov”da o‘ynagan futbolchi kecha “Santyago Bernabeu”da gol urdi. Tambovdagi faoliyati haqida Till shunday deydi: “Men boshqa futbolchilar bilan bir uyda yashardim. Sharoit uncha yaxshi emasdi. Klubda esa pul yo‘q, futbolchilarga maosh ham to‘lay olmagan. U yerda 3 oy faoliyat olib bordim. Yanvar oyida barcha futbolchilar jamoani tark eta boshladi, men ham ketishga qaror qildim”.

    “Sherif”ning yana bir qahramoni — braziliyalik himoyachi Kristiano. U ikkita o‘yinda 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida “Ayaks” futbolchisi Antoni bilan birga yetakchilik qilmoqda.

    Moldova jamoasi budjeti 5—8 million yevroni tashkil qiladi. “Real” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng “Sherif” 2,8 million yevro ishladi. Klub hozirgacha ushbu musobaqa ortidan 22 million yevrodan ortiq pul yig‘ib qo‘ydi: 15,7 million bazaviy, 1,2 million tarixiy natijalari uchun va 5,6 million ikkita o‘yindagi g‘alabasi uchun. Bu TV-huquqlar va guruh bosqichidagi g‘alabalar soni uchun beriladigan bir necha ming yevroni hisobga olmagandagi raqamlar.

    “Sherif” allaqachon 4 yillik budjetini ta’minlab oldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Darvozabon Atanasiadisni sotib yuborsa, budjet g‘aznasi yana boyiydi. Posbon 2 soat ichida bir necha millionga qimmatladi. Transfermarkt’ga ko‘ra, jamoalarning umumiy narxi quyidagicha ko‘rinish olgan: 793,5 millionga, 12,38 million.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Sherif” anchadan buyon Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqa olmayotgandi. 2018-yilda YChL saralash bosqichida Makedoniyaning “Shkendiya” jamoasi moldovaliklarni musobaqadan chiqarib yuborgandi. Keyin esa Islandiyaning “Valur”i Yevropa Ligasi pley-off bosqichida ularga “javob berib yuborgan”di. Bir yildan so‘ng “Sherif” ushbu bosqichlarda Gruziyaning “Saburtalo”si va Shvetsiyaning “AIK” jamoasiga mag‘lub bo‘lgandi.

    2020-yilda “Sherif” saralash doirasida Ozarbayjonning “Qorabog‘” jamoasiga mag‘lub bo‘lgan, Yevropa Ligasida esa “Dandolk” modovaliklarni guruh bosqichiga chiqishiga yo‘l qo‘ymagandi.

    2021/22-yilgi Chempionlar Ligasining guruh bosqichida “Sherif” saralashdagi eng yaxshi to‘purari Luvannorsiz o‘ynayapti. Braziliyalik futbolchi 2021-yil iyul oyida BAAdan “Sherif”ga kelgan edi. Saralash bosqichidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng Luvannor jamoani tark etdi. Bu safar Saudiya Arabistoniga.

    “Luvannor allaqachon 30 yoshga kirdi. Oilasi va farzandlari haqida o‘ylashi lozim. U yerda to‘rt marta ko‘proq maosh to‘lashadi. Bu yerda qolishdan nima naf? ‘Santyago Bernabeu’ga borib rasm tushib keladimi? ‘Inter’ va ‘Real’ga qarshi o‘yinlarda Luvannor nimadir qiladi, deb o‘ylamayman”, — degan edi moldovalik jurnalist Sergey Besedin.

    Ko‘rinishidan, braziliyalik futbolchi shoshqaloqlik qilgan.

    29.09.2021, 23:29   Izoh (0)   41918
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Messi va Yaxshiboyevning debyut goli, maoshlar xarajatini 3,5 barobarga qisqartirgan “Barselona” va boks bilan xayrlashgan afsona. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    29.09.2021, 21:33

    “Sherif” — tan olinmagan davlatdagi supermonopoliya, klub egalari deyarli butun mamlakatni nazorat qiladi. Jasur Yaxshiboyev qanday jamoada to‘p suradi?

    29.09.2021, 18:16

    “Tiki-taka”si bilan Yevropani titratganlar. O‘n yil avval “Barselona” bilan YChLda g‘olib chiqqan futbolchilar hozir qayerda?

    29.09.2021, 16:39

    Jasur Yaxshiboyev “Real”ga gol urgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi

    29.09.2021, 13:14

    YChL. “PSJ” Messi debyut golini urgan bahsda “Manchester Siti”ni taslim etdi, “Liverpul” raqibiga 5 ta gol urdi. “Milan”da esa alamli mag‘lubiyat

    29.09.2021, 02:32

    YChLda sensatsiya: Jasur Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda “Sherif” Madridda “Real”ni mag‘lub etdi

    29.09.2021, 02:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31

    Nima uchun bolalar orasida erta balog‘atga yetish holatlari ko‘paymoqda?

    Farzand | 8 avgust, 15:30

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.